O`zbek xonliklari



Download 1,33 Mb.
bet8/47
Sana17.04.2022
Hajmi1,33 Mb.
#558276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Bog'liq
Iii bob. Buxoro Amirligi 13-§. Buxoroda mang`itlar sulolasi hukm

17-§. Buxoro amirligining XIX asr 1-yarmidagi siyosiy ahvoli


Amir Haydar hukmronligi davri. Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga amir Haydar (1800-1826) o`tirdi, uning tajribasizligidan foydalangan ayrim viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka uringan. Amir Haydar qiyinchilik bilan ularning aksariyatini bo`ysundirgan. Aksariyat viloyatlarning mustaqilligi tugatilgach, davlat erlari ko`paygan, natijada davlat erlarini ijaraga olib ishlovchilar soni oshgan va iqtisodiyot tez o`sgan, ichki va tashqi savdo ham o`sdi.
Amir Haydar eng bilimdon hukmdorlardan bo`lgan, Qur`onni yoddan bilgan. Amir huzurida diniy va ilmiy mulohazalar o`tkazilib turilgan. Buxoro madrasalariga chet davlatlardan o`qishga keluvchilar oshgan. Amir Haydar ham madrasa talabalariga ma`ruzalar o`qigan. Ammo u to`la osoyishtalikni ta`minlay olmagan, bunga jamiyatdagi adolatsizliklar ham sabab bo`lgan. Xalq noroziligidan ayrim viloyat hokimlari va yirik zodagonlar mustaqil bo`lish uchun foydalanishga intilgan. Haydarning ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi 1804 yil qo`zg`olon ko`targan, Haydarga qarshi kuchlar bundan foydalanib Dinnosirbekni taxtga o`tqazmoqchi bo`lganlar. Haydar ularga qarshi Niyozbek parvonachi boshchiligida qo`shin yuborgan. Niyozbek buyrug`i bilan Marvni suv bilan ta`minlab turgan Sultonband to`g`onini buzib tashlagach, suvsiz qolgan marvliklar jang qilmay boshqa yurtlarga ketishga majbur bo`ldilar. Dinnosirbek Erondan boshpana topgan.
Harbiy harakatlar mehnatkashlarning ahvolini og`irlashtirgan, shuningdek harbiy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik va er solig`ining muddatidan oldin yig`ib olinishi oqibatda 1821 yil Miyonqolda qo`zg`olon ko`tariladi. Amir Haydar qo`zg`olonni to`la bostirolmagach, qo`zg`olonchilarga yon bosib, ularning mulki daxlsizligi haqida yorliq berishga majbur bo`ladi.
Amir Nasrullo hukmronligi. Amir Haydar vafot etgach, uning ikki o`g`li qisqa vaqt taxtga o`tirgan, ular fitna qurboni bo`lgach, Haydarning 3-o`g`li Nasrullo (1826-1860) taxtni egallagan. U amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklarni yagona davlatga birlashtirish yo`lida qat`iyat bilan kurash olib bordi. Nasrulla qanchalik qattiqqo`l bo`lmasin bekliklarning mustaqilligiga chek qo`yaolmadi. Kitob va Shahrisabzni bo`ysundirish 30 yil davom etgan, nihoyat 1856 yil Kitob va Shahrisabzni bo`ysundirgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish