O’ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI
2-ilova
BUGUNGI KUNDA NAMOYISH ETILAYOTGAN XORIJIY SERILLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR
Hammamizga ma’lumki, bugun kunda Respublikamiz telekanallari dasturlarining asosiy qismini xorijiy seriallar tashkil etmoqda. Va tabiiyki ularda ilgari surilgan g’oyalar, aktrisalar egnidagi liboslar turmush tarzimizga o’z ta’sirini o’tkazmay qolgani yo’q. Men bugungi notiqlik chiqishimni ana shu mavzuga bag’ishlamoqchiman.
SHanba kuni edi. O’qishdan borib sartarosh qo’shnimiz Abdulla tog’alarni ko’rish uchun lar xonadoni tomon yul oldim. Ostonaga qadam qo’yar ekanman, tog’aning sartaroshxonasida yuz berayotgan voqea beixtiyor e’tiborimni tortdi. Sartaroshxonaga o’g’ilchasini yetaklab kelgan ayol yig’lab sochini oldirishga ko’nmayotgan o’g’liga bir gap aytdi-yu, bolakay qaysarlik qilishdan to’xtadi. Onasining, sataroshnineg amriga bo’ysunishga o’tdi. Onasi bolasiga nimadir degan. Mana o’sha purma’no jumlalar: “Agar sochingni oldirmasang, “SHeryurak”ni ko’rmaysan”. Bu gapdan bola shunaqa o’zgardiki, go’yo dahshatli hodisa yuz bergandek bo’ldi. Navbat kutib turgan mijozlarning ba’zilari miyig’ida kulib qo’ydi, ba’zilari esa ana xolos deganlaricha qoldi.
Bu seriallar turmushimizga shu qadar singib ketdiki, erta-kech diqqat-e’tiborimizda turadigan, hatto kundalik ish rejalarimizni ham shunga qarab belgilaydigan bo’ldik.
2-kursni tugatish arafasida Dialektologiya, ya’ni SHevashunoslik fanidan dala amaliyotini o’tash maqsadida shevaga xos so’zlarni to’plash uchun yetmishni qoralagan bir otaxon huzuriga bormoqchi bo’lib telefon orqali aytsam, “Faqat kechki payt kelmagin, yaxshisi, kinodan keyin kelarsan” degan javobni olib, juda hayron qoldim, to’g’rirog’i qo’ng’iroq qilganimga afsuslandim.
Farzandlarni u-bu ishga buyurganda topshiriqni bajarish uchun ana shu seriallarni “ko’rsataman” deb “pora” taklif qilinsa yoki “ko’rmaysan bo’lmasa” deb ta’kidlansa, g’isht qolipdan oson ko’chadigan bo’lib qolibdi. Eng achinarlisi, yurtning ertasi bo’lgan biz kabi yoshlarga yordam qo’lini cho’zish o’rniga vaqtini ana shu “mo’’jiza”larni ko’rishga sarf etayotganlar ham, ming afsuski, oramizda bor ekan!
Yana shunga o’xshash bir voqea bilan fikrimni davom ettirsam. Qiziga g’arbcha kiyimlar harid qilgan ona ularni kiygizib ko’chaga chiqarayotgan paytda ota ishdan kelib qoldi. Uyga kirdi-yu, qizini “evropacha” kiyimlarda ko’rib ajablandi:
Ha tinchlikmi, nimasi bu?
Ona: – Bizniyam qizimiz chiroyli bo’lib yursin.
Ochiq-sochiq yursin, desang-chi?
Nega endi, hozir hamma shunday yuradi-ku!
Yuqot bunaqa yurishlaringni!
Qizi: – Nimasi yomon, dada?
Ona: – Hozir kiymasa qachon kiyadi, dadasi?
SHunaqami? Hozir kiymasa, qachon kiyadi degin? Ertaga begona yigit bilan ko’rsang, hozir yaxshi ko’rmasa, qachon yaxshi ko’radi, deysan. Keyinrok boshqasi bilan ko’rsang, hozir yurmasa, qachon yuradi deysan; bir baloni orttirib kelsa, bunga sen aybdor ekaningni tan olasanmi?
Ey qo’ying, nimalar deyapsiz-a...
Ha, hozir demasam qachon deyman? Senlar ham mening aytganlarimni hozir qilmasalaring qachon qilasanlar...
Xullas, telekanallarda uzluksiz namoyish etilayotgan seriallarning ko’pgina qismi g’arbga xos behayo turmush tarzini targ’ib qiladi, ma’naviyatimizni esa zimdan yemiradi. Balki siz har kim o’ziga to’g’ri bo’lsa, hech qanday kino uning turmush tarziga, yurish-turishiga, ma’naviyati-yu madaniyatiga ta’sir eta olmaydi, dersiz. Bu ham to’g’ri. Lekin o’sha behayolik o’zimiz bilmagan holda ongimizga singib qolsa-chi? Axir hayotda hamma narsa bo’lishi mumkin-ku! Men bu bilan seriallarni ko’rmang deyish fikridan yiroqman. Zeroki, har kim dunyoni o’zicha kashf etadi.
Darvoqe, orangizda mening fikrlarimni tinglab “bu bir tomonlama qarash, hayotga bir ko’z bilan qarab bo’lmaydi” deyayotganlar ham yo’q bo’lmasa kerak. To’g’ri, hayotga bir ko’z bilan qarab bo’lmaydi. SHu jumladan, bugungi kun seriallariga ham, chunki ularning ayrimlarida ibrat olsa arzigulik g’oyalar va ijobiy xarakterga ega bo’lgan kahramonlar obrazlari ham talaygina. Lekin men bugun seriallarning bir tomoni, ya’ni salbiy ta’siri haqida mulohaza yuritdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |