Yo‘qlikni-da, ochlikni-da yo‘q etar O‘z yurtini har narsaga to‘q etar.
Mavhum otlarni toping.
A) o‘lka, ko‘lanka B) yo‘q, to‘q C) yo‘qlik, ochlik D) yurt
8. Buyum-narsa oti yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etgan qatorni toping
A) tuzdon, karkidon, ochiq C) supurgi, qatiq, qipiq
B) kiyim, kurak, qirg‘ich D) qultum, uzun, xum
9. Mavhum ot yasovchi qo‘shimchani toping
A) -chi B) -k, -ak C) -gich D) -lik
10. Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,
Labing yaprog‘idin tomgan ki go‘yo qatra bol bo‘lsam.(H.Olimjon)
Baytdagi so‘zlarning nechtasi ot turkumiga mansub?
A) 7 tasi ot B) 5 tasi ot C) 4 tasi ot D) 6 tasi ot
11. Qaysi qator faqat kichraytirish va erkalash otlaridan iborat?
A) yulduzcha, archa, cho‘pchak B) tugunchak, qo‘zichoq, kuyunchak
C) qizaloq, yalinchoq, qo‘g‘irchoq D) kelinchak, bo‘taloq, kitobcha
12. Tub sifat berilgan qatorni toping
A) ko‘kimtir B) kul rang C) kuydi-pishdi D) tungi
13. Taqlid so‘zdan yasalgan sifatlar berilgan qatorni toping.
A) yaltiroq, yarqiroq, so‘lqildoq B) jizza, qahqaha, sharshara
C) do‘rildoq, chiyildoq, likildoq D) qalbaki, xomaki, dahanaki
14. Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan so‘zlar qatorini toping
A) borma, suzma, qaynatma B) iliq, qiliq, baliq
C) qo‘zichoq, sersuv, bolali D) qochoq, topqir, maqtanchoq
15. Sifat+ot ko‘rinishdagi qo‘shma sifatlar berilgan qatorni belgilang
A) sovuqqon, balandparvoz C) dunyoqarash, toshbag‘ir
B) kamgap, kamquvvat D) beshqarsak, beshotar
16. Quyidagi xususiyatlarning qaysi biri otlashgan sifatlarga xos emas?
A) Otga xos ko‘plik qo‘shimchasini qabul qiladi
B) otga xos egalik qo‘shimchasini qabul qiladi
C) otga xos yasovchi qo‘shimchalarni qabul qiladi
D) gapda otga xos barcha sintaktik vazifalarni bajara oladi
17. Qaysi gapda sifat otlashmagan?
A) Axir, musulmon odamman, aylanay! - dedi Hoji xola.
B) Kambag‘alni tuyaning ustida it qopar.
C) Musofirga yo‘l ko‘rsatib, suv berish savob.
D) Tong otishiga yaqin uch yarim sotixcha joyning past-balandini tekislab bo‘lgandi.
18. Jamlovchi son qaysi qatorda qo‘llangan?
A) So‘rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi
B) Saida uyiga kech soat o‘n birlarda qaytdi
C) Shunday qilib, to‘rtala nomzod ham ro‘yxatda qoldi.
D) Patnisda to‘rtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va bir bosh oq uzum bor edi
19. Butunning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) nafar, bosh, nusxa C) chaqmoq, luqma, shingil
B) siqim, to‘da, botmon D) shingil, quloch, kun
20. Qaysi gapda kasr son mavjud emas?
A) Ikki yorti-bir butun.
B) Qizaloq yarim tishini ko‘rsatdi.
C) Bu yarim yo‘lda yodiga tushdi.
D) Anvar Sobirga oltita qo‘ydan bittasini berdi.
21. Tartib son berilmagan qatorni toping.
A) Onasi tokchadagi yettinchi lampani yoqdi.
B) Ukam beshinchi sinfda o‘qiydi.
C) Yettinchilar shanbalikka chiqdilar.
D) Beshinchi, oldinga o‘t!
22. Quyidagi so‘zlardan qay biri olmosh turkumiga mansub emas?
A) hamma B) butun C) yalpi
D) Berilganlarning barchasi olmosh turkumiga oid so‘zlardir
23. Olmoshlarning qaysi turida kelishik qo‘shimchalaridan oldin egalik
qo‘shimchalari bo‘lishi shart?
A) kishilik olmoshlarida D) belgilash olmoshlarida
B) o‘zlik olmoshlarida C) ko‘rsatish olmoshlarida
24. Kishilik olmoshlari quyidagi qo‘shimchalardan qaysi birini odatda olmaydi?
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalarini B) kelishik qo‘shimchalarini
C) egalik qo‘shimchalarini D) ko‘plik qo‘shimchasini
25. Olmoshlarga kelishik qo‘shimchalari qo‘shilganda, qanday tovush o‘zgarishi yuz beradi?
A) tovush tushishi B) tovush orttirilishi
C) tovush almashishi D) A va B
26. II shaxs qaratqichli birikma o‘rnida olmosh qatnashgan gapni aniqlang
A) Kaminaning ham sizga aytolmagan gaplari bor edi
B) Biz mana shunday muvaffaqiyatlarga erishdik
C) O‘zlarining ham fikrlarini eshitsak yomon bo‘lmasdi
D) Sening irodang mustahkam emas
27. Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatilishi mumkin?
A) ko‘rsatish, so‘roq, belgilash olmoshlari
B) kishilik, so‘roq, va belgilash olmoshlari
C) so‘roq va belgilash olmoshlari
D) kishilik va ko‘rsatish olmoshlari
28. O‘tgan zamon davom fe’li qaysi qatorda qo‘llangan?
A) Gimnastika badan g‘uborini tozalaydi
B) Bu shovqin-suron hech nimani isbotlamadi
C) Cho‘lning taqir betida bir parcha qor ko‘rinmas edi
D) Bu institutning dovrug‘ini ko‘p eshitganman
29. Shart maylidagi fe’llar "kerak" so‘zi bilan birga qo‘llanganda qanday ma’noni anglatadi?
A) istak ma’nosini B) maslahat ma’nosini
C) faraz ma’nosini D) bajarilishi shart bo‘lgan ish harakatni
30. Ajablanmoq, faxrlanmoq, ikkilanmoq, jonlanmoq, odatlanmoq, zavqlanmoq,
Do'stlaringiz bilan baham: |