O’zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi



Download 464,63 Kb.
bet1/2
Sana17.07.2022
Hajmi464,63 Kb.
#812357
  1   2
Bog'liq
O’ZBEK TILINING IJTIMOIY FUNKSIYALARINING KENGAYISHI

O’ZBEK TILINING IJTIMOIY FUNKSIYALARINING KENGAYISHI

REJA:

  • 1. Til va jamiyat munosabati. Sotsiolingvistika. 2. Til integratsiyasi va differensiatsiyasi. 3. Tilning ijtimoiy ko‘rinishlari. Tilning ijtimoiy vazifalari.

Til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganuvchi soha sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) deb yuritiladi. Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni:
1) jamiyat va til aloqadorligi va bu munosabatning tarixiy jarayon, hodisa ekanligini;
2) tilning ijtimoiy vazifalarini, ularning taraqqiyot xususiyatlarini;
3) adabiy til, shevalar lug‘at boyligining kengayishi, ortib borishini;
4) yashash muhiti yaqin, turmush tarzi o‘xshash hamda o‘zaro iqtisodiy munosabatlari shakllangan xalqlar tillarining bir-biriga ta’sirini;
5) sotsial chegaralangan nutq xususiyatlarini;
6) yosh, gender jihatdan farqlanuvchi nutq ko‘rinishlarini tahlil qiladi.
Dunyo tillarining, ma’lum ma’noda, o‘ziga xosligini yorituvchi, muayyan tilning boshqa tillardan farqli jihatlarini ko‘rsatuvchi tadqiqotlar yaratilgan. Mazkur tadqiqotlarning bosh masalasi til va jamiyat munosabati talqinidir. Tilning jamiyat bilan bog‘liq tomonlarini o‘rganish tilning o‘ziga xos ichki qurilishi, imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir. “Til hayotimizning markaziy hamda tabiiy qismi hisoblanadi. Inson yoshligidan muloqot qilish, so‘zlashish qobiliyatiga ega bo‘ladi va atrof-muhitga moslashadi. Til insonning fikrlash qobiliyatini shakllantiradigan, uning e’tiborini jalb qiladigan hodisadir. Til insonlar o‘rtasida axborot almashish, his-tuyg‘ularni ifodalash va shaxsning o‘z tabiatini namoyon qilish vositasidir. Tilshunoslik insoniyatgagina xos bo‘lgan tilni ilmiy jihatdan o‘rganadigan, uning barcha shakllarini, xossalarini tadqiq etadigan sohadir. Til lingvistikaning turli aspektlarida o‘rganiladi va ularning barchasida asosiy vosita vazifasini bajaradi. Mazkur yo‘nalishlarning qaysi biri lingvistikaning asosini tashkil etishi tilning o‘ziga xos jihatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilish natijasida aniqlanadi”
Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda tarixiylik, hayotiylik, me’yoriylik, hududiylik kabi qator mezonlarga amal qiladi. Avvalo, til voqelik sifatida mavjud bo‘lishi uchun muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichidan o‘tishi kerak. Tilning paydo bo‘lishi, yaxlit tizim tarzida shakllanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi uning tarixiyligi bilan bog‘liq.
Tilning hayotiyligi uning aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjudligidir. Tilda so‘zlashuvchi jamiyat bo‘lmasa, u o‘lik tilga aylanadi. Til hayotiy bo‘lishi uchun shu tildan foydalanadigan jamiyat Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda tarixiylik, hayotiylik, me’yoriylik, hududiylik kabi qator mezonlarga amal qiladi. Avvalo, til voqelik sifatida mavjud bo‘lishi uchun muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichidan o‘tishi kerak. Tilning paydo bo‘lishi, yaxlit tizim tarzida shakllanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi uning tarixiyligi bilan bog‘liq.

Download 464,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish