Seminar mashg’ulotlar
Madaniy nutq haqida to’la tasavvurlarni shakllantirish. Madaniy nutq, adabiy mezon tushunchalari. Madaniy nutqqa qo’yiladigan talablar.
Nutq madaniyatini o’rganish tarixi. Qadimgi Yunoniston va Rimda notiqlik san’ati. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati.
O’zbek xalq og’zaki ijodida nutq madaniyatiga oid fikrlar. Nutq madaniyati (til odobi) masalalari aks etgan maqol, matal, topishmoq va rivoyatlar.
«Devoni lug’otit turk», «Qutadg’u bilik» va boshqda nutq madaniyati masalalari.
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida nutq odobi (madaniyati) masalalari.
Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyati masalalari. Navoiyning notiqlik san’ati. Navoiyning nutq madaniyatiga oid hikmatli so’zlari.
Nutqning to’g’riligi yuzasidan amaliy mashg’ulot. Nutqning to’g’riligi va badiiy adabiyot. Badiiy nutqda adabiy mezonlardan, odatdagi til unsurlaridan chekinish.
Nutqning aniqligi yuzasidan amaliy mashg’ulot. Adabiy tilning leksik mezoni; so’z qo’llash va semantika Aniq nutqni yaratishga ko’maklashuvchi va ba’zan halaqit beruvchi lisoniy vositalar.
Nutqning mantiqiyligi yuzasidan amaliy mashg’ulot. So’zlar va gaplar o’rtasidagi semantik aloqalarning, fikrning mantiqiy rivojlanib borishiga qat’iy mosligi. Nutqdagi bu kommunikativ sifatning aniqlik bilan chambarchast bog’liqligi. Nutqning mantiqiyligini ta’minlovchi g’ayri- lisoniy omillar.
Nutqning sofligi va ifodaliligi yuzasidan amaliy mashg’ulot.
Nutqiy etiketni o’rganish yuzasidan amaliy mashg’ulot. Nutqiy etiket – nutq madaniyatining ajralmas qismi. Nutqiy etiket formulalari. Bu formulalarning vaziyatli–ma’noli asosida guruhlanishi.
Ish qog’ozlarini o’rganish yuzasidan amaliy
mashg’ulot. Rasmiy uslubning o’ziga xosliklari, ayrim
hujjatlar namunalari o’rganiladi.
Mustaqil ish
Darslik va o’quv qo’llanmalarining (ularning to’la ta’minlanganligi taqdirda) boblari va mavzularini o’rganish. Tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismlarini o’zlashtirish. O’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash.
O`qituvchi nutqi madaniyati fanidan nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tish davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo’naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish, mashqlar bajarish. Badiiy asarlarni estetik-g’oyaviy jihatdan tahlil qilish, klassik asarlar matni ustida ishlash, adabiy jarayonni kuzatib borish. Malakaviy amaliyotni o’tish chog’ida yangi texnika, jihozlar, keng ko’lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |