O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 0,86 Mb.
bet14/94
Sana24.06.2022
Hajmi0,86 Mb.
#698345
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
Bog'liq
OTSQ JM MAJMUA GULI

Morfologik tamoyil.
Nutqdagi so'z va affikslar qanday aytilishiga ko'ra emas, balki ularning butunligiga yoki variantlaridan birini tanlab olish asosida yozish morfologik tamoyil deyiladi. Morfologik tamoyil so'z va morfemalarni adabiy tilda muqim shakllarida saqlash va yozishga ko'maklashadi, yozuvda bir xillikni ta'minlaydi. Masalan, uchta so'zi ushta, kelib turibdi so'zi kep turipti tarzida aytiladi. Ammo ular asliga muvofiq uchta, kelib turibdi deb yoziladi. Yoki -lar affiksining -la, -lor, -nar tarzida aytilishiga qaramay, uning butunligiga ko'ra -lar shaklida yoziladi. Fe'lning infinitiv shakli -moq, shuningdek, qo'shimchalarning deyarli hamma shakli morfologik tamoyil bo'yicha yoziladi: Egalik affikslari: -im, -ing, -i, kelishik afikslari: -ning, -ni, -da, -dan (jo'nalish kelishigi bundan mustasno), so'z yasovchilar ham turlicha aytilishdan qat'iy nazar, imloda o'zining bir xil morfologik shaklini saqlagan holda yoziladi. Ko'rinadiki, morfologik tamoyil o'zbek orfografiyasining yetakchi tamoyili bo'lib hisoblanadi.
Tarixiy-an'anaviy tamoyil.
So'zlarning hozirgi talaffuz normasiga mos kelmaydigan, qadimdan o'zlashib qolgan shaklda yozilishi tarixiy-an'anaviy tamoyil deyiladi. Boshqacha aytganda, so'zlar hozirgi holatiga ko'ra emas, balki an'ana tusiga kirib qolgan qoidaga ko'ra yoziladi: Chor Rossiyasi, pudratchi, fahm, rahm kabi.
Hozirgi orfografiyada tarixiy-an'anaviy tamoyil asosida yoziluvchi ba'zi shakllar quyidagilar:
1. Buyruq-istak mayli (-gin) mumtoz adabiyotimizda qo'llanib kelgan an'ana (she'riyat talabi)ga ko'ra -gil, -g'il tarzida ishlatiladi: borgil // borg'il.
Meni kutgil va men qaytarmen (K.Simonov)
Bas, yetar, cholg'uvchi, bas qil sozingni,
Bas, yetar ko'ksimga urmagil xanjar (A.Oripov).
2. Maqsad ma'nosini anglatuvchi -gani shaklining -gali, -g'ali, -kali, -qali shakllari:
Ko'rgali keldingmu yor,
Kuydirgali keldingmu yor. (qo'shiq)
3. Hozirgi-kelasi zamon sifatdosh shaklini yasovchi -ur shakli:
Yulduzlar o'tiga bardosh berurman
Fazolar taftiga qilurman toqat (A.Oripov)
4.-mu shakli:
Sevgini tortib bo'lurmu
Toshu tarozi bilan (E.Vohidov)
Qora qoshing oy yuzingda hilol emasmu (P.Mo'min)
5. Navoiy, Fidoiy, Atoiy kabi so'zlar arab tilining qoidasini o'zlashtirish asosida orfografiyamizga kirib kelgan.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish