Profilaktika va qarshi kurashish choralari. Ixtioftirioz kasal- ligi kelib chiqmasligining oldini olish uchun baliqchilik xo‘jalik- larida veterinariya-sanitariya qoidalariga qat’iyan amal qilish, kompleks baliqchilik-meliorativ tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi.
Nosog‘lom baliqchilik xo‘jaliklarida esa quyidagi tadbirlarni o‘tkazish zarur:
ixtioftirioz bo‘yicha nosog‘lom suv havzalarining suvlari oqizib tashlanadi, 8—10 kun davomida quritiladi. Hovuzning oqizib bo‘lmaydigan joylari esa xlorli ohak (3—5 s/ga) bilan yoki so‘ndirilmagan ohak (25 s/ga) bilan dezinfeksiyalanadi;
naslli baliqlar ikra qo‘yib bo‘lgach, birinchi sutka ichida suv havzalaridan olinadi, lichinkalari esa boshqa o‘stiruvchi suv havzalariga o‘tkaziladi (lichinkalar ikradan chiqqandan 5—6- kunlariga), lichinkalar 60—70% zararlanganida va invaziyaning intensivligi bir boshga 10 dona parazit bo‘lganida, ularni o‘sti- ruvchi suv havzalariga o‘tkazish man etiladi, bunday chavoqlar yo‘qotiladi;
kasal baliqlar tuzli vannada davolanadi. Buning uchun osh tuzi va achchiq tuzlarni 3,5: 1,5 nisbatda olib 0,6—0,7% kon-
sentratsiyasi tayyorlanadi. Baliqlar vannada suvning harakatiga bog‘liq holda 3—11 kun davomida saqlanadi. Davolash uchun yashil brilliant va metilen ko‘ki preparatlarini ham ishlatish mumkin.
Bu preparatlar hovuz suvlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) 0,1—0,2 mg/l hisobida eritiladi (nasl oluvchi suv havzalariga). O‘stiruvchi suv havzalarida 0,5—0,7 mg/l va qishlovchi hovuz- larda 0,5—0,9 mg/l hisobida eritiladi. Bunda baliqlarning ushlab turilishi (ekspozitsiyasi) va ishlov berish miqdori baliqlarning yoshi va turiga, yilning mavsumiga, suvning tarkibi va sifatiga hamda ixtioftiriuslar bilan zararlanish darajasiga bog‘liq;
baliq ovlashda ishlatiladigan inventar, asbob-uskunalar, transportirovkadagi idishlar, maxsus kiyimlar kasal baliqlar bilan ishlashdan so‘ng yaxshilab yuviladi va quritiladi;
ixtioftirioz bo‘yicha nosog‘lom bo‘lgan suv havzalariga turli yoshdagi baliqlarni birgalikda saqlamaslik, kompleks ba- liqchilik-meliorativ tadbirlarni yaratish, suvning gidrokimyo- viy va gaz rejimini yaxshilash choralarini amalga oshirish maq- sadga muvofiqdir.
Ergaziloz — chuchuk suv baliqlarining invazion kasalligi bo‘lib, uni Ergasilus avlodiga mansub Ergasilus sieboldi va E.briani qisqichbaqalar baliqlarning jabra bo‘lmalarida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik jabra to‘qimasining yallig‘lanishi va nekrozi, organizmning intoksikatsiyasi va ba’zan esa nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |