Qo‘llanish o‘rniga ko‘ratinish belgilari uch guruhga ajratiladi:
Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari.
Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilari.
Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilari.
Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari: nuqta (.), so‘roq belgisi (?), undov belgisi (!). Bu belgilar quyidagi holatlarga ishora qiladi: a) gapning (fikrning) tugallanganligiga; b) gapda qanday mazmun-ma’no ifodalanganiga; d) gapning tugallanish chegarasiga, keyingi gapdan ajralishiga. Ular ba’zan gap oxiridan boshqa o‘rinlarda ham ishlatiladi. Bunday paytda bu belgilar boshqa vazifa bajaradi, maqsad ham har xil bo‘ladi.
Nuqta, so‘roq va undov belgilari ba’zan gap o‘rtasida ham ishlatiladi. Biroq bunda ular yuqoridagi asosiy funksiyani bajarmay, boshqa maqsad (vazifa) uchun qo‘llaniladi. Masalan, Z.M.Bobur - o‘zbek adabiyotida memuar asar muallifidir gapida nuqta gap o‘rtasida kelib, so‘zning qisqarganligini ko‘rsatish uchun ishlatilgan. Bu o‘rinda u sintaktik vazifa bajarmaydi. Agar gapdagi qisqartirilgan so‘zlarni to‘liq yozsak, nuqtani ishlatishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Ko‘rinadiki, nuqtaning gap o‘rtasida qo‘llanishi yordamchi, qo‘shimcha mohiyatga ega bo‘lib, uning bunday qo‘llanishi yozuvchining maqsadi bilan bog‘liq. So‘roq va undov belgilarining ham gap o‘rtasida qo‘llanishi yuqoridagi kabi o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi.
Oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgilari qo‘yilgan gaplar bir tarkibli va ikki tarkibli, to‘liq va to‘liqsiz, tasdiq va inkor, sodda va qo‘shma, ko‘chirma va o‘zlashtirma gap shakllarida bo‘ladi.
Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanishi shu gapning mazmuniga ham ishoradir: nuqta xabar-darak mazmunli gaplarga, so‘roq belgisi so‘roq mazmunli gaplarga, undov belgisi esa buyruq, tashviq, emotsiya ifodalovchi gaplarga ishora qiladi.
Vergul gap boshida yoki gap oxirida qo‘llanmaydi, doim gap ichida ishlatiladi. Shuning uchun u gap o‘rtasida qo‘llanuvchi tinish belgisi sanaladi.
O‘rin jihatidan aralash qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta, nuqtali vergul, qo‘shtirnoq, qavs, tire, ko‘p nuqta kiradi. Bular gapning boshida, o‘rtasida va oxirida ham qo‘llanadi. Ular o‘z ichida quyidagicha guruhlanadi:
gap boshida va o‘rtasida qo‘llanuvchilar: tire;
gap oxirida va o‘rtasida qo‘llanuvchilar: ikki nuqta, nuqtali vergul;
v) gap boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanuvsilar: qo‘shtirnoq, qavs, ko‘p
nuqta.
Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilarining vazifasi joyga nisbatan ham har xildir. Masalan, tire gap boshida kelganda gaplarni bir-biridan ajratish uchun, gap o‘rtasida kelganda esa gap yoki gap bo‘laklarining turli sintaktik munosabatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Ko‘p nuqta gap oxirida kelganda fikrning davomi borligini, gap o‘rtasida kelganda fikrning uzilganligi yoki har xil emotsional holatni, gap boshida kelganda esa mazkur gapning qisqartirilganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |