Qo‘zg‘atuvchisi. Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi qisqichba- qalarning tanasi silindriksimon shaklda, uzunchoq. S.major ning uzunligi 2,2—3,0 mm, S.lieni esa 1,8—2,7 mm. Òana segmentlari (bo‘lakchalari) bir-biri bilan qo‘shilgan bo‘lsa-da, ular orasidagi chegara saqlanib qolgan, dum shoxchalari yaxshi rivojlangan. Qisqichbaqalarning bosh tomonida 2 ta qisqichbaqasimon oyoq- chalari mavjud, ular yordamida parazit baliqlarning jabrasiga yopishib oladi. Òananing oxirgi qismida 2 ta tuxum xaltasi bo‘lib, ularda 350—400 tadan tuxumlar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |