Baliqlarning suzgich pufagi
Suyakli ganoidlar va ayrim suyakli baliqlarda qorin bo‘sh- lig‘ining ustki tomoniga o‘rnashgan suzgich pufagi bor. U, aso- san, gidrostatik organ bo‘lib, ichi gaz bilan to‘lganda baliq yen- gillashadi, puchayganda esa og‘irlashadi. Suzgich pufagi qi- zilo‘ngachning ustki devori bo‘rtib chiqishidan vujudga keladi. U ba’zi baliqlarda, chunonchi, karpsimonlarda qizilo‘ngach bilan qo‘shilgan, olabug‘asimonlarda esa qizilo‘ngachdan ajralgan holda bo‘ladi. Pufakning ichi kislorod, karbonat angidrid va azot gazlari bilan to‘la, ayniqsa, azot ko‘p.
Qalqonli cho‘rtan va loyqabaliq suzgich pufagi orqali at- mosferadan nafas oladi. Bu pufak ko‘pincha eshituv organi bilan bevosita yoki o‘zining birinchi bo‘lmasidagi Veber apparati deb ataladigan bir necha suyakchalar orqali qo‘shiladi. Suzgich pufagi ichki quloq sohasi bilan bog‘langani sababli Veber apparati baliqlarda eshitish vazifasini bajarsa kerak.
Ba’zi laqqanamolar, eshvoybaliqlarning qo‘shimcha nafas olish a’zosi boshqacharoq bo‘ladi. Ular suv betiga chiqib havo
yutadilar, havo pufakchalaridagi kislorod ichaklardan mayda qon tomirlariga o‘tib, qonni oksidlantiradi. Atmosfera havosidan bu xil nafas olish ichak orqali nafas olish deb ataladi.
Chinakam o‘pka faqat ikki xil nafas oluvchi baliqlarda, chu- nonchi, seratod, protopterus, lepidosirenlar va cho‘tka qanotli- larda bo‘ladi, xolos. Shunday qilib, ayrim baliqlar quruqlikka chiqishga va havodan nafas olib yashashga jur’at qilgan va shu bi- lan uzoq davom etgan tadrijiy taraqqiyotni boshlab bergan. Bu evolutsiya natijasida amfibiyalar, sudralib yuruvchilar, qushlar va hatto oliy jonivorlar — sutemizuvchilar va odam paydo bo‘lgan. Demak, baliq odamning umurtqalilar orasidagi naslboshisidir.
Ko‘pgina baliqlar jabra va o‘pkadan tashqari teri orqali ham nafas oladi. Jabra orqali nafas olishda suv baliqning og‘zidan ki- rib, halqum teshikchalari orqali jabra bo‘shlig‘iga o‘tadi, undan boshning yonidagi teshiklar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Jabra bilan nafas olish ham o‘pka orqali nafas olishdan farq qilmaydi. Jabra yaproqlarida ham o‘pkadagiga o‘xshash mayda tomirlar bor, ular suvdagi kislorodni shimib oladi. Jabra apparati nafas olishga yaxshi moslashgani sababli, ba’zi baliqlar havodan ham nafas oladi, chunonchi, zog‘orabaliq yozning issiq kunlari suvda kislorod kamayib ketganida suv betiga ko‘tariladi va havo pufakchalarini yutib, nam jabrasi oldida tutib turadi. Bunday ho- disani akvariumda ham uchratish mumkin.
Baliq doim suv yutadi. Suv og‘iz bo‘shlig‘idan jabra yoriqlari orqali o‘tadi, bu yoriqlar halqum devorlaridan o‘tgan bo‘lib, nafas organlari jabralarni yuvadi. Zog‘orabaliqda ular jabra yoylaridan iborat, ulardan har qaysisining bir tomonida och qizil rangli jabra yaproqchalari, ikkinchi tomonida esa oqish jabra tichinkalari bor. Jabra tichinkalari suzgich apparatidir: ular o‘lja jabra orqali sirg‘anib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra yaproqchalaridan juda mayda qon tomirlari — kapillarlar o‘tgan. Jabra yaproqchalarining yupqa devori orqali qonga suvda erigan kislorod o‘tadi, qonda esa suvga karbonat angidrid chiqariladi.
Agar kislorod kam bo‘lsa, baliqlar suv yuzasiga chiqib, og‘iz orqali havo ola boshlaydi. Agar ular kislorod kam bo‘lgan suvda uzoq vaqt yashasa, nobud bo‘ladi. Qishda suv havzalaridagi muz
Jabra yaproqchalari
Jabra tichinkalari
Jabra yoyi
Jabra qopqoqlari
4-rasm. Jabraning tuzilishi va uning ishlashi.
ostida ba’zan kislorod yetishmay qoladi. Bu vaqtda baliqlar qiy- naladi. Buning oldini olish uchun har yer-har yerda muzni yorib, teshik ochiladi. Qurib qolgan jabra yaproqchalari kislorod va karbonat angidridni o‘tkaza olmaydi. Shuning uchun suvdan chiqarib olingan baliq tezda nobud bo‘ladi. Nozik jabralarning tashqi tomonidan jabra qopqoqlari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |