Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikning ilk marotaba qayd etilishiga bir asrga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, uning etiolo- giyasi aniqlanmagan. Kasallikning kelib chiqishi va baliqlarda toksik, zaharli ta’sirining namoyon bo‘lishini ayrim tadqiqot- chilar suv havzalarining chiqindi suvlar bilan ifloslanganli- gidadir deb hisoblasalar, ayrimlari esa qirg‘oqdagi sklerotsiy- larni baliqlar iste’mol qilganidan kelib chiqadi degan fikrni bil- dirmoqdalar.
Baliqlarning o‘lishi suvda kislorodning kam bo‘lishi sababli ular organizmiga kislorodning yetarli miqdorda tushmasligi natijasida sodir bo‘ladi. Hozirgi paytda ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan tiaminaza baliqlarda Gaff kasalligini keltirib chiqa- rishi isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |