O’rim qo’shiqlari. O’rim – dehqon mehnatining samarasini ko’rsatadigan payt. O’rim qo’shiqlari yakka yoki ko’pchilik tomonidan ijro etilgan. Ularda bahorning injiq, yozning shafqatsiz kezlarida qilingan mehnatning samara berganligidan quvongan dehqonning ko’tarinki ruhi yetilgan hosilni tezrok yig’ib olishga bo’lgan kuchli ishtiyoq tarannum etiladi.
Urog’im olmos,
O’rimdan qolmas,
Sira ham tolmas,
Urmasam bo’lmas.
Dehqon xayvonlarni xaydab, kun buyi xirmonda don yanchar ekan, baland ovoz bilan qo’shiqlar aytadi. Ana shunday qo’shiqlar xalq o’rtasida «Ho’p mayda» deb yuritiladi.
Ho’p xayda-yo, ho’p hayda, mayda-yo, mayda,
Qalqon qulog’im hayda, mayda-yo, mayda,
Temir tuyog’im xayda, mayda-yo, mayda,
Xirmonni qilgan mayda, mayda-yo, mayda.
Do'stlaringiz bilan baham: |