O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchi nutq madaniyati fanidan o’quv- uslubiy majmua



Download 1,46 Mb.
bet25/49
Sana29.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#77299
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
nutq.mad.majmua akbarjon
Kitobxon talaba natijasi, Kitobxon talaba natijasi, Kitobxon talaba natijasi, Kitobxon talaba natijasi, Kitobxon talaba natijasi, Tamirlash 1, Robototexnika 1, Invoice 2, Tamirlash 5, 1-ma'ruza, 03.11.Bek, 1-ma'ruza savol.docx, Факультет (2), Факультет (2)
O’ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI

2-ilova



BUGUNGI KUNDA NAMOYISH ETILAYOTGAN XORIJIY SERILLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Hammamizga ma’lumki, bugun kunda Respublikamiz telekanallari dasturlarining asosiy qismini xorijiy seriallar tashkil etmoqda. Va tabiiyki ularda ilgari surilgan g’oyalar, aktrisalar egnidagi liboslar turmush tarzimizga o’z ta’sirini o’tkazmay qolgani yo’q. Men bugungi notiqlik chiqishimni ana shu mavzuga bag’ishlamoqchiman.

SHanba kuni edi. O’qishdan borib sartarosh qo’shnimiz Abdulla tog’alarni ko’rish uchun lar xonadoni tomon yul oldim. Ostonaga qadam qo’yar ekanman, tog’aning sartaroshxonasida yuz berayotgan voqea beixtiyor e’tiborimni tortdi. Sartaroshxonaga o’g’ilchasini yetaklab kelgan ayol yig’lab sochini oldirishga ko’nmayotgan o’g’liga bir gap aytdi-yu, bolakay qaysarlik qilishdan to’xtadi. Onasining, sataroshnineg amriga bo’ysunishga o’tdi. Onasi bolasiga nimadir degan. Mana o’sha purma’no jumlalar: “Agar sochingni oldirmasang, “SHeryurak”ni ko’rmaysan”. Bu gapdan bola shunaqa o’zgardiki, go’yo dahshatli hodisa yuz bergandek bo’ldi. Navbat kutib turgan mijozlarning ba’zilari miyig’ida kulib qo’ydi, ba’zilari esa ana xolos deganlaricha qoldi.

Bu seriallar turmushimizga shu qadar singib ketdiki, erta-kech diqqat-e’tiborimizda turadigan, hatto kundalik ish rejalarimizni ham shunga qarab belgilaydigan bo’ldik.

2-kursni tugatish arafasida Dialektologiya, ya’ni SHevashunoslik fanidan dala amaliyotini o’tash maqsadida shevaga xos so’zlarni to’plash uchun yetmishni qoralagan bir otaxon huzuriga bormoqchi bo’lib telefon orqali aytsam, “Faqat kechki payt kelmagin, yaxshisi, kinodan keyin kelarsan” degan javobni olib, juda hayron qoldim, to’g’rirog’i qo’ng’iroq qilganimga afsuslandim.

Farzandlarni u-bu ishga buyurganda topshiriqni bajarish uchun ana shu seriallarni “ko’rsataman” deb “pora” taklif qilinsa yoki “ko’rmaysan bo’lmasa” deb ta’kidlansa, g’isht qolipdan oson ko’chadigan bo’lib qolibdi. Eng achinarlisi, yurtning ertasi bo’lgan biz kabi yoshlarga yordam qo’lini cho’zish o’rniga vaqtini ana shu “mo’’jiza”larni ko’rishga sarf etayotganlar ham, ming afsuski, oramizda bor ekan!

Yana shunga o’xshash bir voqea bilan fikrimni davom ettirsam. Qiziga g’arbcha kiyimlar harid qilgan ona ularni kiygizib ko’chaga chiqarayotgan paytda ota ishdan kelib qoldi. Uyga kirdi-yu, qizini “evropacha” kiyimlarda ko’rib ajablandi:


  • Ha tinchlikmi, nimasi bu?

Ona: – Bizniyam qizimiz chiroyli bo’lib yursin.

  • Ochiq-sochiq yursin, desang-chi?

  • Nega endi, hozir hamma shunday yuradi-ku!

  • Yuqot bunaqa yurishlaringni!

Qizi: – Nimasi yomon, dada?

Ona: – Hozir kiymasa qachon kiyadi, dadasi?



  • SHunaqami? Hozir kiymasa, qachon kiyadi degin? Ertaga begona yigit bilan ko’rsang, hozir yaxshi ko’rmasa, qachon yaxshi ko’radi, deysan. Keyinrok boshqasi bilan ko’rsang, hozir yurmasa, qachon yuradi deysan; bir baloni orttirib kelsa, bunga sen aybdor ekaningni tan olasanmi?

  • Ey qo’ying, nimalar deyapsiz-a...

  • Ha, hozir demasam qachon deyman? Senlar ham mening aytganlarimni hozir qilmasalaring qachon qilasanlar...

Xullas, telekanallarda uzluksiz namoyish etilayotgan seriallarning ko’pgina qismi g’arbga xos behayo turmush tarzini targ’ib qiladi, ma’naviyatimizni esa zimdan yemiradi. Balki siz har kim o’ziga to’g’ri bo’lsa, hech qanday kino uning turmush tarziga, yurish-turishiga, ma’naviyati-yu madaniyatiga ta’sir eta olmaydi, dersiz. Bu ham to’g’ri. Lekin o’sha behayolik o’zimiz bilmagan holda ongimizga singib qolsa-chi? Axir hayotda hamma narsa bo’lishi mumkin-ku! Men bu bilan seriallarni ko’rmang deyish fikridan yiroqman. Zeroki, har kim dunyoni o’zicha kashf etadi.

Darvoqe, orangizda mening fikrlarimni tinglab “bu bir tomonlama qarash, hayotga bir ko’z bilan qarab bo’lmaydi” deyayotganlar ham yo’q bo’lmasa kerak. To’g’ri, hayotga bir ko’z bilan qarab bo’lmaydi. SHu jumladan, bugungi kun seriallariga ham, chunki ularning ayrimlarida ibrat olsa arzigulik g’oyalar va ijobiy xarakterga ega bo’lgan kahramonlar obrazlari ham talaygina. Lekin men bugun seriallarning bir tomoni, ya’ni salbiy ta’siri haqida mulohaza yuritdim.






Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash