O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


-ma’ruza SON SO‘Z TURKUMI



Download 3,85 Mb.
bet98/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

7-ma’ruza
SON SO‘Z TURKUMI
Reja:
1. Turkiy tillarda son so‘z turkumi.
2. Birinchi o‘nlik birliklari.
3. Ikkinchi o‘nlik sonlari.
4. Taxmin sonlar.
5. Tartib sonlar.
6. Jamlovchi sonlar.
7. Taqsim sonlar.
8. Kasr sonlar.
Adabiyotlar:
1. Serebrennikov N. A., Gadjiyeva N. Z. Sravnitelno-istoricheskaya gram-matika tyurkskix yazïkov. М., «Nauka», 1986.
2. Sravnitelno-istiricheskaya grammatika tyukskix yazïkov. Morfologiya. М., «Nauka», 1988.
3. Nurmaxanova А. Тürki tildеriniñ sаlїsїtїrmаlї grаmmаtїkаsї. Аlmаtї, «Меktеp», 1971.
4. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004.
Tayanch tushunchalar: Son. Miqdor son. Birinchi o‘nlik. Ikkinchi o‘nlik. Taxmin son. Tartib son. Jamlovchi son. Taqsim son. Kasr son.
1. Turkiy tillarda son so‘z turkumi. Qadimdan turkiylarda qadimgi fin-ugorlarga nisbatan sanoq tizim ancha oldin rivojlangan edi. Fin-ugorlarda hali sonni ifodalash uchun maxsus so‘zlar bo‘lmagan, boshqa tillardan o‘zlashtirilgan paytda, turkiylarda birdan boshlab ming, o‘n minggacha sonlarni anglatadigan so‘zlar mavjud edi. Bunga qadimgi turkiy yozma yodgorliklar guvohlik beradi. To‘g‘ri, ularda sonlar raqamlar bilan emas, balki so‘zlar orqali ifodalangan. Qadimdanoq turkiy xalqlarda sonlarning barcha turlari iste’molda bo‘lgan. Shulardan biri miqdorni anglatadigan sonlardir.
2. Birinchi o‘nlik birliklari. Turkiy bobotilda hisob tizimining rekonstruk-siyasini birinchi o‘nlik birliklari misolida quyidagicha ko‘rish mumkin:
bi:r
(bir) altї (olti)
iki//äki (ikki) yä:ti (yetti)
üch (uch) säkiz (sakkiz)
tö:rt (to‘rt). toquz//toqїz (to‘qqiz)
bä:sh(besh) o:n (o‘n).
Sonlarning ushbu shakllari ayrim turkiy tillarda unlilar va undoshlardagi sodir bo‘lgan fonetik o‘zgarishlar natijasida biroz boshqacharoq, ammo tezda aniqlab olish mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga uchragan. Chunonchi, tat. bir (bir)~ bi:r. Cho‘ziq i: qisqarishi natijasida i ga aylangan; qozoq, qoraqalpoq tillaridagi bessababi ä: cho‘ziq unlisi >ega, sh>s hodisasi sodir bo‘lgan.
Turkiy bobotilning dastlabki rivojlanish bosqichida so‘z boshida jarangli undoshlarga qaraganda jarangsiz undoshlar ko‘p ishlatilganligi ma’lum. Demak, bir so‘zi ham, dastlab, pi:r tarzida qo‘llanilgan: bi:r
Turkologlarning fikrlariga ko‘ra, bir~biri, birisi kabi shakllarning mavjudligi uning dastlabki formasi birä bo‘lganligi, mo‘g‘ul tilida bür: (barcha, hamma, har bir) so‘zi bilan bog‘liqligi, shuningdek, birning qadimgi turkiy berü va tatarcha birgi so‘zi bilan aloqadorligi taxmin qilinadi. Bundan tashqari, hozirgi turkiy tillarda qo‘l bilan sanashning izlari borligi munosabati bilan bir so‘zining turkiy tillardagi qo‘ldagi barmoq: bi:r~bar (bor, mavjud va bar–barmoq)dagi a>u>i bo‘lib, ikkinchi morfema maq buryat tilidagi -ban, mo‘g‘ulcha -bo:n qiyoslanadi.
Xullas, bir so‘zining kelib chiqishi va xususiyatlari to‘g‘risida ko‘pgina fikrlar bildirilgan. Tilshunos V. Z. Panfilov bir so‘zining 1-shaxs birlikdagi kishi-lik olmoshi bilan aloqasi borligini ta’kidlab, bir tushunchasining inson ongida o‘zini (menni) anglashi natijasi, deb qaraydi. Bundan tashqari, kishilik olmoshi va bir sonining ko‘rsatish yuklamasiga aloqadorligini ham ta’kidlaydilar: bi(bir, bitta). Demak, bi elementi turkiy tildagi ben (men)ga va bu ko‘rsatish olmoshi o‘zaro aloqador. Bulardan kelib chiqib, bi:r-bi (men)+er (erkak, odam)>bir>bi:r (bir) shaklini olgan, deyish mumkin.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish