Birlikda Ko‘plikda
1-shaxs. yaz‘marїn yaz‘marїs‘
2-shaxs. yaz‘mars‘їñ yaz‘mars‘їñїz
3-shaxs. yaz‘maz‘ yaz‘mas‘lar
-mas inkor affiksidagi s>r hodisasi turk tilida ham kuzatiladi: yazmassїn (yozmassan), yazmazlar (yozmaydilar) kabi.
Ayrim turkiy tillarda 1-shaxs birlik va ko‘plikda -mas ning qisqarishi uchraydi: tur. yaz-ma-m (yozmayman), tat. a°l-ma-m (olmayman), boshq. ya°z‘-ma-bьz‘ (yozmaymiz) kabi.
Dastlab, turkiy tillarda -bay hozirgi zamon, -ba o‘tgan zamon va -bas kelasi zamon bo‘lishsiz formalarini hosil qilishda ishtirok etgan. Ushbu eski formalar hozir ham ayrim turkiy tillarda qisman saqlangan: qirg‘. al-bay-mїn (olmayman), al-ba-dїm (olmadim), al-bas-dїm (olmayman), olt. kel-be-dim (kelmadim), shor. cher-be-dim (kelmadim), yoq. kor-bo-tum (ko‘rmadim) kabi.
Qozoq tilida esa -ma bilan birga -ba//-be, -pa//-pe variantlari ham qo‘llaniladi. Yoqut tilida -ba//-pa hamda -ma affikslari ishlatiladi.
13. Turkiy tillarda sifatdosh. Turkiy tillarda sifatdoshlarning kelib chiqishi munozaralidir. Ko‘pchilik turkologlar uni ancha aralash ma’nodagi fe’llardan hosil qilingan otlar bilan bog‘laydilar. Bunday otlar, ayni paytda, kontekstga ko‘ra ham ot, ham sifatdoshlik ma’nosiga ega bo‘lgan.
Bunday hosilalar ot va sifatlarda ham bo‘lgan. Bunga misol tariqasida fe’ldan ot yasaydigan -їq//-ik affiksini keltirish mumkin: tat. a°chьq (ochiq), ulik (o‘lik), ozarb. arїx (oriq), gїrїx (siniq), ammo yarїx (yoriq), barїshїx (tinchlik) kabi.
Turkiy bobotil davridagi sifatdoshlar hozirgi turkiy tillardagidan ancha farqlanadi. Ular zamon va nisbat ifodalashda ajratilmagan va fe’ldan sifat yasovchi hisoblanganlar. Bunday sifatlar fe’l o‘zagi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatni ifodalagan. Chunonchi, qadimgi fe’ldan hosil qilingan käsäk (kesilgan) bölik (bo‘lingan), buzuq (buzilgan) kabi sifatlar o‘tgan zamonga ham, hozirgi zamonga ham taalluqlidir. Ana shunday fe’ldan hosil qilingan sifatlardagi bunday xususiyatlar ularni semantik jihatdan ajratishga imkon yaratgan. Ularning ayrimlari o‘zlarining avvalgi ma’nosi–harakat natijasi ma’nosini, boshqalari esa otlashgan va fe’ldan otlarni yuzaga keltirgan. Chunonchi, kesilgan ma’nosidagi käsäk so‘zi keyinchalik biror narsaning parchasi, qismi, buzuq (buzilgan)–nuqson, illat, bölik (bo‘lingan)–bo‘lim ma’nolarini anglatadigan bo‘lgan.
Qadimgi fe’llardan hosil qilingan sifatlarning semantik qatlamlarga ajralishi muhim ahamiyat kasb etdi. O‘ziga xos natija ma’nosini saqlagan fe’ldan hosil qilingan sifatdoshlar til tizimidan tushib, natija ma’noli sifatdoshlardan sifat turiga o‘tgan. Ularning boshqa qismi esa fe’ldan hosil qilingan otlarga ko‘chgan. Shuning uchun hozirgi turkiy tillarda ushbu fe’ldan qadimgi hosil qiliñan sifatlarning izlarini tavsiflashda ular ot va sifatlik belgilariga ega bo‘lganligi uchun ikkalasiga ham bir xil darajada qaraladi.
Hozirgi turkiy tillarda -ba (-ma) elementli qadimgi fe’ldan hosil qilingan sifatlar, avvalo, harakat natijasini anglatadigan otlar ma’nosida ishtirok etadi: turkm. s‘їnma (siniq)<s‘їn (sinmoq), chuv. s‘їrma (jarlik)<s‘їr (qazmoq), o‘zb. birlashma<birlash, tat. bёlma (komnata)<bul (bo‘lmoq), qoz. kespe (bel)<kes (kesmoq), jarma (yorma)<jar (yormoq), turkm. alma (olinish)<al (olmoq), ozarb. barkitma (istehkom)<(mustahkamlamoq) kabi.
Qadimgi -їq//-ik ko‘rsatkichli fe’ldan hosil qilingan sifatlarning qoldiqlari hozirgi barcha turkiy tillarda sifatdosh yoki ular asosida vujudga kelgan otlar ma’noidagi sifadoshlar sifatida saqlangan: tur. batїk (botiq)(botmoq), kїrїk (siniq)(sinmoq), o‘zb. bog‘liqtat. a°chьq (ochiq)<ach (ochmoq), ülik (o‘lik)<ül (o‘lmoq), tishik (teshik)(teshmoq), qoz. jimirik (buzuq)<jimir (buzmoq), jabїq (yopiq)<jab (yopmoq), ozarb. solux (so‘liq)<sol (so‘lmoq), chuv. pъz‘ъk (buzuq)<pъz‘ (buzmoq), xak. pölik (bo‘lik)
(bo‘lmoq), yoq. suruq (xat)<suruj (yozmoq) kabi;
Do'stlaringiz bilan baham: |