O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari



Download 457,78 Kb.
bet60/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

IV. Электрон таълим ресурслари

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.edu.uz

  3. Infocom.uz электрон журнали: www.infocom.uz

  4. www.tdpu.uz

  5. www.pedagog.uz

  6. www.nuuz.uz

  7. www.bimm.uz

  8. www.literature.uz

  9. www.kutubxona.uz



IV. AMALIY MASHG‘ULOTLAR


1-амалий машғулот:
VII -XX asrning 20-yillarigacha bo‘lgan davr o‘zbek terminologiyasi


Ишдан мақсад: Deyarli 13 asr davomida o‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi shakllanishi va rivojlanishi dinamikasi bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni takrorlash. Ko‘hna terminlardan va lug‘atlardan foydalanish ko‘nikmalarini egallash.
Масаланинг қўйилиши: Ushbu amaliy ish davomida tinglovchi quyidagilarni bajarishi lozim:
-qadimgi turkiy til matnlaridan terminlarni topishi
-eski turkiy til obidalari matnida qo‘llangan sof turkiy terminlarni aniqlashi
- eski o‘zbek adabiy tili manbalarida ishlatilgan arabcha o‘zlashma terminlarni ko‘rsatishi
- “Devonu lug‘otit turk”dagi terminlar talqinini izohlashi
- o‘zbek tili terminologiyasi tizimigi forscha-tojikcha elementlarni bilishi
- “Qutadg‘u bilig” pandnomasida qo‘llangan harbiy terminlarni sharhlashi
- Navoiyning “Xamsa” asari matnidan astroponimlarni topishi
-“Boburnoma”da qo‘llangan mo‘g‘ulcha o‘zlashma terminlarni izohlashi.


Ishni bajarish uchun namuna.


Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasi
Turkiy yozma-adabiy tilning dastlabki namunalari sirasiga kirmish qadimgi run bitiklari, shubhasiz, turkiy xalqlar ajdodlariga xos yuqori darajada shakllangan lisoniy madaniyatidan darak beruvchi manba vazifasini o‘taydi. Qadimgi turkiy til fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik va sintaktik xususiyatlari O‘rxun-Yenisey(Enasoy) tosh bitiklari va epitafiyalarida o‘z ifodasini topgan. Runik obidalar janr nuqtai nazaridan olti guruhga taqsimlanadi:
tarixiy–biografik bitiklar: Kul-tegin, Mo‘g‘ilon (Bilga qag‘an), Kuli-Chur, To‘nyuquq, O‘ngin, Selenga, Sujun, Qorabalg‘asun bitiktoshlari;
epitafik bitiklar: Yenisey, Talas, Tuva, Xaqosiya qabr toshlari;
qoyalar,toshlar va qurilishlardagi (Xo‘yto‘-Temir) bitiklar;
diniy matnlar: folkitobi “Folnoma”;
Turfondan topilgan yuridik/huquqiy hujjatlar;
Maishiy narsa-buyumlardagi bitiklar.
Runik bitiklar leksikasi tarkibida bir qancha terminologik tizimlarning mavjudligini turkiyshunoslikda olib borilgan izlanish va maxsus tadqiqotlar tasdiqlagan. Xususan, qo‘yidagi mavzui guruhlarga oid terminlar tizimlar bitiklar matnida faol qo‘llangan:
Ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimi – qag‘an, tegin, shad, yabg‘u, qatun, tudun, tutuq, tarqan, beg, eltabar, sabchi “elchi”, yolchi “boshliq” va h.k.
Harbiy terminlar – korug “ayg‘oqchi, josus”, ayg‘uchi “harbiy maslahatchi”, subashi “sarkarda, lashkarboshi”, yerchi “yo‘l ko‘rsatuvchi, qulavuz”, sungush “jang, urush”, sungug “nayza”, su “lashkar, qo‘shin”, buyruq “farmonbardor”, qishlaq “qish mavsumi uchun mo‘ljallangan lashkargoh, lager”, qurg‘an “qo‘rg‘on, istehkom”, barg‘u “o‘lja”, tegish “jang”, kedim “sovut; yopinchiq”, yelma “g‘oratgar askariy guruh”, bulun “asir, tutqun” va h.k.
Tijorat bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi istilohlar: arqish “savdo-sotiq karvoni”, sat- “sotmoq”, satig‘ “savdo-sotiq”, satig‘chi “tojir, savdogar”, berim alim “qarz”, alim berim “qarz”, otag‘ “qarz”, otag‘chi “qarzdor”, va h.k.
Soliq va boj terminlari tizimi – berim “to‘lov”, qabin “tayyor mahsulot bilan to‘lanadigan soliq turi”, qubchir “davlat tomonidan fuqarolardan undiriladigan jon solig‘i” va h.k.
Zoonimlar – bug‘ra “ erkak tuya”, arslan “arslon, sher”, at “ot”, ud “qoramol (bug‘qa yoki sigir), qag‘atir “xo‘kiz”, bori “bo‘ri”, bars “yo‘lbars”, tishi bars “urg‘ochi yo‘lbars”, va h.k.
Astroponimlar: ay “oy”, kun “quyosh”, altun yultuz “Cho‘lpon, Venera”, yetigan “”Katta Ayiq”, ot yulduz “Mars”, suv yulduz “Merkuriy”, topraq yulduz “Saturn”, yig‘ach yulduz “Yupiter”, yer “yer, zamin” va h.k.
Anatomik terminlar – yukrak “yurak”, qaraq “ko‘z, ko‘z gavhari”, qarin “qorin”, qol “qo‘l”, bash “bosh”, bag‘ir “jigar”, ovka/opka “o‘pka” va h.k.
Tibbiy terminlar – bug‘an “chipqon, kaka tau “yiringli yara, chipqon”, ig “dard, kasallik”, ig ag‘rig‘ “kasallik, dard”, ig kegan “dard, kasallik”, adaq ag‘rig‘ “oyoq og‘rig‘i”, ag‘iz ag‘rig‘ ig “og‘iz kasalligi”, burun ag‘rig‘ ig “burun kasalligi”, bog‘uz ag‘rig‘ ig “qilizo‘ngach, halqum kasalligi”, yurak ag‘rig‘ ig “yurak kasalligi”, onguch ag‘rig‘ ig “tomog‘ og‘rig‘i kasalligi”, qulg‘aq ag‘rig‘ ig “quloq kasalligi”, ag‘rug‘ichi “kasal, bemor, dardmand” va h.k.
Ma’dan nomlarlarini anglatuvchi terminlar: altun “oltin, tilla”, kumush “kumush”, temur “temir”, baqir “mis” va h.k.
Dunyo (kurra)ning to‘rt tomoni va vaqt (sutka) o‘lchov birligini ifodalovchi terminlar tizimi – kun ortu 1)“peshin”; 2) “janub”, tun ortu 1) “yarim kecha”; 2) “shimol”, tun sari “” shimol”, tang sari “”sharq”, kun tug‘siq “sharq, kuntug‘ar”, kun batsiq “g‘arb, kunbotar” va h.k.
Keltirilgan misollar qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzu nuqtai nazaridan turfa, miqdor jihatdan ancha ko‘pligi, istilohlarning asosini asl turkiycha so‘zlar tashkil etganini tasdiqlaydi.
O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath qilinishi oqibatida islom dini, arab tili va madaniyati, arab xati shu mintaqada azaldan istiqomat qiliuvchi xalqlar, millatlar, qabilalar, qavmlar intellektual hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Arablar hukmronligidan keyin eron madaniyati, ayniqsa, somonilar humronligi yillarida taraqqiy etdi va uning turkiy tillar tabiatiga, xarakteriga ma’lum darajada ta’siri ko‘zga tashlandi. X asr oxirida Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Koshg‘arda qoraxoniylar saltanati tashkil topdi. Shu davrdan e’tiboran turkiy adabiy tillarning shakllanishida jiddiy jarayonlar sodir bo‘ldi. Koraxoniylar vaqtida jonli tillar adabiy tildan farqli o‘laroq xorijiy tillar elementlariga nisbatan oz ta’sirda bo‘lgan. Fors-tojik tili aksariyat hollarda rasmiy-idoralarda eski t urkiy til bilan yonma-yon qo‘llangan. Bu kezlarda eski turkiy til so‘z boyligi, xususan, terminlar tizimi umum til leksikasi tarkibida shakllandi va taraqqiy etdi. Bunday ekstralingvistik omillar qatori intralingvistik faktorlarning roli katta bo‘lgan edi. Matematika, geografiya, falakiyot, tibbiyot, minerologiya, zoologiya, geometriya kabi tabiiy fanlar singari falsafa, filologiya, lingvistika, tarixshunoslik, dinshunoslik kabi fan sohalarining jadal rivojlanishi asosida eski turkiy til terminologiyasinin qadimgi turkiy til terminlar tizimidan qo‘p jihatdan farqlanishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayni chog‘da qadimgi turkiy til so‘z boyligida mavjud bo‘lgan asl turkiycha terminlarning salmoqli qismi bu davr terminologiyasida ham iste’molda qolavergan.
Qoraxoniylar davri terminologiyasi tizimi eski turkiy tilning o‘z resurslari hamda arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashgan birliklar hisobga kengayib borgan.
Eski o‘zbek tili terminologiyasi (XU-X1X asr oxiri) tizimi qadimgi tukiy til va eski turkiy til terminologiyasidek o‘z ichki imkoniyatlari ham o‘zlashmalar hisobiga shakllandi va rivojlandi. Eski o‘zbekcha terminlar yasalish jihatdan tub va derivatlardan tashkil topgan edi. Terminlar yasalishida qatnashgan affikslarni leksik-grammatik xarakteriga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Ism-o‘zaklardan ot-terminlar yasovchi affikslar: yurtchi, yulduzchi, cherigchi, turaliq, jibalik, kejimlik va h.k;
Fe’l –o‘zaklardan ot-terminlar hosil qiluvchi affikslar: pusug‘, bolak, yurush, chapqun, quvg‘un//qavg‘un, yasavul, tosqavul, tatavul, niakvul, yasal, qabal, yasaq, tolg‘ama, yasav, bashlamaq va h.k.;
Ot(ism)lardan fe’l-terminlar yasovchi affikslar: yag‘ila-, oqla-, cherikla-, jibalan-, qilichla-, atlan- va h.k.;
Fe’l-o‘zaklardan fe’l-termin hosil qiluvchi qo‘shimchalar: savash-, urush-, talat-, evril-, yig‘il- va h.k.;
Terminlarning sintaktik yo‘l bilan yasalishiga tubandagi faktik materiallar misol bo‘ladi: koktemur “zirh, sovut”, yatish tavachisi “askarlarni yotoq bilan ta’minlovchi harbiy mansab egasi”, ulug‘ urush “dahshatli jang”,on begi, yuz bashi, ming begi, tuman begi va h.k.
X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshida adabiy til alohida o‘zga xos o‘ringa ega bo‘ldi. Bu davr adabiy tili va uslubida jiddiy va muhim o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bular o‘zbek xalqi hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi natimjasida maydonga chiqdi. X1X asrning 2-yarmidan O‘rta Osiyo Russiyaga qaram bo‘lib qoldi, Mahalliy millat orasida rus madaniyati yoyila boshladi. Kapitalistik munosabatlar o‘zbek xalqi hayotga o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Ayni davrda keyinchalik progressiv-demokratik deb nom olgan adabiyot shakllandi. O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasi uch m anba asosida boyib bordi:
o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari va qonunlari zamirida yuzaga kelgan terminlar: bosmaxona, nizomnoma “ustav”, nishontosh “yodgorlik”, yig‘ilish “majlis” va h.k.;
o‘zbek tili terminologiyasining jonli xalq tili so‘zlari hisobiga kengayishi: bozchi, bezgak, iskaptopar, arava va h.k;
ruscha-g‘arbiy yevropacha terminlar o‘zbek tiliga o‘zlashishi: a) ijtimoiy-siyosiy terminlar – uyezd, pristav, soldat, volost, duma va h.k.; b) transtport bilan bog‘liq tushunchalarni anglatuvchi terminlar – poyezd, vagon, vokzal, stansiya va h.k;
sanoat, tijorat va moliya tizimida qo‘llanuvchi terminlar – zavod, fabrika, vsitavka, magazin, kredit va h.k.;
madaniyat, fan, maorif sohasi terinlari – gimnaziya, teatr, gazeta, muzey, universitet, kafedra va h.k.;
tibbiy terminlar – gospital, lazaret, feldsher va h.k.;
hujjat va mukofotlar terminlari – medal, pasport, orden va h.k.;
sudlov terminlari – sud, sudya, zakon va h.k.;
o‘lchov birliklari nomi – pud, minuta, sajen va h.k.;
harbiy terminlar – general, korpus, konvoy, kapitan va h.k.
Zikr etilgan o‘zlashma terminlarning muayyan qismi keyinchalik ular anglatgan tushunchalarninga turmushdan chiqib ketgani bois iste’moldan qoldi, ba’zilari esa o‘zbek tili so‘zlari bilan almashtirildi.



Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish