Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik MDH va G‘arbiy Yev-
ropaning chuchuk suv havzalarida uchraydi. Quyidagi 50 turdan ortiq chuchuk suv baliqlari kasallikka chalinadilar: karp, ola- bug‘a, los, oq baliq, cho‘rtanbaliq va boshqalar. Ko‘proq pelagik baliqlar: lin, leshch, pelyad, dengiz gulmohi kabi baliqlar zararlanadi. Lin, pelyad va oq baliq turlaridagi baliqlarning o‘lish holatlari kuzatilgan. Zararlanish ko‘proq bahor-yoz fasllarida qisqichbaqalar rivojlangan paytda kuzatiladi. Bunda invaziyaning ekstensivligi 70—90% gacha, invaziyaning intensivligi bir necha o‘nlab ekzemplardan bir necha minglab ekzemplargacha yetishi mumkin. Invaziyaning manbayi qisqichbaqalarni tashuvchi ba- liqlar hisoblanadi. Lichinkalari rivojlanish davrida suv oqimi bilan pastki suv havzalariga oqib borib baliqlarni zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |