O‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlari izlanishlari va kashfiyotlarida insonlarni vatanparvar, odobli, mehnatsevar, sog‘lom, baquvvat qilib tarbiyalash yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatib o‘tilgan. Muso al-Xorazmiy (783-850), Ahmad al-Farg‘oniy, (797-865), Mirzo Ulug‘bek (1394-1449), faylasuf va huquqshunoslar Abu Nasr Forobiy (873-950), Imom al-Buxoriy (810-870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892), Burxoniddin al-Marg‘inoniy (1123-1197), qomusiy olimlar Abu Rayhon Beruniy (973-1048), ibn Sino (980-1037), tarixchi va shoirlar Mahmud Qoshg‘ariy (XI asr) YUsub xos Hojib (XI asr), Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144), Alisher Navoiy (1441-1501), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va boshqalarning yoshlar xushaxloqliligi, odobi, sog‘lom turmush tarzi haqidagi bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizga dalil bo‘ladi. Farzand tarbiyasi, yoshlar xulq-atvoridagi go‘zal fazilatlar muammosi azaldan ma’rifatparvar ajdodlarimiz ma’naviy merosining mazmunini tashkil etgan. Jumladan, YUsub xos Hojibning “Qutadug‘u bilig”, Ahmad YUgnakiyning “Hibbatul - haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Alisher Navoiyning “Mahbubul qulub” va “Nazmul javohir”, Sa’diyning “Guliston” kabi qimmatli asarlarida yosh avlod tarbiyasi, ularning turmush tarzi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritiladi.
YOshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi psixologiyasi va sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish muammolari mamlakatimiz olimlari tomonidan keng o‘rganilgan. Psixolog olimlardan: M.Davletshin, E.G‘oziev, G‘.SHoumarov V.Karimova, Z.Nishonova, N.Safaev, A.Jabborov, B.Umarov, M.Karamyan, U.Qodirov, N.Kamilova, N.Sog‘inov, O.Avlaev, S.Mirzaeva kabilar yoshlarda sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanishida talim-tarbiyaning o‘rni, uning psixologik xususiyatlari, yoshlar tarbiyasiga ijtimoiy muhit va jamoatchilik ta’sirining psixologik jihatlari1; T.Abdullaeva, I.Jabborov, Q.Nazarov, D.Raximboeva, M.Xayrullaev, M.Xolmatova, P.Xudoybergenova, X.SHayxova, E.YUsupov, N.O‘rinboev, Z.Qodirova va boshqalar sog‘lom turmush tarzi madaniyati, shaxs ma’naviyati, madaniyati, uning ijtimoiy faolligini oshirishda ma’naviy madaniyatning roli, sog‘lom tafakkur tarzi bilan sog‘lom tarbiya tizimini takomillashtirib borish g‘oyalari, yoshlar kamolotida sog‘lom turmush tarzining o‘rni, sog‘lom turmush tarzi va uning falsafiy jihatlarini; R.Djuraev, X.Ibragimov, G.Ibragimova, Z.Ismoilova, S.Yo‘ldosheva, U.Maxkamov, A.Munavvarov, O.Musurmonova, S.Nishonova, SH.SHaripov, D.SHaripova, N.Egamberdieva kabilar shaxsning sog‘lom turmush tarzini ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiq etgan2.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi olimlari A.F.Georgievskiy, P.L.Dribinskiy, A.D.Dubachay, T.V.Kamenskaya, A.D.Karabasheva, E.A.Mensh, G.P.Novikova, E.A.Pipko, G.M.Populo, O.A.Plaskina va boshqalar tomonidan yoshlarning sog‘lom turmush tarziga oid tasavvurlari shakllanishi muammosi ilmiy, pedagogik-psixologik jihatdan o‘rganilgan3.
Xorij tadqiqotchilaridan Kelli Makgonigal, Rey Kursveyl, Terri Grossman, SH.Stivenson, Richard Tillett, M. Fishbein, H.Triandis, F.Kanfer, J.Fries, D.Harris, S.Guten, S.Maddi, S.Kobasa kabilar sog‘lom turmush tarzi psixologiyasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda oila va ijtimoiy muhitning o‘rni, zararli odatlarga berilish psixologiyasi, sog‘liqni saqlashda irodaning o‘rni, sog‘lom turmush tarziga munosabat psixologiyasining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |