Baliqlar uchun tabiiy oziqa bazasi
Hovuzdagi tabiiy oziqa bazasi o‘simlik va hayvon organizm- lari kompleksini o‘z ichiga oladi.
Òabiiy oziqa bazasi o‘lchamlari bilan farq qilib, mikroskopik o‘lchamdan yirik o‘lchamlargacha bo‘ladi.
Har bir organizmlarning turli xillari baliqlar uchun oziqa hisoblanadi.
Har qanday boshqa suv havzasidek sun’iy hovuz ham, eko- logiya qonunlariga ko‘ra rivojlanib boradigan suv ekotizimidir. Baliqshunos ekologiya asoslarini bilishi kerak, negaki baliq yetishtirishning muvaffaqiyatli kechishi ularga bog‘liq.
Hovuzning oziqa zaxiralarini o‘simliklar, bakteriyalar, suv jonivorlari, erigan organik moddalar, detrit suv qatlami hamda suv tubidagi cho‘kma qatlamlari tarkibidagi mayda mineral par- chalar bilan aralashgan bakteriyalar, to‘yingan mavjudot qol- diqlaridan iborat qatlam, mayda umurtqasizlar hamda baliq li- chinkalarining oziqlanishi uchun ahamiyatlidir.
Baliqlar hovuzning tabiiy oziqa bazasi — baliqlar tomonidan iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan qismi hisobiga o‘stiriladi.
Hovuzdagi yuqori suv o‘simliklari, shuningdek, baliqshunos mutaxassis tomonidan hovuzga kiritilgan o‘simliklar oq amur balig‘i uchun muhim oziqa hisoblanadi. Suv qatlamida erkin suzib yuradigan mayda o‘simlik organizmlari mikroskopik yashil suv o‘tlari, fitoplanktonni tashkil etadi. Bu oq do‘ngpeshana balig‘i hamda zooplankton organizmlari (suv qatlamida yashab baliqlar oziqasi bo‘ladigan tirik mavjudotlar) uchun oziqadir.
Bakteriyalar va mikroskopik suv o‘tlari bilan oziqlanib sekin harakatlanuvchi va o‘lchamlari kichik bo‘lgan kolovratkalar zoo- plankton suv qatlamida erkin suzib yuradigan tirik mavjudotlar- ning muhim guruhi hisoblanadi.
Kolovratkalar lichinkalarni o‘stirish davrida katta ahamiyatga ega. Zooplanktonning muhim guruhlariga, shuningdek, bir hu- jayrali qisqichbaqasimonlar ham mansubdir. Ular bir yozgi baliqchalarni o‘stirishda va ayniqsa, bir yashar baliqlarda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Zooplanktonning iste’molchisi chi-
por do‘ngpeshana balig‘idir.
Zooplankton mavjudotlari orasida yirtqich sikloplar bor. Ularning yoshlari baliqlar tomonidan yaxshi iste’mol qilinadi. Biroq yetuk sikloplar baliq lichinkalari va yosh baliqchalar uchun o‘ta xavfli kushandadir.
Suvning tubidagi cho‘kma qatlamda yashaydigan bentos organizmlariga mansub turli hasharotlarning (chivin va boshqa- lar) lichinka va g‘umbaklari qimmatli oziqa hisoblanadi. Zo- g‘orabaliq har narsani yeyaveradigan baliq bo‘lsa-da, ammo ben- tosni xush ko‘radi.
Hovuzlarning suv o‘simliklari zich joylarida qo‘ng‘izlar, ni- nachilar va shunga o‘xshash hasharotlarning katta baliqlar uchun oziqa sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan, ammo mayda ba- liqchalar uchun kushanda lichinkalari yashaydi. Lichinka uvuldi- riqni ochib chiqqandan so‘ng tashqi oziqalar bilan oziqlanmaydi, rivojlanishi uchun qorin qismidagi suyuqlikni ishlatadi. Juda qisqa muddatdan so‘ng, qorin qismidagi suyuqlikni ishlatishdan kelib chiqqan holda lichinkalar tashqi oziqalar bilan faol oziqlanishni boshlaydilar. Lichinkalar eng kichik plankton organizmlar — mik- roskopik suvo‘tlar va kolovratkalar bilan oziqlanadi.
Òana o‘lchamlarining ortib borishi bilan birga ularning jag‘ apparatlari ham kattalashib boradi. Baliqchalar o‘sgani sari yi- rikroq zooplankton organizmlari bilan oziqlanishga o‘tadi. Hovuzga baliq o‘tkazishni kechiktirib bo‘lmaydi, chunki ho- vuzdagi dafniya yoki sikloplar o‘sib zog‘orabaliqlarning lichin- kalari uchun oziqa bo‘lmay qoladi va oqibatda baliqchalar ham yaxshi o‘smay qoladi.
Lichinka dastlabki 5 kun mobaynida kolovratkalar bilan, 6— 10 kunlarda mayda shoxdormo‘ylovlilar va kopepodlar bilan, so‘ng yirik shoxdormo‘ylovlilar va konepodlar, xironomidalar kabi turli hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanadi.
Òut ipak qurti g‘umbagi yuqori kaloriyaga ega, oqsilga boy oziqa mahsuloti hisoblanadi. Ushbu mahsulot pillani qayta ish- lash korxonalarida yetishtirilib, korxonalar tomonidan uni utilizatsiya qilish muammosi mavjud. Shu sababli ushbu mah- sulotni juda arzon narxlarda olish imkoniyati mavjud.
Xuddi shunday holat yangi so‘yilgan qoramol oshqozoni ichidagi mahsulotga ham tegishli.
Yuqoridagi mahsulotlarni yig‘ib olib kelib quyidagi tartibda qayta ishlash mumkin:
Quyosh yaxshi tushadigan maydonchani tanlang.
Oziqa mahsulotini temir list yoki 5—7 sm beton qoplamali maydonga yoying.
Vaqt-vaqti bilan qatlamni quruq holga kelgunicha xaskash bilan ag‘darib turing.
Qurigandan so‘ng maydalab kukun holatiga keltiring.
Baliqqa beriladigan oziqaga zarur miqdorda aralashtirib bering.
Ushbu mahsulotlarni quritishda qo‘lbola idishlardan foyda- lanish ham maqsadga muvofiq.
Quritib olingan oziqa mahsulotlaridan sifatli oziqa tayyorlash:
xo‘jalik ixtiyoridagi ingrediyentlardan baliq uchun zarur oziqa koeffitsiyentini beruvchi omuxta yem retseptini aniqlab oling;
turli ingrediyentlardan zarur miqdorini elakdan o‘tkazing;
hosil bo‘lgan massa ustiga suv (ayrim hollarda o‘simlik yoki baliq yog‘i) quyib nam holatga keltiring;
plyonka ustida nam massani yaxshilab aralashtiring;
aralashtirilgan nam massani zarur o‘lchamlardagi por- siyalarga bo‘ling. Bo‘lingan porsiyalarni zarur shaklga keltiring (aylana, sharik, bo‘lakchalar);
nam massani go‘sht maydalagichdan o‘tkazib mayda granula shakliga keltirish mumkin.
Òabiiy oziqa bazasining rivojlanishi suv sifatiga bog‘liq. Suv haroratini yaxshilash uchun baliqchilikda o‘g‘itlash (organik va mineral) amalga oshiriladi.
Baliqlarni oziqlantirishda baliqchilar quyidagi asosiy omillarni hisobga olishlari shart:
oziqa xomashyosining serobligi;
narxlarning pastligi;
oziqaviy sifati, shu jumladan, xushta’mliligi va yaxshi hazm qilinishi.
Baliqlarga qanday oziqaviy moddalar kerak? Umuman ol- ganda, baliqlarga boshqa jonzotlarga kerak bo‘ladigan oqsillar (proteinlar), yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar
Do'stlaringiz bilan baham: |