To‘rtinchidan, biz –ning, -ga, -dan kabi o’zbekcha qo’shimchalarni alohida holda olib ham, ularning qaratqich, jo‘nalish, chiqish kelishigi qo’shimchalari ekanligini ayta olamiz. Rus tilidagi tugalmalarning grammatik vazifalarini esa faqat so’z tarkibida aniqlash mumkin. Masalan, Девушка сояла у озера. Biz –a qo’shimchasiga yolg’iz holda ta‘rif bera olmaymiz. Chunki birinchi -a qo’shimchasi so’zning jenskiy rod, birlik, bosh kelishikdagi ot ekanligini, ikkinchi –a so’zning jenskiy rod, birlik, aniq nisbat, tugallanmagan tur (несовершенный вид), o‘tgan zamondagi fe‘l ekanligini, uchinchi –a esa bu so’zning sredniy rod, birlik, qaratqich kelishigidagi ot ekanligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |