Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. VGS kasalligini davolash usullari ishlab chiqilmagan. Chet el olimlari antibiotik (oksitetratsiklin) va antiseptik (metilen ko‘ki)lardan foydalanishni tavsiya qilmoqdalar. Bular virusni o‘ldirmasa-da, biroq ikkilamchi infeksiya rivojlanishining oldini oladi va ka- sallikning kechishini biroz yengillashtiradi.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari kompleks umumiy veterinar-sanitariya, baliqchilik-meliorativ va biotexnologik tadbirlardan iborat bo‘lib, quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak:
epizootologiya zanjirini uzish (parazit-xo‘jayin);
baliqlarning tabiiy rezistentligini oshirish;
tashqi muhitda qo‘zg‘atuvchining umumiy miqdorini kamaytirish;
veterinariya va baliqchilik madaniyatini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |