«mablag’ - harakat - malakalilik - odamiylik»
Insonlar orasida yaxshi odam degan fikr uyg’otish juda ham murakkab, buning uchun o’nlab yillar ketishi mumkin. Buni ko’pincha reputatsiya yoki imidj deb atashadi, ya’ni, ma’lum bir insonning jamiyatdagi bahosi, hurmati, e’tibori qanday, unga boshqa insonlar qanday muomala qiladilar. Lekin, ushbularni birgina qaltis harakat, gap yoki ish bilan bir zumda va tamomila yo’qotish mumkin. Masalan, biror-bir ishni o’z vaqtida bajarmadingiz, vaqtida birovga qo’ng’iroq qilmadingiz, xatiga javob bermadingiz, odobsizlik namunalarini bisyor qilib ko’rsatdingiz va hokazolar. Reputatsiyani yuqori darajada ushlab turish uchun hamma narsa muhimdir. Masalan, kiyinish madaniyati, gapirish madaniyati, jamoada o’zini tutish madaniyati, ofisning ko’rinishi va intereri hamda boshqa bir qancha, ko’rinishdan mayda-chuyda tuyulgan elementlar juda katta va hal qiluvchi ahamiyatga molik bo’lib qolishi mumkin. Shuning uchun, ham etakchi tadbirkorlarning quyidagi fikriga qo’shilmasdan aslo ilojimizyo’q:
“Foyda biz uchun juda muhim, lekin, jamiyatdagi obro`-e’tiborimiz bizga undan ham muhimdir”
Barchaning ko’ziga birinchi bor va yaqqol tashlanadigan liboslar va kiyinish madaniyati qisqacha haqida so’zlashib olamiz. Ko’pchilikka ma’lumki, ko’p joylarda Sizni kiyimingizga qarab kutib olishadi yoki mulozamat qilishadi. «To’nim eya qol» degan maqolni eslang. Sizning kiyimingiz, tashqi ko’rinishingiz Sizning o’ziga xos va juda muhim tashrif qog’ozingiz bo’lib xizmat qilishi hech kimga ham sir emas. Biror-bir kishi bilan uchrashganda, uning bir og’iz ham gapini eshitmasdan turib, uning kiyimi, ko’rinishi va o’zini tutishiga qarab, u to’g’risida ma’lum bir tushunchaga ega bo’lishingiz mumkin. Shuning uchun, ham ko’pgina muvaffaqiyatli ish yuritayotgan va rivojlanayotgan firmalar o’z xodimlaridan chiroyli kiyinishni hamda o’z tashqi ko’rinishlarini yaxshi saqlashni talab qiladilar. Bunda tashqaridan tashrif buyurgan insonlar kompaniya xodimining tashqiko’rinishini tashkilotning jonli timsoli
sifatida qabul qiladilar.
Ishbilarmon va muvaffaqiyat qozonayotgan inson harakatchan bo’lib, unda faqat o’zininggina emas, balki boshqalarning ham muvaffaqiyatini ta’minlab berish uchun yetarli bo’lgan kuch va ichki energiya mavjuddir. Agar, Sizda o’zingizning tashqi ko’rinishingizni sarishta qilib yurishga vaqt, kuch va imkoniyat hamda aql-farosat topilgan ekan, demak, Siz haqiqatan ham muvaffaqiyat qozonishi aniq bo’lgan insonsiz. Yaxshi va sarishta kiyingan holatda Siz o’zingizning fikringiz va qalbingizdagi idealga tobora yaqinlashasiz, ya’ni, shu kiyimingiz bilan shu bugunning o’zida o’zingiz intilayotgan ideal sifat bo’lib qolasiz.
Sizning asosiy vazifangiz har bir turga mansub insonlar ichki dunyosiga yo’l topish, ularga o’zingizni muvaffaqiyat qozonishi aniq bo’lgan va ishonchli inson sifatida ko’rsatishdir. Xuddi shu vaqtning o’zida ular Sizni o’zlaridek omadli va aqlli deb qabul qilishlariga intilishingiz lozim. Boshqa so’zlar bilan aytganda, Siz o’zingizni shunday ko’rsatishingiz kerakki, ular Sizda o’z ideallarining bir qismini ko’rsinlar. Ustki kiyimning did bilan tanlanishi bu holda katta yordam beradi. Agar, Siz qanday turdagi insonlar orasiga borishingizni oldindan bilsangiz, iloji boricha ular kabi va o’sha erda qabul qilingan libos tanlash va kiyinish harakatini qiling, shunda ular Sizni o’z odamlaridek qabul qiladilar. Agarda, bunga qo’shimcha ravishda salgina did bilan kiyinsangiz, Sizni juda ham omadli inson sifatida qabul qiladilar. Kezi kelganda shuni ham aytib o’tish kerakki, boy insonlar bilan, davlat apparati xodimi bilan, uy bekasi yoki talaba bilan uchrashuvga borilganda, albatta, shunda mos ravishda kiyinish lozim bo’ladi. Lekin, shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, qimmat va didsiz kiyingandan ko’ra, oddiy, lekin, did bilan tanlangan libos kiyish ma’qulroqdir.
Insonning o’zini tutishi, mimikasi va o’tirish usuli ham muzokaralar natijasining ijobiy/pozitiv va muvaffaqiyatli bo’lishiga bevosita ta’sir qiladi. Siz bilan muzokara olib borayotgan tomonning ruxiy/psixologik holatiga Sizning u yoki bu harakatingiz ijobiy yoki salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin. Avvalo, Sizning emotsional holatingiz unga bevosita ta’sir o’tkazadi. Agarda Siz unga nisbatan sokin va qiziqish munosabatida bo’lsangiz, u ham Sizga shunday munosabatda bo’ladi. Mabodo Siz unga nisbatan qo’rqinch, ishonchsizlik bilan muomala qilsangiz, unga ham bu munosabat virusli kasallikka o’xshab o’tib qolishi mumkin. Oyoqlarni chalishtirib o’tirish, qo’llarni ko’krakda birlashtirib o’tirish, barmoqlarni musht qilib tugish insonning xarakteri ochiq emasligini, qo’rqinchni va x avfni bildiradi. Qo’l bilan tez-tez harakatlar qilish, ko’rsatgichbarmoqbilan so’zini tasdiqlash muzokara olib borilayotgan tomonga qo’shimcha manfiy ta’sir ko’rsatadi. Ishonch va yaqinlik xissiyotlari qo’lni ochiq tutish bilan, tana a’zolari harakatlarini engillik bilan bajarish orqali va o’zini sokin tutish bilan hosil qilinishi mumkin. Agarda harakatlar yurakdan chiqarilsa, u sahiylikni, ko’ngli tozalikni va sevgini bildiradi. Sevgi bor joyda hasadga va qo’rqinchga joy yo’q deb bejiz aytmaganlar, albatta,. «Har kim o’ziga mos suhbatdosh bilan birga bo’lishni xohlaydi», - degan fikrni qo’llash ham yaxshi natijalarga olib keladi. Masalan, Siz o’z suhbatdoshingizning diqqat-e’tiborini o’zingizga qaratmoqchi bo’lsangiz, uning falsafasini, intilishlarini va qiziqqan narsalarini o’rganib chiqing hamda iloji bo’lsa, suhbat paytida uning qo’l va tana a’zolarining maxsus va diqqatga sazovor harakatlaridan nusxa oling hamda uni maqsadga muvofiq tarzda qo’llang. Lekin, buni shunday qilish kerakki, bu harakatlar yaqqol ko’zga tashlanmasin, ya’ni, me’yor bilan va odob doirasida amalga oshirilsin. Muzokaralar olib borayotganda suhbatdoshingiz bilan qanday masofada gaplashayotganingiz ham muhim ahamiyat kasb qiladi. Har bir insonning shaxsiy biomaydoni xilma-xil bo’lgani uchun, shunday masofa tanlash kerakki, bunda uning biomaydoniga kirib, uni noqulay ahvolga solib qo’ymaslik kerak. O’z ahamiyatingizni oshirish uchun, masalan, o’zingiz kresloga o’tirib, hamsuhbatlaringizni stullarga o’tqazib qo’yishingiz mumkin. Hamsuhbatlar bir xil balandlikdagi stullarda o’tirishganda, Siz sal balandroq stulda o’tirishingiz yoki tik turib gaplashishingiz mumkin.
Tadbirkor sifatida biror-bir tovar yoki xizmatni kimgadir taklif qilayotganda aksariyat ko’pchilik xollarda taklifingiz nayzalar bilan qarshi
olinadi va ba’zilar taklifingizga qat’iyan qarshi bo’ladilar. Bu xol Sizga ham ta’sir qilib, ishingizga ishonchsizlik tug’dirishi, olg’a qadam bosishga xalaqit berishi, noumidlik xolatini yuzaga keltirishi mumkin. Bunda Sizdan bir narsa talab qilinadi, ya’ni bu xolatlarga falsafiy yondashish va ulardan tegishli xulosa chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |