Epizootologik ma’lumotlar. Arguluslar issiqsevar qisqich- baqalar hisoblanadi. Ular barcha yoshdagi baliqlarda parazitlik qiladi, shu yilgi zog‘orabaliq, kulmoy, oq va qora amur, buffalo, sazan, sudak, leshch turlaridagi baliqlar ancha sezgir bo‘ladi. Katta yoshdagi baliqlar esa parazit tashuvchi bo‘lib xizmat qi- ladi. Òabiatda arguluslarning rezerventlari, yovvoyi baliqlar: olabug‘a, 3 ignali kolyushka, tovonbaliq, yorshlar bo‘lishi mum- kin. Baliqlarning maksimal zararlanishi yozda — iyul-avgust oy- larida kuzatiladi, kuz va qishga kelib zararlanish pasayadi. Qis- qichbaqalar qishda baliqlarning tanasida qishlab, bahorga kelib invaziyaning tarqalish manbayi bo‘lib qoladi. Qisqichbaqalar- ning lichinkali bosqichlari suv oqimi bilan boshqa sog‘lom suv havzalariga borib baliqlarni zararlantirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |