O'zbek xalqi mentalitetida milliy g'oya va demokratik tafakkurning shakllanish jarayonlari kirish I bob. O’zbek xalqi milliy mintaliteti rivojlanish taraqqiyotida milliy g’oya va demokratik tafakkurning o’rni



Download 33,7 Kb.
bet2/4
Sana29.04.2022
Hajmi33,7 Kb.
#589798
1   2   3   4
Bog'liq
1- (2)

Mentalitet (lot. menstalis - aqliy) — ayrim kishi va ijtimoiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasi, ma’naviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o'ziga xos milliy an’analari, rasm-rusmlari, urf-odatlari, diniy e’tiqod va qarashlarini ham qamrab oladi. Jamiyatning, millatning, ma’lum bir jamiyatning yoki shaxsning mentalitetini o’rganish unga jiddiy yondashishni talab qiladi4.
Buning uchun juda ko’p omillar: ushbu millat yashab turgan shart-sharoit, tarixiy davr, uning o’mishi, millat­ning ruhiyati va boshqa bir qator jihatlar inobatga olinishi, boshqa millatlar bilan qiyosiy tahlil etilishi lozim. O’zbek millati mentalitetining shakllanish jarayoni deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega.
Asrlar davomida o’zbek xalqi muhim savdo-sotiq, ilm-fan, me’morchilik, hunarmandchilik markazlari, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan bog’lab turgan yo’llar chorraxasida yashagani sababli, uning mentaliteti taraqqiy etib borgan. Olamni idrok etishning ijtimoiy-madaniy va etnik jihatlari mentalitetni shakllantiradi va unda sayqal topadi. Dunyoning turli chekkasida istiqomat qiluvchi kishilar uchun turlicha mentalitet xosdir. Uni fikrlash, his etish va ishonishning chuqur manbai sifatida tushunish mumkin. Mentalitet tilda, an’analarda, odatlarda, ongning o’z-o’zini boshqarishida namoyon bo’ladi va shu ma’noda u ijtimoiy ongning individual ongdan yuqori darajasi hisoblanib, ko’pincha muayyan individ tomonidan idrok etilmaydi va tahlil qilinmaydi, lekin uning irodasidan xoli tarzda xulq-atvorida va iboralarida o’z aksini topadi.
Mentalitet darajasida o’tmish madaniyati o’z sirlarini go’yo “oshkor etadi”. Til mentaliteti olamni til orqali tasavvur etish usuli. Oddiy kishilar va oliy zotlar mentaliteti shurolar tizimi davridagi va undan oldingi mentalitet avtoritar, qishloq xo’jalik xodimi va byurokrat mentaliteti haqida gapirish mumkin. Har bir millatning mentaliteti turfa xil va o'ziga xosdir. Bu hol o’z etnik mansubligini idrok etishga yordam beradi, ijtimoiy hamda axloqiy tajriba milliy shakllarining avloddan avlodga o’tishida vosita vazifasini o’taydi. Mentalitet ma’lum darajada muayyan mamlakat, siyosiy hayot, etnik va madaniy an’analar, ijtimoiy aloqalarga bog’liqdir. Mentalitet nisbatan muhim, barqaror hodisa bulsada, ommaviy ongda iqtisodiyot va ruhiyatdagi muloqot, siljishlar va hokimiyat shakliga bog’liq holda mentalitetda uzgarishlar yuz berishi mumkin. Mentalitet ildizlari qanchalik chuqur ekani, ayniqsa folk­lor madaniyatida namoyon bo’ladi. Mentalitet ijtimoiy tarixning ajralmas qismi sifatida kishilarning tafakkur va tasavvurlari orqali ifodalanadi. Bu tafakkur va tasavvurlar esa til, ijtimoiy munosabat, din, madaniyat orqali ki­shilar ongiga singdiriladi.
Bizkim, o’zbeklar xuddi ingliz, olmon, farang, italyan xalqlari kabi bir irqiy guruhga mansub turkiy qabilalar uyushuvi, qo’shiluvi va singishuvidan shakllangan xalqmiz. Asosan turkiy qon jo’sh urib turgan tomirlarimizda asrlar davomida bordi-keldi qilib, quda-andachilik qilib kelayotgan qo’shni xalqlarning, shuningdeq uzoq-yaqindan turli ilinj va maqsadlar bilan yurtimizga kelib, bu yerlarda qolib ketib, xalqimiz bag’riga singishib ketgan odamlarning ham qoni bor, albatta. Dunyoda qoniga boshqa qon qo’shilmagan, «mutlaqo o’z qoni»ga ega birortayam xalq, bo’lmasa kerak. Hamma-hammamiz, eng avvalo, ana shu rub’i maskun — Yer farzandlarimiz, keyin esa o’z yurtlarimizning fuqarolari bo’lamiz5.
Xalqlarning xalq sifatida shakllangan hudud-maskanlari ham miqyos, kenglik va doira jiatdan turlicha bo’ladi. Bir xalq kichik bir hududda shakllangan bo’lsa, ikkinchi bir xalq, ulkan hududda shakllangan bo’ladi. Shuningdek biror xalqning xalq bo’lib shakllangan hududi maydon jihatidan uning hozirgi davlati hududidan katta yoki kichik bo’lishi ham mumkin. Bu ko’p narsalarga, o’sha xalqning o’tmishda boshidan kechirgan sir-sinoatlarga, voqea-hodisalar, tuzgan davlatining kuch-qudrati (davlat kuchsizlansa hududining katta-kichik qismlaridan ayrilib qolishi tarixdan ma’lum)ga bog’liq. Masalan, ruslar xalq bo’lib shakllangan hudud XVI asrning birinchi yarmida 200 ming kvadrat kilo­metr atrofida bo’lsa, hozirgi Rossiya Federatsiyasining hududi 17 million 75 ming 400 kvadrat kilometrdir. Demak Rusiya hududi 4 yarim asr mobaynida qo’shnilarining hududi hisobiga 85 martadan ortiq kengaygan. Shu o’rinda to shu paytgacha, ya’ni muhtaram Yurtboshimiz «oynai jahon»da so’zlab, tarixiy haqiqatni dadil aytishga chorlab, jur’at bag’ishlamaguncha bildirishga imkoni bo’lmay kelgan bir haqiqatni aytamiz: bizkim, o’zbeklar xalq bo’lib shakllangan hudud hozirgi O‘zbekiston Respublikasi hududidan anchagina kattadir. Bu dalilni chegarayu hudud da’vosi tarzida emas, balki o’tmishga oid tarixiy haqiqatni aytish uchun keltirayapmiz, xolos. Yaxshi bilamizki, o’tmishni qaytarib, tarix g’ildiragini orqaga aylantirib bo’lmaydi. Lekin, shu bilan birga, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlanganideq “kim bo’lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas”6.
Qisqasi, bizkim, o’zbeklar juda ulkan hududlarda xalq bo’lib, millat bo’lib shakllanganmiz. Ma’lumki,
Download 33,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish