|
“O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (1995) ga asosan qo`shilib yoziluvchi so`zlar qatorini belgilang?
A)yarim orol, bir yoqlama
B)bir oz, yer yong`oq
C)bir zum, liq to`la
D)so`z boshi, muz yorar
|
|
Fe’llarning lug`aviy shakllari hisoblanadigan so`zlarni toping.
A)ol, yur, qal B)o`sayotgan, yozish, oqib
C)esa, bo`ldi D)edi, ekan, emish
|
|
“Ravshanxon bu bog` devorlariga qarasa tik paxsani ishlagan, devorning tagini g`ishtlagan, juda mahkam qilib tashlagan, devorlarini gachalagan”
Ushbu matn qaysi dostondan olingan va qanday badiiy san’at ifodalangan?
A)“Ravshan”; saj
B)“Kuntug`mish”; tamsil
C)“Ravshan”; qofiya
D)“Yodgor”; radif
|
|
Ega tobe (ergash) gapli qo`shma gapni toping?;
A)Qalb salomat bo`lsa? Aql ham? Fikr ham salomat boladi
B)xalqimiz tushundiki, istiqlolni saqlash,uni rivojlantirish oson emas ekan.
C)Hayot qaysi biriga qattiq tegib ketsa, o`shanisi kuchliroq tovush beradi.
D)Unga tomon qancha yursang, u sendan shuncha uzoqlashadi.
|
|
O`sha zamon hukmdori bu adibni yozgan asari uchun nima deb taqdirlaydi?
A)hos hojib B)hojibul bujob C)ulug` shoir D)ikkinchi yulduz
|
|
So`z yasovchi qo`shimcha shakl yasovchidan so`ng qo`shilgan yasama so`zni belgilang.
A)ag`darma B)yarqiramoq C)ivitma
D)yo`qlama
|
|
Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat qo`llangan?
A)Paxsadevor kovaklarida yiltiroq qurtning chinog`i miltiraydi.
B)Qaynatma sho`rva qilish uchun o`choqqa qozon osdi.
C)Bizning bog`imizda kechki mevalar ham bor.
D)A va B
|
|
“Sab’ai sayyor” dostonida Dilorom xorazmlik sozchi-musiqachiga o`z sirini aytganda qanday shart qo`ygandi?
A)Xorazmdan ketishni.
B)bu sirni hech kimga aytmaslikni.
C)Muhammad Xorazmshohga aytmaslikni.
D)otasiga – Xojaga bu gapni aytmaslikni.
|
|
Qaysi qatorda izohlovchi to`g`ri ko`rsatilgan?
A)hamshira ayol, erkak o`qituvchi Mavjuda xola
B)usta Qodir, Jalil sovuq, Ona Vatan
C)hamshira ayol, erkak o`qituvchi Mavluda xola
D)barchasi to`g`ri
|
|
Qaysi ijodkor matbuotda “Guluyor” imzosi bilan asarlar e’lon qilgan?
А)Abdulla Qahhor B)Hamza С)Zulfiya
D)Cho`lpon
|
|
Birikma tarkibidagi tobe so`z turlangan javobni toping.
A)g`alabaga intilish
B)birdaniga yopirilmoq
C)yoppasiga ommalashmoq
D)yolg`ondan gapirmoq
|
|
Qaysi qatordagi so`zlar o`zaro ma’nodosh (sinonim) hisoblanmaydi
A)sabil, ordona, zormanda
B)bo`lak, parcha, qisim
C)puxta, pishiq, chidamli
D)bahs, tortishuv, munozara, mubohasa
|
|
Noma janriga mansub bo`lmagan asarni belgilang.
A)Temurnoma B)Haqiqatnoma
C)Sadoqatnoma D)Dahnoma
|
|
-lar qo`shimchasi hurmat ma’nosini bildirganda qaysi qo`shimcha bilan birgallkda qo`llanadi?
A)shaxs-son qo`shimchasi bilan
B)-lar qo`shimchasi so`zga. to`g`ridan-to`g`ri qo`shiladi.
C)egalik qo`shimchasi bilan
D)zamon shaklini hosil qjluvchilar bilan
|
|
Cho`lponning Bokuda yozgan she’ri?
A)”Ko`ngil” B)”Go`zalim”
C)”Yong`in” D)”Qalandar ishqi”
|
|
Teatrimiznhig ijodiy kuchlari birikmasidagi tobe so`z hokim so`zga qanday vosita yordamida bog`langan?
A)qaratqich kelishigi yordamida
B)qaratqich kelishigi qo`shimch’asi va ohang yordamida
ohang yordamida
D)qaratqich kelishigi va egalik qo`shimchalari yordamida
|
|
Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko`rsatgan bog`lovchisiz qo`shma gaplar orasiga qanday tinishi belgisi qo`yiladi?
A)tire B)ko`p nuqta C)ikki nuqta
D)vergul
|
|
“O`tgan kunlar” romanida sarlavha sifatida berilgan “Kiryovi kuyovning shundog` bo`lsa”, “Xon qiziga loyiq bir yigit” jumlalari kim aytgan?
A)Hasanali B)O`zbek Oyim
C)Kumush D)Mirzakarim qutidor
|
|
”O`z Vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi”
Berilgan gapda nechda so`z birikmasi mavjud?
A)6 ta B)4 ta C)5 ta D)7 ta
|
|
“Turkiston viloyati” gazetasida bosilib chiqqan "Dar bayoni ta’rif va tavsifi Toshkand" asari kim tomonidan yozilgan?
A)Muqimiy В)Komil Xorazmiy
С)Almaiy D)Furqat
|
|
Guldan, oq, beshta, uzib, yozish, o`sayotgan, biz, lov-lov, singari, faqat, aytib berdi.
Ushbu sanab o`tilgan so`zlardan necha so`z ismlar tarkibiga mansub?
A)4 B)7 C)5 D)6
|
|
Qaysi qatordagi so`zlarni yasalishida olmosh asos bo`lgan?
A)O`zbilarmon, manman, o`zboshimcha
B) o`zidan ketmoq, o`ziga kelmoq, sensiramoq C)uncha-muncha, man-man, sizlamoq
D) Barchasiga asos bo`lgan.
|
|
“Farhod va Shirin” dostonida Farhodning Ahraman dev, temir odam va ajdahoni yengishdagi quroli nima edi?
A)Suqrot bergan qilich B)sabr-toqat C)Ishq D)Shirin sovg`a qilgan xanjar
|
|
Sovuqdan o`rtog`imning qulog`i, burni qizarib ketgan edi.
Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar miqdorini aniqlang?
A)3 ta B)5 ta C)1 ta D)4 ta
|
|
Qaysi jumlada gap urg`usi o`qituvchimiz so`ziga tushgan?
A)Bizni dam olish kuni o`qituvchimiz muzeyga olib boradi.
B)Bizni o`qituvchimiz dam olish kuni muzeygaolib boradi.
C)Dam olish kuni o`qituvchimiz bizni muzeyga olib boradi.
D)Muzeyga bizni dam olish kuni o`qituvchimiz olib boradi.
|
|
“Shohnoma” dostoni qaysi usulda qofiyalangan?
A)barmoq usulida B)murabba usulida
C)masnaviy usulida D)g`azal usulida
|
|
Ravishdoshlar qanday holatda gapda hol bo`lib kela oladi?
A)bir mustaqil ma’noli fe’lni ko`makchi fe’l bilan bog`lab kelganda
B)harakat tarzi shakllari tarkibida bo`lganda
C)harakat tarzi shakllari tarkibida yoki mustaqil fe’lni ko`makchi fe’l bilan bog`lab kelganda
D)bir mustaqil ma’noli fe’lni ikkinchi mustaqil fe’l bilan bog`lab kelganda
|
|
Ayiruv bog`lovchilardan qaysi biri yolg`iz va takror qo`llanishi mumkin?
A)dam, ham B)ba’zan, na
C)yo (yoki) D)goh, ham
|
|
“Qutadg`u bilig” asarining Namangan nusxasi Eshon Lolaresh degan kishining qo`lida ekanligini kim qachon ma’lumot bergan?
A)Valizoda 1914-yilda
B)Valizoda 1915-yilda
C)Jaubert Amedee 1914-yilda
D)Purqshtall 1915-yilda
|
|
Quyidagi qo`shimchalarning qaysilari ravish tarkibida yaxlitlanib qolishi mumkin?
1-ga 2- dan 3- da 4- i(-si) 5- lar
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C)1,2,3 D)1,2,4,5
|
|
Said Ahmadning “Qoplon” hikoyasidagi kuchli satira ostiga olingan salbiy qahramon nomini aniqlang
A)Ergash B)Qurbonboy
C)Tillayev D)To`lanboy
|
|
Qaysi qatorda ismlarning lug`aviy shakllari berilgan?
A)– ga, - lar, - dan, - ning
B)–cha, -man, -loq, -dir
C)- cha,- lar,- jon,- choq
D)–gina, -xon, -ni, -imiz
|
|
“Ayog`imga tushar har lahzagisu” g`azali qaysi vaznda yozilgan?
A)hazaji musaddasi mahzuf
B)ramali musaddasi mahzuf
C)mutaqoribi musaddasi mahzuf
D)hazaji musammani mahzuf
|
|
Kimki bo`lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. Ushbu to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap qanday vosita orqali bog`langan?
A) – ki yuklamasi B) –sa C) nisbiy so`zlar D)ohang
|
|
“Mening o`g`rigina bolam” hikoyasida-Roziya buvi: "tuyaning ko`ziday non anqoga sharig`", -deydi. Buning ma’nosi nima?
A)o`g`rilarning ko`payib ketganiga ishora
B)muttaham; imonsiz odamlar ko`payib ketgan
C)ti’rikchilik og`ir bo`lib qolgan
D)nonlar uvol bo`layapti
|
|
Yo`q//yo`q// Bu og`ir ishni bo`ynimga ololmayman//
Belgilar o`rniga qanday tinish belgilar qo`yiladi?
A)chiziqcha, undov, undov
B)chiziqcha, ko`p nuqta, undov
C)vergul, undov, undov
D)vergul, nuqta, undov
|