Baliqlarning sezgi organlari
Baliqlarning sezgi organlari ham suv muhitiga moslashgan. Ularda ham baqa umurtqalilardagi kabi ko‘ruv, eshituv, hidlov, tuyg‘u, ta’m bilish sezgilari bor. Baliqlarning eshituv organi fa- qat ichki quloqdan iborat. U gidrostatik, ya’ni muvozanatni saq- lash vazifasini bajaradi, eshitishda ishtirok etmaydi. Boshqa jonivorlarga nisbatan baliqni «kar» va «soqov» deyish mumkin, hatto «baliqdek gung» degan ibora ham bor. Ammo baliq o‘ziga yarasha tovush chiqaradi. Umuman, tovushning baliq hayotida ma’lum bir ahamiyati bor, shuning uchun ham u tovushni eshi- tishi kerak. Bu vazifani baliqning havo pufakchalari bajaradi. So‘nggi dalillarga qaraganda, ular turli xil tebranish to‘lqinlarini yaxshi sezadi, ultratovush yordamida baliq tutish tajribasi ham shunga asoslangan.
Baliqlarning ko‘zi muhitda ko‘rishga moslashgan bo‘lib, asosan, quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning ko‘zi singari tuzilgan, ammo ayrim tafovutlari ham bor. Ularning ko‘zlari boshining ikki yon tomoniga, ba’zan tepasiga joylashgan bo‘ladi. Ko‘pgina baliqlarning ko‘zi yirik, chuvoqlariniki kattalarinikidan ham yirikroq. Faqat akulalarning ko‘zida qovoq bor, xolos, boshqalarida yo‘q.
Sezgi organlari. Baliqlarning atrof-muhitni yaxshi bilib olishida ko‘z muhim rol o‘ynaydi. Zog‘orabaliq faqat nisbatan yaqin masofani ko‘radi. U narsalarning shakli va rangini farq qiladi. Zog‘orabaliq har qaysi ko‘zining oldida sezgi hujayralari bo‘lgan ko‘r haltaga olib boradigan ikkitadan burun teshiklari bor. Bu hid bilish organidir.
Eshitish organlari tashqaridan ko‘rinmaydi, ular kalla suya- gining orqa qismidagi suyaklardan o‘ngda va chapda joylashgan. Suvning zichligi tufayli tovush to‘lqinlari kalla suyaklar orqali
yaxshi o‘tadi va baliqning eshitish organi orqali qabul qilinadi. Baliq qirg‘oq bo‘ylab ketayotgan odamning oyoq tovushini, qo‘ng‘iroq, o‘q tovushini eshita olishi tajribalardan ma’lum.
Òa’m bilish organlari. Sezgi hujayralari zog‘orabaliqda xuddi boshqa baliqlardagi singari og‘iz bo‘shlig‘ida joylashib qolmay, balki butun tanasining yuzasi bo‘ylab ham tarqalgan. Sezgi hujayralari ham o‘sha yerda bo‘ladi. Ba’zi baliqlar (masalan, laqqabaliq, sazan, treska)ning boshida sezuvchi mo‘ylovlari bor. Baliqlar uchun alohida sezgi organi — yon chiziqlar xosdir.
Òashqaridan qator teshiklar ko‘rinib turadi. Bu teshiklar terida joylashgan kanal bilan joylashgan. Kanalda teri ostidan o‘tgan alohida nerv bilan bog‘langan sezgi hujayralari bo‘ladi.
Yon chiziqlar suvning yo‘nalishini va oqim kuchini qabul qi- ladi. Yog‘ chiziqlar tufayli hatto ko‘r bo‘lib qolgan baliq biror narsaga urilmaydi va oqib kelayotgan o‘ljani tutib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |