Toshkent shahrida 2135,7 ming kishi yashaydi. Toshkentda 11 ta — Uchtepa,
Bektemir, Mirzo Ulug'bek, Mirobod, Sergeli, Sobir Rahimov, Chilonzor, Shayxontohur,
Yunusobod, Yakkasaroy, Hamza tumanlari mavjud.
Farg'ona viloyati — (1938-yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 6,7 ming
kvadrat kilometr bo'lib, 2840,9 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani
(Beshariq, Bag'dod, Buvayda, Dang'ara, Yozyovon, Oltiariq, Oxunboboyev, Rishton, So'x,
Toshloq, Uchko'prik, Farg'ona, Furqat, O'zbekiston, Quva), 9 ta shahar (Farg'ona,
Mar-g'ilon, Quva, Quvasoy, Qo'qon, Beshariq, Rishton, Yaypan, Hamza) va 10 ta
shaharcha bor. Viloyat markazi Farg'ona shah ridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |