VII bob. HOVUZ BALIQCHILIGIDA NASLCHILIK ISHI
Chorvachilikning boshqa sohalari kabi hovuz baliqchiligida ham naslchilik ishi, hovuzda urchitiladigan baliqlarning xo‘jalik- foydali xususiyatlarini yaxshilash, ularning o‘sishini jadallashti- rish, oziqaning mahsulot bilan to‘lovi va shu asosda yangi qim- matli baliq zotlarini yaratishga qaratilgan. Naslchilik ishining mu- him vazifasi — xo‘jaliklarni yetarli miqdorda yuqori sifatli naslchilik materiallari — nasldor baliqlarni chavoq va tovar mahsuloti olish uchun yetarli miqdorda va yuqori sifatda ta’minlashdan iborat.
Bizning mamlakatimizning hovuz baliqchiligida, asosan, zog‘orabaliq urchitiladi. Shu sababli bu qo‘llanmada, asosan, zog‘orabaliq ustida naslchilik ishlarini olib borish uslublari ko‘- rib chiqilgan.
Hovuz baliqchiligida zog‘orabaliqning tangachalarining tas- nifiga qarab tangachali, oynali, tana bo‘ylab tangachalarning sochilgan va oynali tananing o‘rtasidan to‘g‘ri liniya bo‘yicha joy- lashgan tangachali hamda yalang‘och yoki terili (tangachasiz)larga ajratiladi. Zog‘orabaliqning bu turlari tashqi ko‘rinishi irsiy bel- gilari va xo‘jalik sifatlari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Havza baliqchiligi tajribasida xo‘jalik sifatlarining yuqori bo‘lganligi sa- babli tangachalari tana bo‘ylab sochilgan oynali zog‘orabaliqlar urchitiladi. Yalang‘och zog‘orabaliqni kam mahsuldor va hayot- chanligi past bo‘lganligi uchun janubiy hududlarda urchitish mumkin, chiziqli (liniyali) zog‘orabaliqlarni urchitish umuman maqsadga muvofiq emas.
Keyingi yillarda zog‘orabaliqlar naslchilik ishida ma’lum yutuqlarga erishildi. Murakkab takror chatishtirish natijasida zog‘orabaliqning ramkali va tangachali ukrain zotlari yaratildi. Zog‘orabaliqni amur sazani bilan duragaylash natijasida shimoliy
zog‘orabalig‘i (ropshin) olindi. Zog‘orabaliqning o‘rta rus zotini yaratish bo‘yicha naslchilik ishlari olib borilmoqda.
Naslchilik ishining shakli bo‘yicha: oliy tipdagi, seleksion- naslchilik baliqchilik xo‘jaliklari, nasl rassadnik yetishtiriladigan reproduktorlar va sanoat xo‘jaliklariga ajratiladi.
Ixtisoslashtirilgan oliy tipdagi naslchilik baliqchilik xo‘jaliklari ilmiy muassasalarining uslubiy rahbarligi ostida hovuz baliq- chiligining hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda naslchilik ishlari uslublarini ishlab chiqadi hamda yangi yaxshilangan zot va zot guruhlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
Nasl rassadnik — reproduktor xo‘jaliklari o‘zlarining nasl suruvini oliy tipdagi xo‘jalik fondi hisobiga shakllantiradi, nasl rassadniklarning asosiy vazifasi sanoat baliqchilik xo‘jaliklarini mahalliylashtirilgan baliq zotlarini kengaytirilgan takror qayta ishlab chiqarish sharoitida mahsuldorlik sifatlarini takomil- lashtirishdan iborat. Nasl rassadniklarda bir-biriga qarindoshligi bo‘lmagan ikkita naslli guruh (zot, zot guruhi) vakillari urchi- tiladi. Bunda kelib chiqishi bir xil bo‘lgan baliqlarni urug‘lantirish uchun erkak va urg‘ochi baliqlarga uyalar tanlanadi.
Chorvachilik amaliyoti har bir ona suruvda tizimli ravishda naslchilik ishini olib borishdan guvohlik beradi. Shu sababli sa- noat baliqchilik xo‘jaliklarida ta’mirlovchi baliqlarni tizimli tan- lash va naslli suruv tarkibini tartibga solish imkoniyatlarini izlab topish zarur. Sanoat havza baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlarning sifati va mahsuldorligini oshirish uchun bu yerda qulay sharoit yaratiladi, tizimli tanlash va yaroqsiz (brak) baliqlar ajratiladi, inbridingga yo‘l qo‘yilmaydi, shu sababli naslli erkak baliqlarni boshqa xo‘jaliklar bilan o‘z vaqtida almashtirilib turiladi.
Sanoat xo‘jaliklarida ona suruvidagi baliqlarni yaxshilash oliy tipdagi naslchilik xo‘jaliklari ramkadagi naslchilik ishiga nisbatan juda ko‘plab baliqlarda seleksiya ishlarini olib borish imkoniyatini beradi.
Shunday qilib, havza baliqchiligi naslchilik ishining hamma shakllarida asosiy maqsad naslchilik bo‘lmagan xo‘jaliklarning suruvini takomillashtirish va shu bilan tovar baliq ishlab chiqarish miqdorini ko‘paytirishga uzviy bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |