O'zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi reja: asos va qo'shimchalar imlosi


QAVS, KO'P NUQTA VA ULARNING QO'LLANILISHI



Download 90 Kb.
bet8/12
Sana18.07.2022
Hajmi90 Kb.
#823787
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI VA SOHA EGALARINING SAVODXONLIGI

QAVS, KO'P NUQTA VA ULARNING QO'LLANILISHI
Qavs o'zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan bosh­lab ishlatila boshlangan. Dastlab «Turkiston viloyatining gazeti» da 1873-yilda ishlatilgan.
U quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:

  1. Kirish gaplarda. O'zbekiston paxta ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanib (Xitoy, AQSH, Hindiston va Pokistondan keyin beshinchi o'rinda turadi), eksport bo'yicha AQSHdan so'ng ikkinchi o'rinda turadi.

  2. Remarkalarda. Xon (yolg'iz). Shu tiriklikdan-da bez-dirdilar meni (Turib yuradur). Bir dushmanimning qoni qurimayin yana bittasi chiqib qoladur (A. Fitrat).

  3. Olingan misollar yoki gaplar manbayida. Ilm inson-larning madori, hayoti, rahbari, najotidur. (Abdullo Av-loniy). Jannat onalar oyog'i ostidadur (hadisdan). «Qasosli dunyo» («Avlodlar dovoni» romanidan).

4. Izoh ma'nosidagi so'z yoki so'z birikmalarida.
Ro'za hayiti (Iyd al Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd alAdha)ning birinchi kuni O'zbekiston Respublikasi hudu-dida dam olish kuni deb belgilangan. Demokratiya yunoncha so'z bo'lib, tarjimada xalq hokimiyati (demos — xalq, kratos— hokimiyat) ma'nosini bildiradi.
5. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi. «Qutadg'u bi-lik» ( «Baxt keltiruvchi bilim»). Shuh rat (G'ulom Amin- jonovich Olimov) atoqli o'zbek yozuvchilaridan biridir.
Eslotma. Qavsdan matematika fanida ham keng foy­daianiladi.
(57 + 38)- 17 = ?
[ ] ko'rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko'p uchraydi. Masalan, egalik qo'shimchasi g'o'shilganda shah [a ] ri, o'r [ i | ni, sing [ i ] lisi so'zlaridagi «a», «i» qoidaga ko'ra tushiriladi kabi.

KO'P NUQTA VA UNING QO'LLANILISHI


Ko'p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o'zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan. 1876-yildan e'tiboran «Turkiston viloyatining gazeti» da muntazam qo'llangan.
Ko'p nuqta quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:
1. Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida. To'ra biroz o'ylab turgach, podshoning devordagi suratini, so'ngra o'zining yelkasidagi pogonini ko'rsatdi.
— Mana shu imperiya... .
Miryoqub hech narsa anglamadi (A. Cho'lpon).
2. So'zlovchining cheksiz his-hayajonini, beqiyos tabiat
manzaralafini ifodalash uchun.
Do'xtir ayol og'iz berkitib piq-piq yig'ladi.
—- Men... men O'zbekistonda besh-olti yil ishiab edim, — deya yig'ladi. — Bechora xalq-a, bechoragina xalq-a.. ( 7. Murod). Qish... Butun atrof oppoq libosda...
3. Matn (jumla) qisqartirilsa.

  • Anovi kuni menga bir oyat aytib edingiz? -Xo'sh, xo'sh?

  • Ilkimdin kelguncha... — deb boshlanar edi.

—• Ha-ha, bo'tarn, lekin bu oyat emas, hazrat Navoiy-ning hikmatlaridur (X. To'xtaboev).
4. Fikr bo'lib-bo'lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa.
Muhammadyor yolg'iz:
— Turkistonda birinchi m.. .m.. . m... artaba tia.. .t.. .t... tr. — dedi-da, fikrg'a toldi
5. Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa.
— Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelgan-man. Tushundingizmi?
— Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov).
6. Tushirib qoldirilgan harf, so'z yoki boshqalar o'rnida.
Nuqtalar o'rniga kerakli harfni qo'yib ko'chirib yozing.
Xayri...x, a...loq, ...abar.

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish