tomondan, mavjud korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etdi, ularni
ta'mirlash, yangi texnik jihozlar bilan qayta qurish orqali mahsulotlar ishlab chiqarishni
ko'paytirish tadbirlarini amalga oshirdi. Masalan, ,,Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyati
1994-yilda o'z mablag'lari hisobidan Shveysariyaning ,,Riter" firmasidan 2592 ta yigiruv
g'altagi quvvatiga ega bo'lgan uskunalar sotib oldi. 1996-yilda esa Shveysariyadan jalb
etilgan 5 mln shved frankiga ikkinchi yigiruv majmuyi sotib olib korxonani jihozladi.
Natijada 1997-yildayoq 1000 tonna kalava ip ishlab chiqarishga erishdi.
Ikkinchidan, davlat uyushmasi tomonidan respublikamizdagi boy xomashyolarni,
birinchi navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi
korxonalar barpo etish har tomonlama qo'llab-quvvatlandi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996-yil aprel oyida ,,MahalIiy va
yengil sanoatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qildi.
Qarorga muvofiq tarmoq bo'yicha 35 ta investitsiya loyihalari ish lab chiqildi va ularni
amalga oshirish jarayonida 152 mlrd so'm, shu jumladan, 644,4 mln AQSH dollari hajmida
chet el sarmoyalari o'zlashtirildi. Natijada 1996—2001-yillarda Janubiy Koreya ishtirokida
,,Kobul—O'zbek Ko" qo'shma korxonasiga birlashgan To'ytepa va Toshkent shahrining
Ko'kcha mavzesida 2 ta yirik qo'shma korxona, ,,Kobul—Farg'ona Ko" qo'shma
korxonalari qurilib ishga tushirildi. Turkiya to'qimachilik kompaniyalari ishtirokida Nukus
shahrida ,,Kateks" to'qimachilik majmuasi, Namangan viloyatida ,,Asnamtekstil",
,,Tapfen", vvKosonsoy-Tekmen", ,,Atlas-Men", Qashqadaryo viloyatida ,,Qashteks",
,,Oqsaroy-to'qimachi" qo'shma korxonalari barpo etildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan
hamkorlikda 1998- yilda Andijonda ,,Anteks", Farg'ona viloyatining Yozyovon tumanida
,,Pfaff-Zinger" qo'shma korxonalari qurildi. 1999- yilda Xo'jaobod tumanida tikuv va
trikotaj buyumlar ishlab chiqara-digan vvTyan-Din-Du" O'zbekiston—Xitoy qo'shma
korxonasi, 2000-yilda yiliga 3800 tonna kalava ip ishlab chiqaradigan ,,Qorako1teks"
O'zbekiston—Amerika qo'shma korxonasi barpo etildi. 2002-yilda Respublika
to'qimachilik sanoatida 17 ta qo'shma korxona faoliyat ko'rsatdi. Tarmoq bo'yicha 32
mingdan ortiq yangi ish o'rinlari tashkil etildi. 2004-yilda 17 ta to'qimachilik korxonalari,
jumladan ,,Beruniy teks", ,,Baliqchiteks", ,,Bursel—Toshkent" kabi yirik qo'shma
korxonalar qurilib foydalanishga topshirildi.
2002- yil boshlarida ,,O’zbekyengilsanoat" davlat uyushmasiga birlashgan 15 ta
kichik va 102 ta yirik korxonalar paxta tolasini qayta ishlab yiliga 130 mtng tonna
yigirilgan ip, 50 mln kvadrat metr gazlama, 2,5 mln kvadrat metr gilam, 62 mln dona
trikotaj mahsulotlari, 32 mln juft paypoq, turli xil tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo'ldi.
Agar 1991- yilda respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil
etgan bo'lsa, 2005- yilda bu raqam 30 foizga yetdi. Chet ellarga kalava ip, paxta va shoyi
gazlamalar eksport qilishga erishildi.
Respublikamizda qog'oz tanqisligi muammosini hal qilishga qaratilgan zavodlar
qurildi. Namanganda barpo etilgan ,,Namangan qog'ozi", Yangiyo'lda qurilgan ,,O'zbek
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
qog'ozi" qo'shma korxonalari shular jumlasidandar. Respublika Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 20-iyundagi ,, Respublika qog'oz sanoatini boshqarish tuzilmasini
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g4risida"gi qaroriga asosan ,,O'zbekqog'ozsanoat"
uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sanoatqalinqog’ozsavdo", ,,O’zbek qog'ozi" ochiq
aksiyadorlik jamiyatlari, Yangiyo'l selluloza-qog'oz fabrikasi, ,,Namanganqog'oz" qo'shma
korxonasi va boshqalar kiradi. ,,O’zbek qog'ozi" korxonasi yiliga 11 ming tonna qog'oz, 3,5
ming tonna karton, 7,5 mln dona umumiy va 65 millionta o'quv daftari ishlab chiqarmoqda.
Yangiyo'l selluloza-qog'oz fabrikasi yiliga 20 ming tonna paxta sellulozasi, 12 ming tonna
yuqori sifatli yozuv qog'ozi ishlab chiqarmoqda.
Mamlakatimizda poyabzal mahsulotlari va chinni idishiar, turli xalq iste'mol
buyumlari ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda.Qurilish materiallari sanoati bazasi
mustahkamlanib, os-mono'par binolar, uy-joy qurilishi kengaydi.
Transport
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda transport tizimi - - temiryo'li, avtomobil yo'li,
havo, quvur va suv transporti rivoj topdi. O'zbekiston Markaziy Osiyoni Eron va Turkiya
bilan bog’laydigan Tajan-Seraks-Mashhad temiryo'li qurilishida o'z yo'l quruvchilari,
sarmoyalari, texnika vositalari bilan faol qatnashdi. Uzunligi 295 km bo'lgan mazkur
temiryo'l 1996-yil may oyida qurilib ishga tushirildi. Natijada O'zbekiston o'z
mahsulotlarini Fors ko'rfazigacha, Turkiyagacha, keyin Yevropa mamlakatlariga yetkazish
imkoniyatiga ega bo'ldi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki og'ir yillarida
mamlakatimiz hayotida beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan, Qizilqum va Ustyurt cho'llarida
joylashgan shahar va qishloqlarni ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladigan
Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog'-Nukus yo'-nalishida temiryo'li qurish bilan bog'liq
ishlar boshlandi.
1992—1993- yillarda temiryo'l qurilishining texnik-iqtisodiy loyihasi ishlab
chiqildi. 1994—2002- yillarda loyiha qiymati 38,9 mlrd so'mni tashkil etgan 633 km
uzunlikdagi Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus temiryo'li qurilib foydalanishga
topshirildi. 2001-yil 23-mart kuni mazkur yo'nalish bo'yicha dastlabki yuk poyezdi, 2002-
yil 22- avgust kuni yo'lovchi poyezdi harakatlari boshlandi. Miskin, To'rtko'l, Ellikqal'a,
Qorao'zak, Beruniyda yangi zamonaviy vokzallar, o'nlab yangi bekatlar, soha xodimlari
uchun turar joy binolari bunyod etildi. Nukus, Uchquduq temiryo’l vokzallari to'liq qayta
ta'mirlandi. 1750 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
,,Bu esa O'zbekistonda yagona temiryo'l tizimini barpo etish, mintaqadagi foydali
qazilma konlarini kompleks o'zlashtirish, katta miqdordagi valuta mablag'larini ishlab
topish va tejash, odamlarning uzog'ini yaqin qilish bilan birga, ko'plab yangi ish o*rinlarmi
ochish, shahar va qishloqlarda yirik sanoat korxonalarini bunyod etish, eng muhimi,
joylarda kichik va o4rta biznesni rivojlantirish imkoninl beradi". L.A. Karimov.
,,Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog'-Nukus temiryo'li bunyodkorlariga" tabrigidan.
O'zbekistonda yagona temiryo'l tizimini barpo etishda yana bir muhirn ahamiyatga ega
boTgan Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on temiryo'li jadallik bilan qurildi. 2007- yilda
uzunli-gi 223 kilometrli mazkur yo'l bo'ylab poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yildi. Termiz
shahrida yangi vokzal, Toshkentda vagonlarni ta'mirlash zavodi qurilib ishga tushirildi.
Amudaryo uzra 681 metrli avtomobil-temiryo'l ko'prigi barpo etildi. Mustaqillik yillarida
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Toshkent metrosi qurilishi ham jadal sur'atda o'sdi. Toshkent metrosi 30 yillik tarixga ega.
1971—1977-yillarda Toshkent metrosining Chilonzor yo'nalishi, 1984— 1991- yillarda
O’zbekiston yo'nalishi qurilib ishga tushirilgan edi. ,,Toshmetroloyiha" instituti 1992- yilda
Toshkent metrosining 9 ta bekatdan iborat Yunusobod yo'nalishini qurishning
texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqdi va qurilish ishlari olib borildi. 2001-yil avgustda
Yunusobod yo'nalishining 6 ta bekatdan ibo rat birinchi qismi — ,,Mingo’rik", ,,Yunus
Rajabiy", ,,Abdulla Qodiriy" ,,Minor", ,,Bodomzor" va ,,Habib Abdullayev" bekatlari
foydalanishga topshirilib, yo'lovcbi tashish yo'lga qo'yildi. Ularni barpo etish uchun 38 mlrd
so'm xarajat qilindi. Toshkent metrosi har kuni 370—380 ming yo'lovchiga xizmat
ko'rsatadi. 2001- yilda metropolitendanjami 142 milliondan ortiq kishi foydalandi.
Toslikent metrosi tinch va osoyishta xalqimizning yukini yengil, olisini yaqin qiladigan
tezkor va ishonchli yo'lga aylandi. Avtomobil yo'llari qurilishi jadal olib borildi.
1991—2001-yillarda 727 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari, 460 ta ko'prik va yo'l
o'tkazgichlar, 4000 ga yaqin avtopavilyon qurildi. Shahar va qishloqlardagi ichki yo'llar
ta'mirlandi. Toshkent— O'sh xalqaro yo'lining Angrendan to Farg'ona vodiysiga kirib
borguncha qismi barpo etildi. Bu yo'nalishda Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil
qatnovi uchun mo'ljallangan tunnellar qurildi. Katta O'zbek yo'li, Toshkent—Olmaliq yo'li
ta'mirlandi. Toshkentda uzunligi 32 km bo'lgan Toshkent kichik halqa yo'li qurildi.
O'zbekistonda Buyuk ipak yo'lini tiklash maqsadida 2294 km. dan iborat bo'lgan
,,Andijon—Toshkent—Nukus— Qo'ng'irot"1 avtomagistrali jadallik bilan qurilmoqda.
Mazkur avtomagistralning eng murakkab qismi hisoblangan 100 km. li tog'li qismi
Angren—Xonobod shaharlari o'rtasidagi avtoyo'l, Qamchiq va Rezak dovonlarida
avtomobil qatnovi uchun tunnel-lar qurilib foydalanishga topshirildi. Bu magistralning
qurib bitkazilishi O'zbekiston uchun muhim aharniyatga ega bo'lib, respublikamizning
Sharq va G'arb mamlakatlari bilan savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada
rivojlantirishga qulay imkoniyat yaratadi. Mamlakatimizda havo transportini rivojlantirish
maqsadida 1992-yil 28-yanvarda ,,O'zbekiston havo yo'llari" Milliy avia-kompaniyasi
tashkil etildi. Kompaniya O'zbekistonni dunyoning yirik shaharlari bilan havo yo'llari orqali
bog'lash, aviamaydoni-ni ,,A-310"5 ,,Boing-757", ,,Boing-767", ,,RJ-85" kabi o'ta
zamonaviy havo kemalari bilan to'ldirish tadbirlarini amalga oshirdi. Toshkent aeroporti
kutish zali, Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari, uchish-qo'nish yo'laklari xalqaro
standartlar darajasida qayta ta'mirlandi.
,,O'zbekiston havo yo'llari" Milliy aviakompaniyasi o'zining 10 yillik qizg'in
faoliyati davomida Yer kurrasining rivojlangan 20 mamlakati bilan havo aloqalarini
o'rnatdi, turli mamlakatlarda 40 ta vakolatxonasi faoliyat ko'rsatmoqda. Kompaniya 20
milliondan ortiq yo'lovchiga xizmat qildi. ,,O'zbekiston havo yo'llari" Milliy
aviakompaniyasi parvozlar xavfsizligini ta'minlashda dunyoga tanildi.
Mamlakatimizda pochta, telefon, telegraf, radio, televideniye hozirgi zamon
talablari darajasida rivoj topdi. Keying 10 yilda respublikada o'rnatilgan telefonlar soni 10
martadan ziyod ko'paydi. Toshkent shaharlararo telefon stansiyasi dunyodagi barcha
mamlakatlar bilan telefon aloqasini ta'minlamoqda.
Mustaqillik yillarida kommunikatsiya tarmog'ini rivojlantirish maqsadida o'nlab
xorijiy firma va kompaniyalar bilan hamkorlik o'rnatildi.
1991-yilda mamlakatimizda tashkil etilgan ,,MTS— O'zbekiston" (,,O'zdunrobita")
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
kompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib milliy uyali aloqa tizimini barpo etdi. O'tgan
19 yil davomida respublikamizning 20 ta yirik shaharlari, avtomobil yo'llari va tog'li
hududlarda aloqa stansiyalari, radiorele liniyalari, texnik-muhandislik tarmoqlari barpo
etilib, aholi istiqomat qiladigan hududlarning 90 foizini uyali aloqa tizirnlari bilan qamrab
oldi.
Xalqaro avtomatik rouming taqdim etadigan O'zbekistondagi uyali aloqa
kompaniyalari -- MTS, ,,Unitel", ,,Koskom", ,,Perfektum Mobile", ,,Uzmobili"
kompaniyalari barpo etildi. ,,Koskom" kompaniyasi o'zbekistonlik abonentlarga dunyoning
20 ta mamlakatidagi uyali aloqadan foydalanish imkoniyatini yaratdi. 2008-yil yanvarda
uyali aloqadan foydalanuvchi abonentlar soni 6 mln nafardan oshdi.
Muxtasar aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga
oshirilgan tub tarkibiy o'zgarishlar, yangi korxonalarning bunyod etilishi samarali natijalar
berdi. 1991— 2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi,
mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o'zlashtirildi.
Respublikamizda 1991-yilda ish lab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb
olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992-yilda 94,7 foizga, 1993-yilda 98,1 foizga
tushgan edi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996-yildan
boshlab izchil o'sish ta'minlandi.
Qishloq xo'jaligi
O'zbekistonda paxtachilik qishloq xo'jaligining yetakchi tarmog'i hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida yiliga 2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilsa, uning 1,4 mln
tonna-si o'zbek paxtasi tolasidir. O'zbekiston paxta tolasi yetishtirish bo'yicha dunyoda
Do'stlaringiz bilan baham: |