O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 10,37 Mb.
bet37/218
Sana14.02.2022
Hajmi10,37 Mb.
#448952
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   218
Bog'liq
B

Kumush tovonbaliq (Carassius auratus) — karpsimonlar oilasining bir turi. Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan. O‘rta Osiyoda avval faqat Sirdaryo mansabida ko‘plab uchragan, hozir O‘zbekistonning ko‘l, suv ombori, hovuz-baliqchilik xo‘jaliklari kabi havzalarida ko‘payib ketgan. Bu baliq joy tanlamaydi, har qanday sharoitga ko‘nikib ketaveradi. Uni tagi toshloq va suvi tez

15-rasm. Kumush tovonbaliq.

oqadigan daryolarda, tagi balchiq yoki loyqa ko‘llarda, shuning- dek, ko‘lmak suvlarda uchratish mumkin, lekin ko‘llarda ko‘proq bo‘ladi. Suv o‘simliklari muhiti bu baliq uchun juda qulay sharoitdir. U kislorodi kam suvlarda ham yashashga moslashgan.


Uzunligi 30 santimetr, og‘irligi taxminan 1 kilogramm. Òa- nasi lappaksimon, suzgichlari katta, orqa suzgichining oldida arra tishli yo‘g‘on suyak shu’lasi bor. Shunga o‘xshash shu’la dum- osti suzgichining oldida ham bo‘ladi. Orqasi ko‘kimtir, qorin tomoni kumushrangda. Shuning uchun ham unga kumush to- vonbaliq deb nom berilgan.
Urchishi juda qiziq. Urg‘ochisi tashlagan uvuldiriqni shu tur baliqning erkagi urug‘lantirishi shart emas. Populatsiyasida ko‘pincha erkagi bo‘lmaydi, bo‘lsa ham bir-ikkita uchraydi. Faqat ba’zi havzalardagina erkagi bilan urg‘ochisining soni bir-biriga yaqin bo‘ladi. Bunday bir jinslik populatsiyada urg‘ochisining uvuldirig‘ini ekologik tomondan ularga yaqin bo‘lgan boshqa tur baliqning erkagi urug‘lantiradi. Kumush tovonbaliqning urg‘o- chisini, masalan, zog‘orabaliq (karp), shim, oltin tovonbaliq kabilarning erkaklari urug‘lantiradi. Bu xil chatishuvdan dunyoga kelgan baliqlarning hammasi urg‘ochi bo‘lib, ona tovonbaliqqa o‘xshaydi. Urchishda sperma (urug‘) tuxumni urug‘lantirmaydi, balki uning rivojlanishiga yordam beradi, xolos. Bunday urchish ginogenez; boshqacha aytganda, urg‘ochi tug‘ilish deb ataladi. Ba’zan tovonbaliq bilan zog‘orabaliqning xususiyatlariga ega
bo‘lgan duragay baliq uchrab qoladi, u zog‘orabaliq uvuldi- rig‘ining tovonbaliq urug‘i bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan duragaydir.
Òovonbaliq serpusht, 2—3 yoshligining tuxumdonida 50 ming- dan 100 mingtagacha uvuldiriq bo‘ladi. Urg‘ochisi uvildirig‘ini bo‘lib-bo‘lib, birinchisini aprelning oxirlarida, ikkinchisini may oyining ikkinchi yarmida tashlaydi. Òovonbaliq bilan zog‘ora- baliqning uvuldiriq tashlaydigan yerlari va muddati bir xil. Ku- mush tovonbaliq tez o‘sadi. Umuman, uning o‘sishi yashaydigan yeridagi ovqat sharoitiga bog‘liq. Chunonchi, bir yashar cha- vog‘ining bo‘yi yemish mo‘l bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on suv om- borida 12 santimetr, ovqat kam bo‘lgan Amudaryo etagida esa 6—6,5 santimetrdir. Chavoqlari, asosan, suvo‘tlar va qisman mayda jonivorlar bilan oziqlanadi. Kattalarining yemishi detrit, ya’ni suvda chirigan o‘simlik qoldiqlari hamda ular bilan aralashgan holda mayda qisqichbaqa, kana kabi jonivorlardan iborat.
Kumush tovonbaliq O‘zbekistonda tabiiy tarqalgan yerlarida (Amudaryo va Sirdaryo etaklarida) unchalik ahamiyatga ega emas. Lekin ovqat va joy tanlamasligi, ya’ni ekologik jihatdan plastik baliq ekani sababli uni O‘rta Osiyo pasttekisliklaridagi havzalarda ko‘paytirish ancha foydalidir. Kumush tovonbaliq akvariumda saqlanadigan rang-barang va ajoyib oltin baliqlarning nasl bo- shisi bo‘ladi. Ming yillarcha muqaddam Xitoy va Yaponiyada uzoq yillar davomida seleksiya etish natijasida kumush tovonbaliqning kometa, osmonko‘z, teleskop, marvaridcha, suvko‘z, oltinba- liqcha, chachvondum, arslonbosh kabi bir qancha xonakilash- tirilgan zotlari yetishtirilgan.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish