Ishlab chiqaruvchi naslli baliqlar va ta’mirlovchi baliqlarni saqlash sharoitlari
Naslchilik ishini muvaffaqiyatli yuritish, ishlab chiqaruvchi naslli baliqlar va ta’mirlash guruhidagi baliqlarni o‘stirishning barcha bosqichlarida qulay sharoit yaratmasdan unga zich bo‘l-
magan hovuzlarda alohida saqlanadi va ular qo‘shimcha oziqlan- tiriladi. Bunda zog‘orabaliqlar uchun odatdagi oziqa aralashmasiga 10—12 % hayvonlar mahsulotidan olinadigan oziqalar qo‘shiladi. 1 ga yozgi hovuzlarda mahsuldorligiga qarab 150—200 ga ona baliq yoki 250—300 ga erkak baliq qo‘yiladi. Mavsumda 1—1,5 ki- logramm tirik vazn o‘sish rejalashtiriladi. Ular ov qilib tutish- dan keyin oziqlantirila boshlanadi. Sutkalik ratsion baliqlar og‘ir-
ligining 2—3 % ini tashkil qiladi.
Normativ bo‘yicha naslli baliqchilik xo‘jaliklarida barcha yosh- dagi ta’mirlovchi baliqlarni alohida hovuzlarda urchitish ko‘zda tuti- ladi. Ularning maydoni xo‘jalikning ta’mirlovchi baliqlar soniga bo‘lgan talabiga va xo‘jalikda qabul qilingan baliqlar zichligiga bog‘liq. Naslli va ta’mirlash guruhida baliqlar soni uncha ko‘p bo‘l- maganda, yoshi 2 yoshga farq qiladigan baliqlarni birgalikda saq-
lash mumkin. Masalan, ikki yoshlilar bilan to‘rt yoshlilarni.
Naslli va ta’mirlash guruhidagi yosh baliqlarni hisobga olish va baholash
Naslchilik ishini yuqori saviyada olib borish nasl va ta’mirlash guruhidagi baliqlarni har yili bonitirovka qilish bilan uzviy bog‘liq. Bonitirovka nasl fondini va undagi o‘zgarishlarni nazorat qilishning eng muhim tadbiri hisoblanadi.
Naslli baliqlar va katta yoshdagi ta’mirlash guruhidagi ba- liqlarning sifati baholash (bonitirovka) belgilarining jamlamasi bo‘yicha alohida (individual) o‘tkaziladi, bunda baliqlar yoshi, jinsi, tangachali qoplami, individual o‘lchash va tortish (vazni, uzunligi, tananing uzunligi va balandligi), kichik yoshli ta’mirlash guruhidagi baliqlarning individual ko‘rsatkichlari tanlanmasdan olingan (30—50 bosh) baliqlarning o‘lchamiga qarab aniqlanadi. Baholash natijalariga qarab ular sinflarga ajratiladi. Òurli nasl-
larga ajratilgan baliqlar har xil hovuzlarga joylashtiriladi.
Birinchi sinfga eng yuqori mahsuldor yoshdagi (6—11 sm yosh ona baliqlar uchun va 5—10 sm erkak baliqlar uchun), yaxshi semizlikdagi, yuqori umumiy baho olgan, jinsiy yetilganligi yaxshi ifodalangan baliqlar kiradi. Bunday baliqlar chavoq olish
mavsumida birinchi navbatda ishlatiladi. Ikkinchi sinfga birinchi marta uvuldiriqlagan, ta’mirlash guruhidan o‘tkazilgan naslli baliqlar, uchinchi sinfga — u yoki bu sababga ko‘ra almashinishi lozim bo‘lgan naslli baliqlar (eksteryeri yomon, jinsiy belgilari ifodalanmagan va qari baliqlar) kiradi.
Bonitirovka natijalarini jamlashda zog‘orabaliq quyidagi eks- teryer ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
semizlik koeffitsiyenti K
P · 100;
L3
bu yerda: P — baliqning og‘irligi; L — boshidan tangachali qop- lamning oxirigacha bo‘lgan tana uzunligi;
tana balandligi indeksi L ;
H
bu yerda: H — baliqning eng yuqori balandligi;
baliq tanasining qalinligi B · 100; bu yerda: B — baliqning qalinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |