O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 9,61 Mb.
bet7/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Baliqlarning rangi


Baliqlarda uchraydigan kumushrang guanin moddasiga, boshqa ranglar esa pigmentli hujayralar — xromatoforlarga bog‘- liq. Xromatoforlar nerv ta’sirida rangini o‘zgartiradi, bu esa baliqning hayotida katta ahamiyatga ega.


Baliqning rangi bilan tana shakli uni dushmandan muhofaza etadi. Chunonchi, kapalakbaliqning tiniq rangi uni xaspo‘shlab, dushmandan saqlasa, ustidagi ingichka tikanlari g‘animini cho‘- chitib qochiradi, qora xoli esa aldaydi. Kirpibaliq esa o‘zini dushmandan saqlash uchun ichini havo bilan to‘ldirib, tikanli sharga aylanib qoladi va hech qanday yirtqich unga tegishga jur’at etolmaydi. Dengiz ninasining xira rangi va qamishga o‘xshash uzun
tanasi suvo‘tlar orasida uni begona ko‘zdan pana qiladi. Bundan tashqari, baliqlarning rangi jinsiga, yoshiga va hatto kayfiyatiga qarab ham o‘zgaradi.
Suvning ustki qatlamida hayot kechiruvchi pelagik baliqlar rangi muhitning rangiga mos bo‘lib, tanasining orqa tomoni va qisman yonlari qoramtir yoki ko‘m-ko‘k, qorin va qisman yonlari kumushrang bo‘ladi. Bu xil rang baliqni xaspo‘shlab, ham tepadagi, ham pastdagi dushman ko‘zidan asraydi.
Olabug‘a, cho‘rtan, dengiz toshboshi kabi suvo‘tlar orasida yashaydigan baliqlarning rangi ham shu joyga moslashgan bo‘lib, orqa va qisman yon tomonlari jigarrang, ba’zan ko‘kimtir yoki sarg‘ish rangda, bundan tashqari, ustida bir talay yo‘llari bo‘ladi. Marjon orollarida yashaydigan baliqlarning rangi ham har xil. Kambala kabi suvosti baliqlarining rangi ham o‘z muhitiga munosib.
Gala bo‘lib yuradigan baliqlarning tanasida rangli nishon bo‘- ladi. U galadagi baliqlar bir-birlariga qarab, ma’lum tomonga suzishlariga yordam beradi. Bunday nishonlarning shakli turli- chadir. Chunonchi, katta gala bo‘lib yuradigan Amur golyanining nishoni yon tomoniga ko‘ndalang tushgan qora yo‘ldan iborat, taxirbaliqning dumi va yelka suzgichida qora yo‘li bor, yirik gala hosil qiladigan pikshaning esa birinchi orqa suzgichi ostida bitta qora xoli bo‘ladi.
Kambala, buqabaliq, skorpena kabilar yashaydigan joyining rangiga qarab o‘z tusini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Shuningdek, yoshiga qarab rangini o‘zgartiradigan baliqlar ham oz emas. Masalan, losos, gulmohi kabi baliqlarda chavoqlarining tanasi ustida bo‘ladigan qora xollar ular o‘sgan sari yo‘qolib ketadi. Òikanbaliq, losos kabilarning erkaklarida urchish davrida rang o‘zgarishidan iborat «nikoh libosi» yuzaga keladi. Shuningdek, baliqlarda tana shakli va tuzilishining o‘zgarish hodisasi ham ularni xaspo‘shlab, dushmandan asraydi. Chunonchi, Amazonkada yashaydigan yaproqbaliqning shakli xuddi suvda qalqib yurgan bargga o‘xshaydi, Sargasso dengizidagi lattabaliqni esa suvo‘tlar- dan farqlash qiyin. Rangi bilan tana shaklini o‘zgartirish xusu- siyati baliqlarning hayot uchun kurashida muhim quroldir.

    1. Download 9,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish