O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 9,61 Mb.
bet30/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Moybaliq (Chalcalburnus chalcoides) — jumurbaliq, xom- baliq; karpsimonlar oilasining bir turi. Orol, Kaspiy, Qora va Azov dengizlari havzalarida tarqalgan. O‘rta Osiyoda Sirdaryo va Amudaryodan tashqari Zarafshonda va u bilan bog‘liq suv omborlarida ham ko‘p uchraydi. Ba’zilari chuchuk suvda turg‘un yashasa, boshqalari o‘tkinchi bo‘ladi, Orol moy balig‘i esa sho‘rroq suvda o‘troq yashaydi.
Bu baliqning tangachalari nisbatan yirik, boshi kichkina bo‘lsa ham ko‘zi ancha katta, og‘zi yuqoriga qaragan. Uzunligi 40 sm liklari ham bo‘ladi, lekin 24—25 sm lilari ko‘proq uchraydi. Og‘irligi 800 g. O‘troq yashaydiganlari sekin, chala o‘tkinchilari tez o‘sadi. Qorin suzgichi bilan anal suzgichining o‘rtasida o‘tkir qirrali pushtagi bor. Rangi suvning ustki qatlamida yashovchi baliqlarning rangiga o‘xshash bo‘lib, usti qora-ko‘kimtir tusda tovlanib turadi. Yon va qorin tomoni kumushrang, suzgichlari- ning osti pushti, chetlari kulrang.
Moybaliq 2 yoshida voyaga yetadi. 40 mingtacha yopishqoq uvuldirig‘ini may oyida kechasi tashlaydi. Uvuldirig‘i suv tagidagi tosh va o‘simliklarga yopishib qoladi. Chavoqlari planktonlar bilan, kattalari qisqichbaqasimonlar, molluska, hasharot qurtlari bilan oziqlanadi. Yemish izlab kechasi suv betiga chiqadi, kunduzi suv tagiga tushadi, ya’ni vertikal migratsiya qiladi.
Chala o‘tkinchilarining go‘shti mazali, yog‘li va xushbo‘y. Bu baliq to‘r bilan ovlanadi.
Bakra (Acipenser nudiventris) — suyakli baliqlar sinfining bakrasimonlar oilasiga mansub. Kaspiy va Orol dengizi havza- larida tarqalgan. Qora va Azov dengizlarida kam uchraydi,



22-rasm. Bakra.

so‘nggi yillarda Balxash ko‘lida iqlimga moslashtirilgan. Bak- raning boshqa suv havzalaridan ajralgan dengizlarda yashashi bu dengizlar bir zamonlari o‘zaro qo‘shilgan yagona havza bo‘lganligini ko‘rsatadi.


Kaspiy dengizidan uvuldirig‘i olib kelinib, Orol dengizida ko‘paytirilgan. Uzunburun bakra (shokir) e’tiborga olinmasa, bakralar urug‘ining O‘zbekistondagi birdan bir vakili bo‘lgan mazkur bakra bu urug‘ning boshqa vakillaridan pastki labi ik- kiga ajralmagani, birinchi orqa cho‘gri tikanli plastinkachasi boshqalaridan kattaligi va mo‘ylovlari shokilali bo‘lishi bilan farq qiladi.
Òanasining cho‘girlari 5 qator, orqasida 11—17 ta, yon to- monida 55—67 ta, qornida esa 15—16 cho‘gri bor. Eng yirik bakraning bo‘yi 2 m dan ortiqroq, og‘irligi 21—23 kg gacha. Orol bakralarining og‘irligi 16—18 kg, voyaga yetgan Kaspiy bakra- larida erkagining og‘irligi 6—45, urg‘ochisining vazni 8—78 kg bo‘ladi. Urg‘ochi bakra bo‘y jihatdan erkagi bilan bir xil bo‘lsa-da, vazni unikidan og‘irroq. Kaspiy bakrasi Orol bakrasiga qaraganda tez o‘sadi, 10 yasharining bo‘yi Amudaryoda o‘rtacha 110,8 sm, Kura daryosida 130 sm. Ularning o‘rtacha og‘irligidagi farq yana ham ko‘proq.
O‘tkinchi baliq, hayotining bir qismini dengizda o‘tkazsa, urchish davrida daryoga o‘tadi. Urg‘ochisi 14 (ba’zan 12—13) yoshida, erkagi esa 9 (ba’zan 6—8) yoshida voyaga yetadi. Orol dengizida yashaydigan bakralar urchish uchun aprelning o‘rta- larida Sirdaryo va Amudaryo mansabida to‘planib, daryoning yuqorisidagi uvuldiriq tashlaydigan yerlariga suzib ketadilar. Ular, ayniqsa, katta suv toshqini vaqtida gala hosil qilishadi.
Sirdaryoda Chinoz bilan Bekobod o‘rtasidagi, Amudaryoda esa Nukus hamda uning yuqorisidagi sayoz va toshloq yerlarda uvuldiriq tashlaydi. Sirdaryoda urchiydigan yeriga yoz davomida ikki ming km masofani bosib, sentabr oyining oxirlarida yetib keladi. Qishni loy bosgan chuqur kamarlarda o‘tkazadi, aprel- ning o‘rtalarida (Kura daryosida may-iyunda) tuxum tashlaydi. 1290000 tacha uvuldirig‘ini tashlagandan keyin ortiga qaytadi va bir yil deganda Orol dengiziga yetib boradi. Kelasi yil yana ur- chish uchun daryoga o‘tadi. Qisqasi, bakra 2 yilda 1 marta urchiydi. Daryo oqizib ketgan chavoqlari 12 yoshga kirguncha dengizda yashaydi, so‘ngra urchish uchun daryoga o‘tadi. Lekin Kura daryosida chavoqlarining ma’lum qismi bir qancha vaqtgacha uvuldiriqdan chiqqan yerida yashaydi. Bu bakra shokir, rus bak- rasi, beluga bilan qo‘shilishib, duragay hosil qiladi, duragaylarni
faqat tajribali baliqchilargina ajrata oladi.
Bakralar aterina, buzoqchabaliq, kilka kabi mayda baliqlar, molluska, xironomik, yonsuzar va ularning murtaklari kabi turli xil umurtqasiz jonivorlar, ba’zan ularning uvuldiriqlari bilan ham oziqlanadi. Voyaga yetgan baliqlar bahorda juda xo‘ra bo‘ladi, qishda ovqatdan qoladi.

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish