O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet113/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

1.Sanoq sonlar bir turdagi narsaning umumiy sanog‘i, sonning nomini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: bir, ikki, uch, to‘rt, besh. Sanoq sonlar numirativ so‘zlarsiz va numerativ so‘zlar bilan ishlatiladi: besh kishi, o‘n yil, uch qop un, o‘n olti tonna bug‘doy kabi.

Sanoq sonlar numerativ so‘zlarsiz yoki numerativ so‘zlar bilan qo‘llanib, ko‘plik affiksini qabul qilganda chama, taxmin ma’nosini ifodalaydi: soat beshlar bo‘ldi, oradan uch kunlar o‘tdi. Xuddi shuningdek, ma’no sanoq sonlarning juftlanishi orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Darchadan besh-olti kishishi kirib keldi.

Sanoq sonlarning ba’zi turlarigagina 3-shaxs egalik affiksi qo‘shilib, ularni otlashtirishi mumkin: Biri olim, biri muallim. Sanoq sonlar hech qanday affikssiz ham otga ko‘chishi mumkin. Masalan: qirq, yetti, yigirma kabi aza marosimlari nomi shular jumlasidandir.

Barcha sanoq sonlar o‘rtasida bir soni alohida grammatik xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Uning bunday polisemantik xususiyati quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:

a) bir soni ot oldidan kelib, gumon, noma’lumlik ma’nosini hosil qiladi: Bugun sizni bir kishi so‘rab keldi. Bir soni miqdor bildiruvchi so‘zlar oldida kelganda ham shunday ma’nolar hosil bo‘ladi: bir talay, bir necha, bir oz, bir qadar.

b) holat ma’nosidagi fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib ma’noni kuchaytiradi: Mashina bir silkinib, to‘xtadi. Ertaga bir dam olmasam bo‘lmaydi.

d) uyushiq bo‘laklar yoki sodda gaplarda biriktirvuchi bog‘lovchi vazifasini bajaradi: Xursandligidan bir kuladi, bir yig‘laydi.

c) ayiruv-chegaralov yuklamasi vazifasini bajarishi mumkin: Mening ishonchim bir sensan.

f) bir soni jo‘nalish, chiqish kelishigi affiksi bilan hamda –day, affiksi bilan qo‘llanganda ravishga ko‘chadi: birga ishlamoq, birdan kirib kelmoq, birday qaramoq. 

2.Dona sonlar bir turdagi narsani yakkalab, donalab sanaladigan umumiy miqdorini anglatadi va sanoq songa –ta affiksini qo‘shish orqali shakllanadi: beshta, o‘nta, ikkita. Biroq, -ta affiksi bir soniga qo‘shilganda r undoshi t tovushiga o‘zgaradi: bir+ta= bitta.

Dona son hosil qiluvchi –ta affiksi numerativ so‘z o‘rnida ishlatiluvchi vosita sifatida ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi: Beshta qalam-besh dona qalam, to‘rtta talaba-to‘rt nafar talaba, yuzta qoramol-yuz bosh qoramol.

Ba’zan dona sonlar fe’l oldidan kelib, hol vazifasini bajaradi: Uning bitta gapirib, o‘nta kuladigan odati bor.

Boshqa miqdor sonlardan farqli ravishda, dona son hosil qiluvchi –ta affiksidan keyin ko‘plik ifodalovchi –lar affiksi hamda kelishik qo‘shimchalari qo‘shilmaydi. dona sonlar 1,2-shaxs birlikdagi egalik affiksi bilan ham deyarli qo‘llanmaydi. Faqat 3-shaxs egalik affiksini qabul qilib, otlashishi mumkin. Bunday holda dona sonlar turli kelishik affikslarini qabul qilishi va ot singari vazifalar bajarishi mumkin. Masalan: Birniki mingga, mingniki tumanga.





Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish