Mazmunni to‘liq qamrabolishi bo‘yicha
- umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi)
- ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarni hisobga olib muayyan
jihatlardagi tavsifini beradi)
- guruhli (mavzui bo‘yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi)
5-topshiriq. Rezyume haqidagi ma’lumotni o‘qing. O‘zingizning rezyumengizni yarating.
Rezyume fransuzcha “résumé” so‘zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson to‘g'risida ma’lumotni taqdimetadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.
Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O‘zbek tilida bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Shaxsiy ma’lumot
a. Ism-sharif (talab qilinadi)
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
c. Jins (majburiy emas)
d. Millat (majburiy emas)
e. Tug'ilgan sana (majburiy emas)
2. Qisqacha mazmun va/yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o‘tish.
7-topshiriq. Maqola, taqriz va tezisning o`xshash va farqli jihatlarni taqqoslang va tahlil qiling.
12-MAVZU: Dastlabki ilmiy tadqiqotlarda adabiy til me’yorlari.
Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish.
Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari va ularning adabiy til me’yorlari: kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar, perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzats)
Ilmiy -tadqiqot ishlari – bu yangi bilimlarni olish, farazlarni sinab ko‘rish, naqshlarni o‘rnatish, loyihalarni ilmiy asoslash maqsadida izlanishlar, tadqiqotlar, tajribalar bilan bog'liq ilmiy ishlanmalar.
Ilmiy tadqiqot olib borish uchun birlamchi shart chuqur bilim sohibi bo‘lish. Bilim odatda o‘qish-o‘rganish orqali egallanadi. Talaba o‘rta maktabda olgan bilimini oliy maktabda o‘zi tanlagan fanlar bo‘yicha chuqurlashtiradi. Yosh tadqiqotchining bilim poydevorini oliy o‘quv yurtida umumta’lim predmetlari bo‘yicha, maxsus kurslarda o‘zlashtirgan bilimlari tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ana shu bilim poydevorini o‘z mustaqilmehnati, o‘qib-o‘rganishi bilan boyitadi. Buning uchun o‘zi tanlagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-metodik adabiyotni chuhur o‘rganishi zarur.
Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur shartlardan biri - mehnatsevarlik. Ilm qunt bilan uzluksiz mehnat qilishni talab qiladi. Ilmiy tadqiqot kishining ko‘p vaqtini egallab qo‘yadi, boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga vaqt oz qoladi. Ilm fidoyisigina bunga ko‘nikadi, havoyi kishi ilm dargohidan tezda surilib chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |