O‘zbek tilshunosligida tovush bildiruvchi so‘zlar tadqiqi Namangan davlat universiteti stajyor-o‘qituvchisi Alijonova Durdona Farhodjon qizi Annotatsiya



Download 34,47 Kb.
Sana09.04.2022
Hajmi34,47 Kb.
#539102
Bog'liq
lingvistika sohasi uchun


O‘zbek tilshunosligida tovush bildiruvchi so‘zlar tadqiqi


Namangan davlat universiteti stajyor-o‘qituvchisi
Alijonova Durdona Farhodjon qizi
Annotatsiya: ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligiga yangi sohaning kirib kelishi va unga doir til birliklari tadqiqi nazariyalar hamda misollar orqali yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: tovush bildiruvchi so’zlar, onomatopeya, til birliklari, fe’l so’z turkumi, fe’lning ma’noviy guruhlari, tovushga taqlid so’zlar.
O`zbek tilshunosligida fe`l so`z turkumi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar talaygina. Tarixga nazar solsak, X-XI asrlarda Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’atit turk”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asarlarida, XIV-XV asrlarda esa A.Navoiyning “Muhokamat ul lug’atayn”, Zahiriddin Muhammad Boburning
“Boburnoma” asarlarida tahlil namunalarini ko’ramiz. Keyinchalik esa XX asrda Abdurauf Fitratning fe’l so’z turkumi bo’yicha o’quv qo’llanmalari va darsliklari ahamiyatga molik. A.Hojiyevning fe’l so’z turkumiga bag’ishlangan bir qator “Fe’l”, “O’zbek tilida ko’makchi fe’llar” “To’liqsiz fe’llar”, monografiyalari, maqolalari, M.Sodiqovaning “Fe’l stilistikasi”, Sh.Shukurovning “ Fe’l tarixidan” “O’zbek tilida fe’l mayllari taraqqiyoti”, Sh.Rahmatullayevning “O’zbek tilida fe’l zamonlari taraqqiyoti”, “O’zbek tilida fe’l frazemalarining bog’lashuvi”, Usmon Sanaqulovning fe’l so’z turkumi haqidagi maqolalari fe’l so`z turkumi yuzasidan muhim ma’lumotlar beradi.
Jahon tilshunosligida ham fe`l so`z turkumi keng miqyosda tadqiq etilib kelmoqda. Ayniqsa, onomatopeyik aspektda fe’l so’z turkumiga oid birliklarning tadqiq etilishi e’tiborimizni tortdi. Onomatopeya – tovushni ifodalovchi til birliklarini tadqiq etuvchi maxsus bo’lim. Ammo o’zbek tilshunosligida ushbu yo’nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan. Quyidagi misollarda tovushni bildiruvchi so`zlar keltirilgan:
Ak-ak – akkillamoq, vovullamoq it va kuchuklarning ovozi. Ko’chadan kuchukning akkillagani eshitilardi.1
Baka-bang – nog’oralar childirma barabanlar tovushini ifodalovchi so’z. Masalan, O’sha zahoti quloqni yorgudek bo’lib childirma baka -bang yangradi.
Bijir-bijir – bigir-bijir qilmoq yoki gapirmoq ,so’zlamoq ,tovush chiqarmoq aynan bijirlamoq. Gavharning bijir-bijir qilib gapirib tashlagani shunchalik kulgili ediki ,u o’zini to’xtatolmay nafasi entikib qolardi.
Bilang-bilang – bilanglamoq. Baliqday bilang-bilang qilin goh unisi o’zib ketadi, goh bunisi
Bilq-bilq – biqildoq narsalar (mayin tuproq ,loy ,bo’tqa vas hu kabilar) ning harakatidan chiqadigan tovush ularning holati.
Bilch-bilch – loyni bosganda chiqadigan tovush .Yo’llar ajriqlar so’qmoqlar jo’yaklar bilch -bilch loyligidan otlarning dumini tugib qo’ydik.
Biq-biq – quymoq yoki suyuq narsalarning qaynashi quyilishi yoki shunga o’xshash boshqa tovushlar haqida .Bo’tqa biq-biq qaynayapti. Biq -biq bo’lib semirmoq ,juda ham semirmoq, yog’ bitib juda ham semirmoq ,biqqiday semirmoq . Biqir-biqir – o’choqda o’tin miltillab yonar ,qora chovgum biqir-biqir qaynardi.
Biz-biz – vizillagan nozik tovush haqida .Bizbizak biz-biz aylanadi .
Big`-big’ – chaqaloqlarnining qattiq yig’isiga taqlid .Big’-big’ chinqirayotgan bola ko’karib ketdi.
DANG’-DUNG’ – metall va boshqa narsalarning urilishidan chiqadigan tovush. Torli asboblar betartib chalinganda chiqadigan ovoz .Janubdan Qarshi tomondan Buxoraga tuya karvonlari qo’ng’irog’ini darang’-durang’ chalib ,qator tizilib o’ta boshladi. Ortiq darajada shov-shuv ovoza dabdaba .
Tovushni ifodalovchi fe`llar – jonli-jonsiz narsalarning tovush chiqarish harakati bilan hosil qilingan fe’llardir. Albatta, bunday fe’llar tovushga taqlid so`zga ma’lum fe’l yasovchi affiksni keltirish bilan hosil qilinadi. Shunday ekan, fe’lning ma`noviy guruhlari tarkibiga yana bir guruh qo’shiladi.
Fe’lning ma’noviy guruhlari:
1. Yumush fe`llari: ishladi, mehnat qildi, ter to`kdi
2. Tafakkur fe`llari: o`yladi, o`qidi, kashf qildi
3. Sezgi fe`llari: sezdi, his qildi
4. Ruhiy holat fe`llari: kuldi, xursand bo`ldi, qayg`urdi, iztirob chekdi,
5. Nutq fe`llari: gapirdi, so`zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming`illadi, do`ng`illadi.
6. Ishora fe`llari: imo qildi, labini burdi, ko`zini qisdi
7. Jismoniy holat fe`llari: og`ridi, isitma qildi, xastalandi, sog`aydi, kuchaydi, charchadi, kabi.
8. Tabiiy holat fe`llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi
9. Ko`rish fe`llari: qaradi, ko`rdi, boqdi, termuldi. Yuqoridagi fe`l turlarining har qaysisi bir necha fe`llarni o`z ichiga oladi.2
10. Tovush fe’llari: akillamoq, bizillamoq, vovullamoq, shivirlamoq, kukulamoq, hurmoq.
Tovush fe’llarini ham bir necha leksik-semantik guruhlarga bo’lib tahlil qilish mumkin:
A) insonlarga xos ovoz harakatlarini ifodalovchi fe`llar;
B) hayvonlarga xos ovoz harakatlarini ifodalovchi fe`llar;
V) parrandalarga xos ovoz harakatlarni ifodalovchi fe`llar.

T/n

Insonlarga xos ovoz harakatlarini ifodalovchi fe`llar

Hayvonlarga xos ovoz harakatlarini ifodalovchi fe`llar

Parrandalarga xos ovoz harakatlarni ifodalovchi fe`llar

1

Arillamoq – yig’lashga nisbatan

Akillamoq

Kukulamoq

2

Ho’ngramoq

Vovullamoq

Qaqag’lamoq

3

Ingramoq

Qurillamoq

Chirqillamoq

4

Hahalamoq

Miyovlamoq

Qarillamoq

5

Hiqillamoq

Irillamoq

Chip-chiplamoq

6

Hingillamoq

Hangramoq

G’a-ga’lamoq

7

Ihramoq

Mo’lamoq

Parillamoq

1-jadval.
Shuningdek, ushbu guruhlarni yana davom ettirish mumkin:

  1. narsa tovushlarini ifodalovchi fe’llar;

  2. hasharot ovozini bildiruvchi fe’llar;

  3. tabiat hodisalarini ifodalovchi fe’llar.

Demak, tovush fe’llarini tadqiq etish orqali o’zbek tilining o’ziga xos jihatlarini namoyon etadi hamda yangi sohaning paydo bo’lishiga, keng ko’lamli tadqiqotlarga yo’l ochadi .
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдли. 1-жилд. – Тошкент, Ўзбекистон миллий энсиклопедияси, 2020.

  2. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-жилд. –Тошкент,Ўзбекистон миллий энсиклопедияси,2020.

  3. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдли. 3-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энсиклопедияси, 2020.

  4. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 4-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энсиклопедияси,2020.

  5. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энсиклопедияси, 2020.

  6. www.ziyonet.uz

  7. www.wikapedia.uz

Tovushni ifodalovchi fe`llar – jonli-jonsiz narsalarning tovush chiqarish harakati bilan hosil qilingan fe’llardir. Albatta, bunday fe’llar tovushga taqlid so`zga ma’lum fe’l yasovchi affiksni keltirish bilan hosil qilinadi.


Fe’lning ma’noviy guruhlari:
1. Yumush fe`llari: ishladi, mehnat qildi, ter to`kdi
2. Tafakkur fe`llari: o`yladi, o`qidi, kashf qildi
3.Sezgi fe`llari: sezdi, his qildi
4.Ruhiy holat fe`llari: kuldi, xursand bo`ldi, qayg`urdi, iztirob chekdi,
5. Nutq fe`llari: gapirdi, so`zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming`illadi, do`ng`illadi.
6. Ishora fe`llari: imo qildi, labini burdi, ko`zini qisdi
7. Jismoniy holat fe`llari: og`ridi, isitma qildi, xastalandi, sog`aydi, kuchaydi, charchadi, kabi.
8. Tabiiy holat fe`llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi
9. Ko`rish fe`llari: qaradi, ko`rdi, boqdi, termuldi. Yuqoridagi fe`l turlarining har qaysisi bir necha fe`llarni o`z ichiga oladi.3
10. Tovush fe’llari: akillamoq, bizillamoq, vovullamoq, shivirlamoq, kukulamoq, hurmoq.
Tovush fe’llarini ham bir necha leksik-semantik guruhlarga bo’lib tahlil qilish mumkin:
A) insonlarga xos ovoz harakatlarini ifodalovchi fe`llar;
B) hayvonlarga xos ovoz harakatlarini ifodalovchi fe`llar;
V) parrandalarga xos ovoz harakatlarni ifodalovchi fe`llar.

T/n

Insonlarga xos ovoz harakatlarini ifodalovchi fe`llar

Hayvonlarga xos ovoz harakatlarini ifodalovchi fe`llar

Parrandalarga xos ovoz harakatlarni ifodalovchi fe`llar

1

Arillamoq – yig’lashga nisbatan

Akillamoq

Kukulamoq

2

Ho’ngramoq

Vovullamoq

Qaqag’lamoq

3

Ingramoq

Qurillamoq

Chirqillamoq

4

Hahalamoq

Miyovlamoq

Qarillamoq

5

Hiqillamoq

Irillamoq

Chip-chiplamoq

6

Hingillamoq

Hangramoq

G’a-ga’lamoq

7

Ihramoq

Mo’lamoq

Parillamoq

1-jadval.
Shuningdek, ushbu guruhlarni yana davom ettirish mumkin:

  1. narsa tovushlarini ifodalovchi fe’llar;

  2. hasharot ovozini bildiruvchi fe’llar;

  3. tabiat hodisalarini ifodalovchi fe’llar.

Demak, tovush fe’llarini tadqiq etish orqali o’zbek tilining o’ziga xos jihatlarini namoyon etadi hamda yangi sohaning paydo bo’lishiga, keng ko’lamli tadqiqotlarga yo’l ochadi .

1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдли. 1-жилд. – Тошкент, Ўзбекистон миллий энсиклопедияси, 2020.

2 Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Qosimova N: Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Akademik litseylar o‘quv dastur. -Toshkent, 2000.

3 Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Qosimova N: Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Akademik litseylar o‘quv dastur. -Toshkent, 2000.

Download 34,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish