Klinik belgilari. Kasallikning klinik belgilari invaziyaning intensivligiga bog‘liq. Baliqlar kuchli invaziyalanganlarida ular- ning suzish mexanizmlari izdan chiqadi, kamroq suv bo‘lgan joylarda, sohillarda to‘planib qolishadi. Ko‘proq suvning yuzasida yon boshi bilan yoki orqasi bilan suzib yuradi. Suvning kuchli to‘lqinlariga dosh berolmaydi, o‘simlik, qamishlar o‘sgan joylarga kelib qoladi. Baliqlarning, qorni shishadi, ba’zan esa qorin devori yorilishi oqibatida nobud bo‘ladi.
Òashxis parazitologik yorib ko‘rilib, qo‘zg‘atuvchilarni topish asosida qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |