-g‘an fe’l formasi qipchoq til uyushmasi davrida -g‘an sifatdoshi negizida paydo bo‘lgan. Uning dastlabki ma’nosi o‘tgan zamonda sodir etilgan harakat natijasi ifodalaydigan noaniqlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik ana shu ma’no asosida harakatning noaniqligini ifodalaydigan haqiqiy modal ma’no yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Fe’lli gaplarning -mїsh perfekti (noaniq o‘tgan zamon) bilan kelgan kesimli modeli, ayniqsa, o‘g‘uz tillarida hududiy xarakterda tarqalgan. -mїsh fe’l formasi o‘g‘uz guruh tillarida -mїsh ko‘rsatkichli o‘tgan zamon sifatdoshi negizida yuzaga kelgan.
Sodda gaplarning -їp perfekti shakli bilan ifodalangan kesimi bo‘lgan modeli o‘g‘uz va qipchoq guruh tillarida birdek tarqalgan.
Demak, turkiy bobotil davridagi sodda fe’l-gapli gaplarning kesimi hozirgi turkiy tillardagi kesimlardan unchalik farqlanmaydi.
Agar turkiy tillardagi gap tuzilishini boshqa tipdagi tillardagi gaplar tuzilishi bilan o‘zaro muqoyasa qilinsa, turkiy tillarda sodda gaplarning asosiy o‘rin egallaganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Turkiy tillardagi sodda gaplar qo‘shma gaplarning barcha imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Turkiy tillarda boshqa tillarda mavjud bo‘lgan ergash gapli qo‘shma gaplarning barcha modellari uchramaydi. Sababi turkiy tillarda aniqlovchi, ko‘pincha, gapning boshda, fe’l shakllari oxirida keladi. Shuning uchun turkiy tillarda ergash gapli qo‘shma gaplar imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarish holatlariga duch kelinadi.
Demak, ikkala bog‘liq hodisani bitta gap orqali ifodalash turkiy tillarning tarixiy sintaksisi uchun xos xususiyat, deb qaramoq kerak..
Nazorat savollari va topshiriqlar: 1. Turkiy tillardagi so‘z birikmalari haqida qanday fikrlar bor?
2. Turkiy tillardagi so‘z birikmalarining boshqa oiladagi tillardan qanday farqlarini va umumiyliklarini bilasiz?
3. Turkiy tillarda qadimgi so‘z birikmalarini hosil qilishda qaysi vositalar ishtirok etgan?
4. So‘z birikmasining ta’rifini aytib bering.
5. Aniqlovchili so‘z birikmalari qanday xususiyatlarga ega?
6. Turkiy tillardagi izofa haqida qanday fikrdasiz?
7. Qadimgi turkiy tildagi izofa bilan hozirgi turkiy tillardagi izofa orasida qanday umumiyliklar bor?
8. Birinchi izofa.
9. Ikkinchi izofa.
10. Uchinchi izofa.
11. Fe’lli so‘z bikmalarining boshqa so‘z birikmalaridan qanday farqlari bor?
12. Turkiy tillardagi sodda gaplar haqidagi qarashlar.
13. Otli gaplar bilan fe’lli gaplarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari.
14. Turkiy tillardagi zo‘z birikmalarini hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi so‘z birikmalariga qiyoslab, bu boradagi o‘z fikrlaringizni bayon qiling.