Klinik belgilar. Kasallikning inkubatsion (yashirin) davri suv havzalarining sanitar-epizootik holati va ekologik sharoitga bog‘liq holda 35—90 kun, ayrim tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko‘ra suvning harorati +15 °C dan past bo‘lsa, 8 oygacha davom etishi mumkin.
Kasallikning o‘tkir oqimi. Oldinlari sog‘lom bo‘lgan suv havzalarida hamda nosog‘lom xo‘jaliklardan keltirilgan baliqlarda kuzatiladi. Statsionar nosog‘lom xo‘jaliklarda, kasallik yarim o‘tkir va surunkali oqimlarda kechadi.
Kasallikning o‘tkir oqimida kasal baliqlar tashqi taassurotlarga kuchsiz javob qaytaradi, ular suv havzalarining qirg‘oqlarida va suv yuzasida passiv suzib yuradi. Ularni qo‘lda ushlash oson. Oziqa qabul qilmaydi. Patologik jarayonning rivojlanishi natijasida kasallikning klinik belgilari namoyon bo‘ladi, qorin devorining
anus qismi kattalashadi, gidrostatik muvozanat va harakat ko- ordinatsiyasi buziladi. Baliqlar yo yonboshiga, yoki boshini pastga qilib vertikal holatda suzadi. Kasallikning o‘tkir oqimi 14—20 kun davom etib, ikki yoshdagi baliqlarning 80—100% zararlanadi, baliqlarning ahvoli og‘irlashadi va ommaviy ravishda nobud bo‘lishiga olib keladi.
O‘lmay qolgan baliqlarda kasallik yarim o‘tkir va surunkali oqimga o‘tib oladi. Kasallikning yarim o‘tkir oqimida namoyon bo‘lgan belgilari unchalik yaqqol sezilmaydi va kasallangan baliqlar miqdori ham kam. Patologik jarayon kasallikning 25—30-kunlarida biroz avj oladi, so‘ngra pasayib boradi. Qishda esa kasallik surunkali oqimda kechib, shu yilgi baliqlarning asta-sekinlik bilan nobud bo‘lishi kuzatiladi (59—90% gacha).
Kasallikning surunkali oqimida klinik belgilar kuchsiz namo- yon bo‘ladi. Ayrim paytlarda ba’zi baliqlarda qorinning damla- nishi kuzatiladi. Patologik jarayonning pasayishi bilan kasal ba- liqlar sog‘lomlaridan unchalik farq qilmaydi. Erkin suzib yuruvchi suv havzalarida baliqlar orasida o‘lim sodir bo‘lmasa-da, qishla- gandan so‘ng ikki yoshli baliqlarning 35—60% nobud bo‘lishi mumkin.
Kasal baliqlarning qon tarkibida kuchli o‘zgarishlar kuzati- ladi. Kasallikning o‘tkir oqimida SOE (ROE) 1,5—2 marta tezlashadi, gemoglobin miqdori 20—40%, eritrotsitlar soni esa 18—42% ga kamayadi. Rivojlanayotgan leykotsitoz leykopeniyaga o‘tadi. Limfotsitlar kamayib, monotsitlar 35—55% gacha, poli- morf o‘zaklilar 14 % gacha ko‘payadi. Qonda ko‘p miqdorda yosh eritrotsitlarning hosil bo‘lganligi kuzatiladi.
Kasal baliqlarda oqsil sintezining buzilishi, azot va uglevod- yog‘ almashinuvi izdan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |