Xiva xonligi - Amudaryoning quyi oqimida joylashgan, qadimiy dehqonchilik markazlaridan hisoblanmish Xorazm XIV asr oxirlaridan XVI asr boshlariga qadar temuriylar davlati tarkibida bo‘lgan. 1505 yilda Shayboniyxon Xorazmga yurish qilgan paytda u yerda hukmronlik qilayotgan Chin So‘fi rasman Husayn Boyqaroga qaram edi. Shuning uchun ham xorazmliklar temuriylardan yordam umid qilib 10 oy shaharni mudofaa qildilar. Xorazmda Shayboniyxon hukmronligi uzoq cho‘zilmadi. U 1510 yilda Shoh Ismoil tomonidan o‘ldirilgach, Xorazm eroniy safaviylar qo‘l ostiga o‘tdi. Shoh Ismoil Xorazm shaharlarini boshqarish uchun yuborgan dorug‘alarining iqtisodiy, diniy va milliy zulmiga qarshi aholi keng qatlamlarining chiqishlari boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |