“O‘zbekgidroenergo” AJ 8 ta mikro GES qurish loyihasini e’lon qildi
17.08.2020 17:36
731
O‘zbekiston gidroenergetik salohiyatini oshirish borasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan investitsiyaviy loyihalar asosida yirik GESlarni qurish barobarida, mikro va kichik GESlarni qurishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini mamlakat iqtisodiyotiga keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga elektr energiyasi va neft-gaz mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2020 yil 10 iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4779-son qarori qabul qilindi.
Qaror ijrosini o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarish, gidroenergetika sohasiga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining 102-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Mazkur buyruqqa asosan, yangi mikro va kichik gidroelektr stansiyalarni joylashtirishning texnik imkoniyati mavjud ob’yektlar ro‘yxatini tuzish va shakllantirish, kichik suv oqimlaridan unumli foydalanish maqsadida, mikro GESlarni qurish borasida soha mutaxassislari tomonidan asosli takliflar o‘rganib chiqildi va ularning ro‘yxatlari shakllantirildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati.
Shakllantirilgan yangi loyihaga ko‘ra, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan qurilishi rejalashtirilayotgan yangi mikro GESlarning quyidagi ro‘yxati shakllantirildi: “Chirchiq GESlar kaskadi” UK ning GES-10 tarkibida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga ko‘ra, mikro GES 10-GES bosimli havzasi Zax kanali bosh uzelida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 7 metr;
– suv sarfi – o‘rtacha 15 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 8 m3 dan 45 m3 gacha;
– o‘rnatilgan quvvati – 800 kVt (2x400kVt);
– yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 6 mln. kVt.soat.
“Farhod GES” UK bosh gidrouzelidan 3 km uzoqlikda Quyi Dalvarzin kanali 3-5 PK oralig‘ida mikro GES qurish loyihasi.
Loyihaga ko‘ra, mikro GES Quyi Dalvarzin kanali 3-5 PK oralig‘ida joylashadi.
Mikro GESning texnik parametrlari:
– bosimi – 8 metr;
– suv sarfi – 20 m3;
– yil davomidagi suv sarfi – minimum 10 m3 dan 30 m3 gacha;
– o‘rnatilgan quvvati – 1 400 kVt (2x700kVt);
– yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarishi – 8-9 mln. kVt.soat.