Qizil parra — chuchuk suv balig‘i. Yevropada tarqalgan, O‘rta Osiyoda Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryoda uchraydi. Qamish kabi o‘simliklar orasida, daryoda esa suv sekin oqadigan yerlarda yashaydi, o‘simliklardan xoli joylarga yaqin yo‘lamaydi.
Bo‘yi 30 santimetrcha, lekin ko‘pincha 20—25 santimetrliklari ovlanadi. Òangachasi yirik, yon chizig‘i qorniga yaqinroq joylash- gan, dum suzgichi biroz ingichka va uchli. Orqasi kulrang-ko‘k, qorni va yonlari kumushdek oq, orqa suzgichidan tashqari barcha
16-rasm. Qizil parra.
suzgichlari qip-qizil rangda, shuning uchun ham qizil parra deb ataladi. Bu baliq ko‘rinishidan qizilko‘zga juda o‘xshab ketadi, ammo qornidagi pushtagi va old og‘iz ekanligi bilan undan farq qiladi.
Qizil parra mart-iyun oylarida urchiydi, urchish vaqti yashay- digan yerning iqlim sharoitiga bog‘liq. Dastlab ikki yasharlilari, so‘ngra boshqalari urchiydi, 100 mingdan 230 minggacha bo‘l- gan uvildirig‘ini suv o‘simliklariga qo‘yadi. Uvuldiriq tez ri- vojlanadi, harorati 20—22 °C da suvda lichinkasi 3 kunda chiqadi. Chavoqlari kichik qisqichbaqa hasharot turlari kabi mayda jonivorlar, kattalari esa, asosan, o‘simliklar bilan oziqlanadi. O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda qizil parralarning iq- tisodiy ahamiyati ham, ko‘llarda ma’lum miqdorda tutiladi.
Sharqiy qizilqanot ugay (Leuciscus brandti) — karpnamolar turkumining bir turi, karpsimonlar oilasiga mansub. Yapon va Oxota dengizlari havzasida tarqalgan. Bo‘yi 50 santimetrcha, og‘ir- ligi 1,5 kilogrammgacha, urchish davrida erkagining qorni va yon tomonlarida uzun va tiniq qizil rangli yollar paydo bo‘ladi, suz- gichlari, jabra qopqog‘i, ko‘z atroflari va lablari ham qizarib qo- ladi. Shuning uchun ham sharqiy qizilqanot deb nom berilgan. O‘tkinchi baliq, karpsimonlarning sho‘rroq, hatto dengizlarning sho‘r suvida yashashga moslashgan birdan bir turidir. O‘sish davri dengizning suvi chuchuklashgan va yemish mo‘l uchastkalarida
o‘tadi. Lekin uning dengizda qanday hayot kechirishi hali ma’lum emas. Urchish davrida yosh avlodlar bilan birga daryoga o‘tadi, bu yerda erkagi ham, urg‘ochisi ham «nikoh libosiga chulg‘a- nib», boshqacha tus oladi. Urg‘ochisi 15 mingtacha uvuldirig‘ini tog‘ daryolariga tashlab bo‘lgandan keyin dengizga qaytib ketadi. Maydalari daryoda gala bo‘lib yuradi, qiyinroq ko‘payishib, ular ham dengizga yo‘l oladi. Xo‘jalik ahamiyati aytarli katta emas, yoyma to‘r bilan ovlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |