O'zbek tilshunosligida tinish belgilarining o'rganilish tarixi


Farqlovchi (differensial) tamoyil



Download 37,18 Kb.
bet5/9
Sana01.06.2022
Hajmi37,18 Kb.
#624861
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TINISH BELGILARINING O\'RGANILISH TARIXI

Farqlovchi (differensial) tamoyil. Bu tamoyilga ko‘ra tinish belgilari yozuv texnikasi (shakli)ni farqlash uchun qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, tinish belgilarining yozuv shakllariga bog‘liq holda odatdagidan farqli ishlatilishi farqlovchi tamoyil asosida yuz beradi. Ilmiy uslubda, jumla ichida so‘zlarni qisqartirishda iqtibos - sitatalarning manbasini ko‘rsatishda, havolalarda, kitob muqovalarida nashriyot nomi va nashr vaqtini ko‘rsatishda tinish belgilari mazkur tamoyilga asosan ishlatiladi. Masalan, kitob muqovasida tire (Toshkent - 2011 kabi), havolalarda vergul (G„afur G‘ulom. Tanlangan asarlar. - Toshkent, 1985 kabi) qo‘yiladi. Yozma nutqni ixchamlashtirishda, tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanishini belgilashda bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.

Ba’zan muallif va uning asari, matbuot nomlari qisqartirilib, unda tinish belgisidan foydalaniladi: Navoiy - N.; Oybek - O.; Abdulla Qahhor - A.Q.
Ko‘p hollarda farmon va qarorlarda tire har bir gap oldidan qo‘yilib, numerativlik vazifasini ham bajaradi, bunda ham farqlovchi tamoyilga asoslaniladi.
Umuman, hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari uch tamoyil - logik-grammatik, uslubiy va farqlovchi tamoillar asosida qo‘llaniladi. Bulardan logik-grammatik tamoyil yetakchi bo‘lib, keyingi ikki tamoyil shunga asoslanadi - yordamchi tamoyil.
Tinish belgilari quyidagi vazifalarni ado etishi lozim:

  1. ijtimoiy-sotsial vazifa bajarishi;

  2. vazifasi gapning semantik-grammatik jihati bilan bog‘liq bo‘lishi;

v) qo‘llanishi grammatik qonuniyatga asoslanishi;
d) o‘z grafik shakliga, qo‘llanish tizimiga ega bo‘lishi lozim.
XX asrning boshlarida Turkistonda o‘zbek tilshunosligini rivojlantirish, maktablar uchun darsliklar yaratish, izchil ta’limni yo‘lga qo‘yish dolzarb masalalardan biriga aylangan va bu holat o‘zbek ma’rifatparvarlari tomonidan anglab yetilgan edi. Xuddi shu sharoitda birinchilardan bo‘lib tilshunos olim Ashurali Zohiriy ona tili darsligi va turli o‘quv kitoblarini yaratdi. Ayniqsa, olim maktablarda ona tilida to‘g‘ri yozishni o‘rgatish uchun zarur darsliklar yo‘qligini inobatga olgan holda o‘zbek tilida birinchi bor “Imlo” darsligini yaratib (1916-yil), o‘zbek punktuatsiyasiga tamal toshini qo‘ydi. Boshlang‘ich maktablarning to‘rtinchi sinflari uchun mo‘ljallangan bu darslik o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalarini belgilashda, tilning taraqqiyot yo‘nalishlarini aniqlashda tilshunoslar uchun tayanch qo‘llanma vazifani o‘tadi. Fitrat A.Zohiriyni o‘zbek imlosi va tili ustida ish olib borgan ilk tadqiqotchi sifatida e’tirof etgan.
A.Zohiriyning “Imlo”si o‘zbek orfografiyasi va punktuatsiyasi bo‘yicha dastlabki ilmiy-metodik qo‘llanmadir. Uning 3-qismi tinish belgilarining qo‘llanishi qoidalariga bag‘ishlangan bo‘lib, “Xatlar orasida rioyasi lozim ishorat va vaqf alomatlari” deb sarlavha qo‘yilgan.10 Muallif bu bo‘limda tinish belgilarining yozuvda qo‘llanishi va qanday holatlarda qo‘yilishi haqida mulohaza yuritadi.
O‘zbek tilshunosligida tinish belgilari dastlab Abdurauf Fitratning “Nahv” asarida o‘rganiladi va “turish belgilari” deb nomlanadi12. Fitrat tinish belgilarini shunday ta’riflaydi: “So‘zlarni to‘plab bir-biriga baylab gap tuzishda “o‘y” qulay anglashilsin deb turli belgilar ishlatiladir. Bunlarning hammasig‘a birdan “turish belgilari” yo sodacha “turishlar” deyiladir. Turish belgilaridan qaysi birtasini gapning qaysi bo‘lagidan so‘ng qo‘yilishi to‘g‘risida har birining o‘z o‘rnida ma’lumot berilgusidir. Bunda hammasini bir qatordan ko‘rib o‘tishimiz kerak:

  1. “Nuqta» (.)dir. Bunga kelgach o‘qug‘uchining to‘xtashi lozim.

  2. “Bir tinish belgisi» (;)dir. Bunga kelgach o‘qug‘uchi to‘xtamaydir; biroq gapdagi so‘zlarning munosabatlari uzilmasin uchun bir nafas tolish (bir tinish) vaqti turib o‘tadir.

  3. “Yarim tinish belgisi» (;)dir. Bunga kelgach o‘qug‘uchi yarim tinish vaqti turib o‘tadir.

  4. So‘rash belgisi (?)dir.

  5. Undash belgisi (!)dir.

  6. Qo‘sh nuqta (:)dir.

  7. Tirnoqlar («»)dir.

  8. Yoylar ( )dir.

  9. To‘rtkul (to‘rtburchak) yoylari [ ]dir.

  10. Ulkan yoylar { }dir.

  11. Chiziq (-) dir.

  12. Nuqtalar (...)dir”.

Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari to‘rt jihatdan - qo‘llanish o‘rni, ishlatilish usuli, tuzilishi va vazifasi jihatidan tasnif qilinadi.

Download 37,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish