( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Yurtboshimiz hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun
mafkuraviy kurash bo'layotganligi, ko'p narsalarni mafkura maydonlarida bo'layotgan
kurashlar hal qilishi mumkinligi, O'zbekistonda ham ba'zi yoshlarni yo'ldan chalg'itadigan
diniy ekstremizm xafvi mavjudligi haqida ogohlantirib kelmoqda. 80-yillarning oxirlarida
mamlakatimizga o'zini
,do'st" “dindosh", ,,millatdo$h" qilib ko'rsatib, go'yo islom dinining
sofligi uchun kurashishga
,,da'vat" etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma'lum. Ular
muqaddas islom dinimizni asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g'o'r yoshlarni o'z
tuzog'iga ilintirib, bizga begona bo'lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni
o'ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat botqog'iga tortishga ulgurishdi ham. Namangan
va Toshkentda sodir etilgan qonli voqeaiardan keyingina bu kuchlarnrng niyati hokimiyat
uchun kurash bo'lib, ular din niqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik
harakatining O'zbekistondagi bir to'dasi ekani oshkor bo'ldi. Mustaqillikning dastlabki
yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo'lgan bo'shliq vaziyatida begona
g'oyalarning O'zbekistonga xuruji kuchaydi,
Bunday mafkuraviy ta'sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qihsh
kerak?
Shunday qilib, Islom Karimov O'zbekistonning milliy istiqlol g'oyasini yaratish
tashabbuskori va ijodkori bo'ldi. Ma'no-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon
hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil
insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglikni
ta'minlash kabi insonparvar tamoyillarni o'zida uyg'unlashtirgan milliy istiqlol g'oyasi
shakllandi.
Mamlakatimizda milliy istiqlol g'oyasining asosiy tamoyillari ta'lim muassasalari,
ommaviy axborot vositalari, adabiyot va san'at, mahallalar va mehnat jamoalari tomonidan
odamlar ongi va qalbiga singdirilmoqda. Barcha ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayoniga
,,Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" fanini o'qitish joriy etildi.
Respublika shahar va qishloqlarida faoliyat yuritayotgan kutubxona va klub
muassasalari aholi orasida madaniy-ma'rifiy ishlar bi-lan shug'ullanmoqda. Respublika
madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi 7000 kutubxona, 2500 dan ortiq madaniyat
saroylari, klub muassasalari va ular qoshidagi badiiy havaskorlik jamoa lari aholiga
ma'naviy-ma'rifiy xizmat ko'rsatmoqda.
17- §. Ta'lim va madaniyat ravnaqi. Jismoniy va sport
Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir.
Shu boisdan ham mustaqil O'zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va
dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. 1992-yil 2-iyulda qabul
qilingan O'zbekiston Respublikasining ,,Ta'lim to'g'risida" gi Qonuni hamda
1991—1996-yillarda e'lon qilingan 30 dan ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari asosida ta'lim sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari hamda
Do'stlaringiz bilan baham: