Hududiylik tilning ma’lum hudud bilan bog‘liqligini ifoda etadi. Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, an’analar, tarixiy-etnik birlik va yagona davlat tizimining shakllanganligi bilan bog‘liq. Millatning, hududning, tarixiy-etnik asos va taraqqiyotning o‘zgachaligi tillar o‘rtasidagi farqlar uchun asos bo‘ladi. Millat va etnik asosning bir xil bo‘lishi hududning farq qilishidan qat’i nazar, aloqa-munosabat vositasining bir xil bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, o‘zbek va tojik tillarida har bir tilning o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanadi. Bir xil etnik asosga ega bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz tillari o‘rtasida fonetik, leksik, grammatik farqlar bor. Adabiy til va shevalar o‘rtasida ham tilning ichki tuzilishi bilan bog‘liq farqlar kuzatiladi.
“Tаbiаt vа jаmiyatdа insоn tilidаy sеrqirrа, shаkl vа mаzmun munоsаbаti murаkkаb hоdisа kаm tоpilаdi. Til dunyoni bilish, bilimlаrni tо‘plаsh, sаqlаsh, kеyingi аvlоdlаrgа yetkаzish, ruhiy munоsаbаtlаrni аks ettirish, gо‘zаllik kаtеgоriyalаrini vоqеlаntirish kаbi bir qаnchа vаzifаlаrni
Umumxalq tili milliy til va adabiy til tushunchalari tilning ijtimoiy taraqqiyot jarayonini o‘zida aks ettiruvchi terminlar bo‘lib, ular o‘rtasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik bo‘lishi bilan bir qatorda, farqli tomonlar ham mavjud. Xususan, umumxalq tili va milliy til, hozirgi davr nuqtayi nazaridan qaralganda, bir xil (sinonim) tushunchalardir. Shu bois tilshunoslikda ularning biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llash hollari ham ko‘p uchraydi. Biroq umumxalq tili til taraqqiyotining barcha bosqichini, ya’ni eng qadimdan hozirgacha bo‘lgan davrini o‘zida mujassamlantiradi. Milliy til tushunchasi esa ana shu ko‘p asrlik tarixning millat shakllangandan keyingi davrinigina ifodalaydi. Demak, umumxalq tili tushunchasi til tarixining barcha bosqichlariga xos tushuncha bo‘lsa, milliy til tushunchasi muayyan millat shakllangandan keyingi davrga xosligi bilan undan farqlanadi.
Shevalardan o‘rinli foydalanish badiiy ijodning, umuman, nutqning badiiyligini, uslubning fazilati, ta’sirchanligini oshiradi. Ammo shevalarning ishlatilish doirasi va me’yori chegaralangan. Shevalarni faqat badiiy va so‘zlashuv uslubida qo‘llash mumkin. Rasmiy, ilmiy uslublarda shevaga xos so‘zlarni qo‘llash to‘g‘ri emas. Shuni ham qayd etish lozimki, matbuot, radio va televideniye, maktab va maorif muassasalari ta’siri natijasida adabiy tilning qo‘llanish doirasi kengayib boradi. Shevalardan o‘rinli foydalanish badiiy ijodning, umuman, nutqning badiiyligini, uslubning fazilati, ta’sirchanligini oshiradi. Ammo shevalarning ishlatilish doirasi va me’yori chegaralangan. Shevalarni faqat badiiy va so‘zlashuv uslubida qo‘llash mumkin. Rasmiy, ilmiy uslublarda shevaga xos so‘zlarni qo‘llash to‘g‘ri emas. Shuni ham qayd etish lozimki, matbuot, radio va televideniye, maktab va maorif muassasalari ta’siri natijasida adabiy tilning qo‘llanish doirasi kengayib boradi.
Jamiyatdan tashqarida yashagan inson qancha umr ko‘rmasin, u gapira olmaydi. Chunki til nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tmaydi, ya’ni uni irsiyatga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Irsiyatqonuniga binoan, bolaning biologik, antropologik xususiyatlari avloddan avlodga o‘tadi, lekin o‘zbek oilasida tug‘ilgan bola faqat o‘zbek tilida gapiradi, deyish noto‘g‘ridir. U qaysi tilda gapira boshlashi qaysi oila, qaysi ijtimoiy muhitda tarbiyalanishiga bog‘liq. Bolaning qaysi tilda so‘zlay boshlashi uni o‘rab turgan til muhitiga bogliq. Masalan, fransuz bolasi go‘daklikdan yaponiyaliklar orasida tarbiyalansa, u faqat yaponcha so‘zlab, ajdodlari tilini bilmaydi, yapon tili uning ona tiliga aylanadi. Ammo bolaning biologik belgilari (yuz tuzilishi, sochining rangi va hokazolar) o‘zgarmagan holda shakllanib boradi.
E’TIBORINGGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |