Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Suv havzalariga invaziyaning kirib qolishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. Òashib keltirilayotgan o‘txo‘r baliq- larning qisqichbaqalar bilan zararlanganligiga tekshirish shart. Katta yoshdagi baliqlar invaziyaning tashuvchi ekanligini ino- batga olib, yosh va katta yoshdagi baliqlarni alohida-alohida saq- lash. Invaziyaning keng miqyosda tarqalganligi va uni bartaraf etishning murakkabligini inobatga olib, bunday suv havzalariga sinergazilozga chalinmaydigan baliqlarni o‘stirish, urchitish (zo- g‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari, tovonbaliq, pelyad, kit va boshqalar) tavsiya etiladi. Bosh hovuzlar, havzalar va suv tashuvchi kanallardan pastki suv havzalariga invaziyaning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.
Kasallikni davolashda bir qancha preparatlar sinab ko‘rilgan. Xitoyda zararlangan baliqlar mis va temir kuporosining 5:2 nis- batdagi aralashmasi bilan ishlovdan o‘tkaziladi. Bunda 7 qism
aralashma (7 gramm) 1 m3 suvda eritilib kasal baliqlarni 6—7 soat davomida ekspozitsiya qilinadi. Suvning pH muhitini inobatga olib hovuzlarni xlorofosning 0,3—0,5 g/m3 konsentratsiyasi bilan 2 marta 6—7 kun oralig‘ida ishlov berish ham tavsiya etilgan bo‘lib, bunda zararlangan baliqlar to‘liq qisqichbaqalardan qutuladi (ozod bo‘lishadi). Bundan tashqari, biologik qarshi kurash usuli ham tavsiya etilgan.
Usulning mohiyati shundan iboratki, nosog‘lom suv havza- lariga planktonofaglarni kirgizish, ko‘paytirish: kumushrang to- vonbaliq va ola peshanado‘ng baliqlari zooplanktonlar bilan oziqlanishi jarayonida sinergazilus lichinkalarini ham iste’mol qilishadi. Buning uchun kumushrang tovonbaliqlarning bir yosh- gacha bo‘lganlaridan 10 mingtadan 25 mingtagacha bir gektar maydonga, 2 yoshli ola peshanado‘ng baliqlardan 2000 ta gek- tariga kiritilishi lozim. Nosog‘lom suv havzalarining suv oqimini tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda erkin yashovchi sinergaziluslarning lichinkali shakllari suv havzalaridan chiqib ketadi. Natijada kasallikning kamayishiga olib keladi.
Lerneoz — bu chuchuk suvdagi baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, Lernaeidae oilasiga mansub Lernaea cyprinacea — eshkak oyoqli qisqichbaqalar (Copepoda)ning tovonbaliq, zog‘orabaliq, sazan, buffalo, leshch va boshqa baliqlarning tanasida parazitlik qilishi tufayli kuzatiladi.
Oq amur va peshanado‘ng baliqlarda Lernaea ctenopharyngodonis, cho‘rtanbaliq, kamroq olabug‘a, koryushka, nalim, lin turdagi baliqlarda esa Lernaea esocina qisqichbaqalari parazitlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |