ü>u. Qrimtatar tilida bobotil davridagi ü depalatallashgan va yengil palatal-lashgan u aylangan: qr.tat. kurek (belkurak), yuz (100)(3) <üch.
ü>i. Qaraim tilining galis-lutsk dialektida ü>i uchraydi: ilis (ulush)<ülesh, its (3)<üch, itsin (uchun)<üchün, kirek (bel)
Turkiy bobotilda so‘z oxirida ü kam uchraydi.
So‘z boshida cho‘ziq ü: kelishi turkman va yoqut tillarida uchraydi: sü:t (sut): turkm. sü:t, yoq. ü:t; kü:n (kun): turkm. gü:n, yoq. kü:n; yu:z (100): yoq. su:s; kü:ch (kuch): yoq. kü:s.
ü>üi. Turkman va tofalar tillarida boboturkiy tildagi ü cho‘ziq unlisiga üi difongi muvofiq kelishi mumkin: kü:ch (kuch), turkm. güych; ü:ch (3), tof. üysh; sü:t (sut), turkm. süyt. Ushbu diftonglashuv artikulyatsiyadagi tig‘izlik holatini kuchsizlantirish bilan bog‘liqdir.
ü:>u. Birlamchi cho‘ziq ü: unlisining qisqarish jarayoni ko‘pchilik turkiy tillarda kuzatiladi: kü:ch (kuch): ozarb. küch, tur. güch, olt. küch, tuv. küsh, xak. küs; kü:n (kun): olt., ozarb. kün, tuv. xün, tur. gün; sü:t (sut): tur. sut, ozarb. süd, olt. süt, tuv. süt, xak., qirg‘., uyg‘., o‘zb. sut.
Keyinchalik cho‘ziq ü: qisqa üga o‘xshab o‘zgarishlarga uchragan: tat. kёn (kun)chuv. tip (tub)
Qisqa ї so‘z boshida ko‘pchilik turkiy tillarda saqlangan: qїs (qismoq): q.tur. qїs, turkm. gїs‘, qirg‘.,q.balq., qum. qїs, tur. kїs, xak., xїs, olt., qїs: qїl (soch qili, tori): q.tur. qїl, ozarb., turkm. gїl, uyg‘. qï(l), qum. qїl, gag. kїl, xak., tuv. xїl, yoq. kїl; qїzїl (qizil): q.tur. qїzїl: tur., q.balq., qum., olt., qr.qar., tuv. qїzїl, turkm. gïz‘ïl, ozarb. gїzїl (oltin), yoq. qїhїl.
ï>ь. Tatar, balqar, qozoq, o‘zbek, uyg‘ur, qoraqalpoq va no‘g‘oy tillarida bobotildagi qisqa їni ifodalashda ancha keng, kuchsizlangan, ь sifatida belgilangan ї unlisi ifodalaydi: qїsh (qish): q.tur., qum., qr.qar., q.balq., olt., tuv., qїsh, turkm., ozarb. gїsh, gag. kїsh, xak. xїs, yoq. qїs, tat., boshq., o‘zb. qьsh, q.qalp., no‘g‘., qoz., qьs; qїzїl (qizil): tur. kїzїl, turkm. gїz‘їl, qum., qirg‘. qїzїl, tat. qьzьl, boshq. qьz‘ьl, qoz., q.qalp., o‘zb. qizil, no‘g‘. qїzїl.
ï>ъ. ïning kuchsizlangan unliga aylanishi chuvash tili uchun ham xosdir: kr.kar. qїchqїr (qichqir). xak. xїskїr, chuv. kьskъr; qalїn (qalin), chuv. xulъn . Ammo chuvash tilidagi ushbu muvofiqlik tadrijiy emas, sababi bobotildagi ї chuvash tilida, ko‘pincha, i ga mos keladi. Masalan, xir (qiz)(qismoq) shuningdek, i сhuv. xir (dala)
ï>i. Turkiy tillardagi i bilan boshlanadigan ayrim so‘zlar yoki qadimda tarkibida i mavjud bo‘lgan so‘zlar ї unlisi bilan boshlañan: ish< їsh< ї:sh, iz< їz< ї:z; pish (pishmoq)
ї sh; tilva hokazo.
So‘z oxirida ї unlisi bilan kelgan turkiy so‘zlar, aftidan, juda kam bo‘lgan.
Turkiy bobotildagi affikslarda ї qo‘llanmagan bo‘lishi mumkin, modomiki, ї unlisi i ning singarmonistik varianti sifatida qatnashgan. Affikslardagi qisqa ї xuddi birinchi bo‘g‘indagi ї kabi o‘zgarishlarga uchragan: o‘r.tat. urman yulь (o‘rmon yo‘li)chuv. xalъx xuzalъg‘i (xalq xo‘jaligi) va hokazo.
So‘z boshida cho‘ziq їning saqlanishi yoqut va turkman tillarida uchraydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |