Ona tilimizning butun jahon hamjamiyatida o’ziga xos munosib o’rni bor desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Bunga isbot-u dalil o’laroq shuni aytib o’tamizki, dunyo adabiyoti vakillari maydonidagi barcha adib-u shoirlarga qaraganda bobomiz Alisher Navoiyning o’z asralarida ko’p so’z ishlatgani yaqqol misoldir.
Axir bir fikr yurutib ko’rsak o’zbek tilida uning istalgan rivojlanish bosqichida yaratilgan barcha adabiyot namunalari; g’azalmi, dostonmi, devonmi, romanmi, she’rmi, ruboiymi barchalari dunyo adabiyotida o’ziga xos o’ringa ega. Ular ichida esa jahonning yirik durdona asarlari bor desak, har holda ayrimlar “ Bizning bunga shubhamiz bor”- desalarda, ikki qo’llari yoqalarini changallagancha mahkam ushlab turganini adabiyot ko’zi orqali shaksiz ko’rishimiz mumkin
Tilni o’rganish orqali o’sha til egalarining madaniyatini, ma’naviyati haqida ma’lum darajada bilishimiz mumkin. Faraz qilaylik millat o’z tilidan foydalanishni kamaytirsa , boshqa tilga muloqot qilishga majburlansa shu o’zga til bilan birgalikda o’zga biz uchun yod bo’lgan madaniyat kirib keladi. Xoh u madaniyat bizga foydali bo’lsin, xoh foydasiz ba ziyon bo’lsin baribir u kirib kelib millatning tub bo’lgan, qom-qomiga singan madaniyatiga ma’lum darajada ta’sir qiladi
Ohirgi vaqtlarda ona tilimizga bo’lgan e’tibor kuchayib uning ahamiyatini qadrini yanada oshirishga qaratilgan chora tadbirlar ko’paydi. Zero yaqinda rostmana kuchga kirgan barcha hujjatlarni davlat tilida yurguzish bo’yicha bo’lgan qaror bunga misol bo’la oladi
O’zbek tilini har sohada keng miqyosda, nafaqat hujjat ishlarida ,balki, rostmana jamiyatning, sohaning har bir tarmog’ida o’ziga munosib tarzda ishlatilishiga qo’llanilishiga ko’plab asosli sabablar mavjud. Ahyon-ahyonda desak noto’g’ri bo’lar-u, lekin keng ko’lamda biz hukumat mansabdor doiralarining, korxona rahbarlarining , mutasaddi vakillarning, jamiyatga va ma’lum doiradagi insonlarga yo’lboshchilarning o’zinining ona tilisida xatolar qilib yozishini, so’zlarida noo’zbekona so’zlardan foydalanishlarini ko’rish bu kishini tashvishga solayotgani bor gap. Ular yo’lboshchi, rahbar bo’la turib ona tilimizdagi bilim va ko’nikmalari talab darajasida emasligi shubhasiz insonni o’yga toldiradi. Xo’sh, bu holatni bartaraf qilish maqsadida ham, o’zbek tilini bilish darajasini yetarli miqdorga olib chiqishimiz lozim. Ko’p hollarda hali-xanuz bir qancha farmonlarning rus tilida yuritilishi bu maqsadga mo’nelik qiladigan eng kata sabablardan biri edi ,ammo, bu ham o’z yechimini topdi. Qonunlar va hujjatlarning, davlar byurokratik ishlarining hammasi o’z tilimizda yuritilishi haqidagi qonun bu nuammoga barham berdi. Albatta, bu tilizmizni rivojlantirish haqidagi qonunlar hech qachon yurtimizda yashovchi o’zga millat tillariga aslo taziyq o’tkazmaydi, halaqit bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |