Alpomish
"Alpomish" – O'zbek xalq qahramonlik
dostoni. Turkiy xalqlar orasida keng
tarqalgan. "Alpomish"ning qoraqalpoq,
qozoq, oltoy versiyalari doston shaklida,
tatar va boshqird versiyalari ertak va
rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan.
O‘zbeklar "Alpomish", qoraqalpoqlar
"Alpamis", qozoqlar "Alpamis batir",
oltoyliklar "Apip-Manash", qozon tatarlari
"Alpamsha", boshqirdlar "Alpamisha va
Barsin hiluu" deb nomlaganlar.
O‘zbek dostonchiligi ta’sirida XX-asr
boshlarida ertak va rivoyatlar shaklidagi
tojik variantlari ham yuzaga kelgan. O‘rta
asr o‘g‘uz eposining muhim yodgorligi
hisoblangan "Kitobi Dadam Qo‘rqut"
tarkibidagi "Bamsi Bayrak" asari o‘zining
syuje-366ti va kompozitsiya qurilishi
jihatidan "A." dostoniga yaqin turadi."A."
dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan-
Tarixi
Alpomish,
Qozogʻiston
pochta markasi
,
1998-yil
kam uchraydigan favqulodda va noyob
badiiy hodisalardan biridir. Uning
favqulodda va noyobligi shundaki,
qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos
bax-shilar tomonidan asrlar davomida
kuy-lanib, jonli epik an’analarda og‘zaki
ravishda bizgacha yetib keldi. Shuning
uchun ham u bugungi kunda
qadimiyatning buyuk bir ehsoni, o‘zi
yaratilgan dav-rning umumiy
dunyoqarashi, ayni paytda jonli an’anaviy
ijod va ijro sharoitlarida xalq ommasi
ruhining ob’ektiv holatini davrlararo
ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh
kengayib, goh torayib, ko‘plab
variantlarda va xil-ma xil ko‘rinishlarda
ajdodlardan av-lodlarga yetib kelgan
adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi
qahramonlik voqealarining afsonalar
qobig‘iga o‘ralgan o‘ziga xos badiiy
ifodasi, buyuk epos sifatida
baholanadi."A." dostoni bundan ming yil
oldin turkiy xalqlarning qadim
dostonchilik an’analari asosida xalq
og‘zaki ijodi namunasi sifatida yaxlit
doston shaklini olgan bo‘lsada, aslida
"Alpomish" dostonining eng qadim
qatlamlari miloddan avvalgi yuz
yilliklarda yurtimizda kechgan
jarayonlarning badiiy talqinini o‘zida aks
ettirgan. Qo‘ng‘irot qabilasining turli
hududlarga siljishi va ularning yangidan
shakllanayotgan xalqlar tarkibiga kira
borishi natijasida doston boshqa urug‘ va
elatlarga ham o‘tib, ularning epik
an’analari asosida qayta ishlana borib,
juda keng tarqaldi va nihoyat, uning
yaratilishida ota-bobolari ishti-rok etgan
har bir xalqning o‘z eposiga aylandi. "A."
dostonining ogzaki epik an’analarda
bizgacha yetib kelgan nusxalari 9–10
a.larda yaratilgan. Ammo bun-day xulosa
dostonga asos bo‘lgan syujet va yetakchi
motivlarning mifologik va tarixiy-hayotiy
ildizlari qadimgi davrlarga – miloddan
avvalgi zamonlarga taqalishini inkor
etmaydi. Doston syujet tarkibida
islomgacha bulgan karashlar va mifolo-
gik qatlam mavjud. Undagi mifologik
qatlam esa, kad. turmush tarzining ba-
diiylashtirilgan va ideallashtirilgan
ko‘rinishlaridir. "A." variantlari 1922 yildan
yozib olina boshlangan. Hozirgacha Fozil
Yo‘ldosh o‘gli, Mahammadqul Jon-murod
o‘g‘li Po‘lkan, Berdi baxshi, Said-murod
Panoh o‘g‘li, Bo‘ri baxshi, Bekmurod
Jo‘raboy o‘g‘li, Mardonaqul Avliyoqul
o‘g‘li, Abdulla Nurali o‘g‘li, Umir baxshi,
Haydar Boycha o‘g‘li, Rahmatulla Yusuf
o‘g‘li, Hodir Rahim o‘g‘li kabi o‘ttizdan
ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin va-
riantlari yozib olingan. Dostonning yozib
olingan qo‘lyozmalarining asl nus-xalari
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va
adabiyot institutinnng folklor arxivida
saqlanadi. Bu variantlar orasida eng
mukammali, badiiy jihatdan eng yuksa-gi
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingani
hisoblanadi. "A."ning Berdi baxshi,
Saidmurod Panoh o‘g‘li, Pulkan va Ergash
Jumanbulbul o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy
o‘g‘li, Xushboq Mardonaqulov aytgan
variantlari ham nashr etilgan. "A." dostoni
qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli
elatlar va xalqlarning birodarli-gi, sevgi va
sadoqat, oila mustahkamligi va urug‘
birligini kuylovchi ulkan epos-dir.
Respublikamiz prezidenti Islom Karimov
"Alpomish" dostonining 1000 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali maro-simda
so‘zlagan nutqida aytganidek: "Al-pomish"
dostoni bizga insonparvarlik
fazilatlaridan saboq beradi. Odil va
haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz
qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘stu yorimizni,
or-nomusimizni ota-bobolarimizning
muqaddas mozorlarini har qanday
tajovuzdan himoya qilishga
o‘rgatadi".Doston qo‘ng‘irot urug‘i
boshliqlari – aka-uka Boybo‘ri va
Boysarining farzandsizligi tasviri bilan
boshlanadi. Unda Alpomish, Barchin,
Qaldirg‘ochlarning bir kunda tug‘ilishi,
Barchin. Dostonning yetakchi obrazi (V.
Ye. Kaydalov asari).Barchinning
Alpomishga beshikker-367 qilinishi,
Boysarining Boybo‘ridan arazlab o‘n ming
uyli elat bilan qalmoq eliga ko‘chishi,
qahramonning yorini olib kelish uchun
o‘zga mamlakatga safari, Qorajon bilan
do‘st tutinib, Barchin shartlarini bajarishi
va yorini olib o‘z yurtiga qaytishi, keyin
yana yetti yil tutqunda qolishi, zindondan
oti Boychibor yorda-mida qutulib, o‘z
eliga umr yo‘ldoshi Barchinning zo‘ravon
Ultontoz bilan bo‘layotgan majburiy to‘yi
ustiga kelishi ham raqibini yengib, murod-
maqsadiga eri-shishi voqealari juda
qiziqarli, eposga xos rang-barang badiiy
bo‘yoqlarda tasvirlangan. Alpomish va
Qorajon, Qultoy va Yodgorlarning o‘zaro
munosa-batlari, hatto qahramonning oti
Boychi-bor bilan, enchi harvona tuya bilan
munosabati tas-virida jamiyat
taraqqiyotining do-stonda tasvirlangan
bosqichiga xos oli-janob soddalik,
ulug‘vor vazminlik, pa-triarxal insoniylik,
bolalarcha beg‘ubor samimiylik g‘oyatda
go‘zal mujassamlash-gan. "A." dostoni
badiiy barkamol asar. Unda o‘zbek xalqi
she’riy dahosining buyuk qudrati
to‘laligicha namoyon bo‘lgan. "A."ning
slovak tilida nasriy bayoni, rus tilida
badiiy tarjimasi nashr etilgan. Undan
parchalar ingliz tilida e’lon qilingan.
Doston turk tiliga tar-jima
qilindi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaroriga (1998 yil 13
yanvar) hamda YUNESKOning 1999
yildagi tadbirlar rejasiga binoan
O‘zbekistonda 1999 yil noyabrda "A." do-
stonining 1000 yilligi keng nishonlan-di.
So‘nggi tantanalar 1999 yil 6 noyabrda
Termiz shahrida bo‘lib o‘tdi. Shu
munosabat bilan bu yerda xalqaro ilmiy
konferensiya o‘tkazildi, Alpomish
nomidagi bog‘ barpo etildi va xalq
qahramoniga haykal ochil-di. "A."ning
atoqli xalq baxshilari kuylagan variantlari
qayta nashr etil-di. Doston haqida hujjatli
va badiiy film, uning motivlari asosida
teatr spektakllari yaratilgan.
Qadimiy turkiy tilda yozilgan doston.
1999 yilda Oʻzbekistonda "Alpomish"
dostonining 1000 yilligini keng
nishonlandi. Bu dostonda Alpomish
laqabli Hakimbek degan qoʻrqmas
pahlavonning amakisi (qaynotasi) bilan
sevgilisi Barchinoyni yovuz Qalmoqlar
yurtidan qutqarib kelishi va murod-
maqsadiga yetishi juda jonli tasvirlangan.
Alpomish Qalmoqlar yurtida koʻp
qiyinchiliklarga, hiyla-nayranglarga duch
kelib, ularni mardona yengib oʻtadi.
O'zining mardligi, haqqoniyligi, tantiligi
tufayli Qalmoqlar yurtida ham, oʻz
vatanida ham adolatni qaror toptiradi.
Ushbu dostonda oʻzbeklarning fe'l-atvori
juda mahorat bilan tasvirlangan.
Alpamis [1]
Alpomish, T., 1998;
Alpamo‘sh, T., 1998;
Alpomish (Akademik nashr), T., 1999;
Alpamis, Nukus, 1981;
Alpamis-bato‘r, Alma-Ata, 1961;
Adabiyotlar
Jirmunskiy V. M., Zarifov XT.,
Oʻzbekskiy narodniy geroicheskiy epos,
M., 1947;
Ob epose "Al-pamish", T., 1959;
Jirmunskiy V. M., Skazaniye ob
Alpamishe i bogatirskaya skazka, M.,
1960;
Mirzayev T., "Alpomish" dostonining
o‘zbek variantlari, T., 1968;
Xoshniyazov J., Qoraqalpoq
qahramanliq dastani "Alpamis", Nukus,
1992;
"Al-pomish" – o‘zbek xalq qahramonlik
eposi", T., 1999.
To‘ra Mirzayev. OʻzME. Birinchi jild.
Toshkent, 2000-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |